OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Qarori
Pochtani havoda tashishda pochta yuk xatlari shaklini belgilash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-aprelda 1556-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 17-dekabrdagi 27, 64-mh-sonli “Pochtani havoda tashishda pochta yuk xatlari shaklini belgilash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1556-1, 26.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 101-moddasini bajarish boʻyicha va pochtani havo kemalarida tashishni rasmiylashtirishni tartibga keltirish maqsadida, shuningdek pochtani tashish sifatini oshirish uchun, Butunjahon pochta konvensiyasi nizomlariga amal qilib qaror qilamiz:
1. Ichki havo yoʻllarida pochta tashishlarini rasmiylashtiriladigan pochta yuk xatlari 1-ilovada* keltirilgan shaklda (16-a, 16-b, 33-shakllar) belgilansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Xalqaro havo yoʻllarida pochta tashishlarini rasmiylashtiriladigan pochta yuk xatlari 2-ilovada* keltirilgan shaklda (CN 38, CN 41, CN 47, CN 45-shakllar) belgilansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
01-61/3-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
01-8/915-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 118-modda)