1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KONSTITUTSION NAZORAT TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1993-yil 6-maydagi 821-XII-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazoratning maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat davlat organlari va jamoat tashkilotlari hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos boʻlishini taʼminlash, shaxsning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini, Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining huquqlarini, sovet jamiyatining demokratik negizlarini muhofaza qilish maqsadida taʼsis etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Konstitutsion nazorat organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Konstitutsion nazorat organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat organlari sotsialistik qonunchilik, kollegialik va oshkoralik asosida ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat organlari mustaqildirlar va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham boʻysunadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsion nazorat organlari faoliyatiga hech qanday aralashuvga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisidagi qonunlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazoratning vazifalari, uni tashkil etish va amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSION NAZORAT KOMITETINING HAYʼATI VA UNI SAYLASh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining hayʼati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti siyosat va huquq sohasi mutaxassislaridan komitet raisi, rais oʻrinbosari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakilini qoʻshib hisoblaganda komitetning 9 aʼzosidan iborat qilib saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetini saylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining aʼzolari, raisi, rais oʻrinbosarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti oʻn yil muddatga saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining shaxsiy hayʼati toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti faoliyatida uzluksizlikni taʼminlash maqsadida har besh yilda uning hayʼatining yarmi yangilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitetning yangi saylangan aʼzolari saylangan vaqtlaridan boshlab oʻz lavozimlarini egallaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslarning qasamyodi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslarni qasamyod qildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qasamyod matni: “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti aʼzosining zimmamga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarishga, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha qoidalariga boʻysunishga va ulardan boshqa hech narsaga boʻysunmaslikka tantanali qasamyod qilaman”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlari: uning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi iltimosiga binoan; salomatligi oʻz vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan darajada yomonlashganligi munosabati bilan; qasamyodni buzgan taqdirda; sudning unga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan muddatidan ilgari toʻxtalishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti hayʼatiga kiruvchi shaxsning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisi taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyalari oraligʻidagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlari u qasamyodni buzgan yoki sudning unga nisbatan chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda toʻxtatib turiladi. Vakolatni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga qoʻshimcha ravishda saylov oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti hayʼatiga kirgan shaxs muddatidan oldin chiqib ketgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti vakolatning qolgan muddatiga komitet hayʼatiga boshqa shaxsni qoʻshimcha ravishda saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti hayʼatiga kirgan shaxs uning vakolat muddati tugashiga bir yildan kamroq vaqt qolganda chiqib ketgan taqdirda uning oʻrniga komitetga yangi aʼzo saylanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSION NAZORAT KOMITETI VAKOLATLARI VA UNING FAOLIYATI TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti nazorat qiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti muhokamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va boshqa hujjatlarning loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini qarab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining qarorlari va farmoyishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining qarorlari va farmoyishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash uchun taqdim etilgan xalqaro shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining rahbariy tushuntirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat hakamining normativ tusdagi hujjatlari, shuningdek boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq prokuror tomonidan nazorat qilinmaydigan normativ huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining nazorat qilish vazifalari sudlarning hukmi va boshqa qarorlariga, tergov, prokuratura davlat hakamligi organlarining grajdanlik, jinoiy, maʼmuriy ishlariga doir qarorlariga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari qabul qilgan hujjatlar Konstitutsiyasiga muvofiqligi xususida ular orasida kelishmovchiliklar chiqqan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti istalgan bahslashuvchi tomonning tashabbusi bilan ana shu kelishmovchiliklarni ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan qoidalarga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining ish tartibiga muvofiq ravishda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat koʻrib chiqishi uchun masalalarni kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetida koʻrib chiqish uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va oʻzga hujjatlari loyihalari xususidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari kamida beshdan bir qismining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va oʻzga hujjatlar xususidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari xususidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining takliflariga binoan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari xususidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti topshirigʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarining kamida beshdan bir qismining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining takliflariga binoan — Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma majburiyatlari va boshqa majburiyatlari xususidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti doimiy komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat hakami, jamoat tashkilotlari respublika organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining normativ huquqiy hujjatlari xususidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan tuziladigan yoki saylab qoʻyiladigan boshqa organlarning hujjatlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi masalani oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqishga ham haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, davlat boshqaruv organlari, sud, prokurorlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va qonunni qoʻllovchi organlar, jamoat tashkilotlari va grajdanlar qonun yoki oʻzga normativ hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oʻrtasida tafovut borligini aniqlasalar, bu haqda masalani Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetida koʻrib chiqish uchun topshirishga vakolatli boʻlgan organga xabar qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti oʻz vakolatiga mos kelmagani uchun ayrim topshiriqlar, takliflar va murojaatlarni rad etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining oʻz tashabbusi bilan masalalarni koʻrib chiqishga qabul qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti Raisi, raisining oʻrinbosari va Komitet aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqish uchun masala kiritish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qaror majlisda qatnashayotgan komitet aʼzolari koʻpchiligining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi va Rais oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi Komitet ishiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻz tashabbusi bilan yoki Komitetning kamida uch aʼzosining taklifiga koʻra komitetning majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, shuningdek, ushbu Qonun bilan uning zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti Raisining oʻrinbosari komitet Raisi bergan vakolatga muvofiq uning baʼzi vazifalarini bajaradi va Rais boʻlmagan hollarda yoki u oʻz vazifalarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmaganda uning oʻrnini egallab turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet Raisi va uning oʻrinbosari oʻz vazifalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan hollarda Rais yoki uning oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarish uchun qaytib kelgunga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti yangi Rais va rais oʻrinbosarini saylagunga qadar komitet oʻz ichidan rais sifatida ish olib boradigan muvaqqat Raisni saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining aʼzosi komitet koʻrib chiqayotgan barcha masalalarda hal qiluvchi ovoz huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet aʼzosi Komitet oʻzi koʻrib chiqayotgan hujjatlar va hujjat loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan xulosa qabul qilgunga qadar, komitet aʼzosi bu haqdagi oʻz fikrini koʻpchilik oldida aytish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetida masalani koʻrib chiqishga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi masalani komitet majlisida koʻrib chiqishga tayyorlashni komitetning bir yoki bir necha aʼzosiga topshiradi va topshiriqni bajarish muddatini belgilab qoʻyadi, bu muddat olti oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalani tayyorlash davomida komitet aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va jamoat tashkilotlaridan ushbu masalaga taalluqli har qanday hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslarining izohlarini tinglashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahatchi sifatida olimlarni va amaliyotchi xodimlarni jalb qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslarining talab qilinayotgan hujjatlar va oʻzga maʼlumotlarni komitetga taqdim etishdan bosh tortish, shuningdek, bilaturib soxta maʼlumot berishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishlariga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining masalani koʻrib chiqishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi masalani koʻrib chiqishga tayyorlash tugallangandan keyin bir oy ichida komitet majlisiga masalani qoʻyadi. Komitet xulosaning hamda unga taalluqli boʻlgan materiallar majlis qatnashchilariga majlis boʻladigan kundan kamida oʻn besh kun oldin yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitetga saylangan kishilarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, majlis qonuniy kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet majlislari ochiq oʻtkaziladi. Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqladigan boshqa sirni saqlash zarur boʻlgan hollardagina yopiq majlis oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet majlisi ushbu masala koʻrib chiqilishida tashabbuskor boʻlgan organning vakili, hujjatni chiqargan yoki hujjat loyihasini taqdim etgan organning vakili qatnashishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet majlisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti doimiy komissiyalarining raislari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining Raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komitetining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat hakami, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya ministri ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi yoki uning topshirigʻi bilan komitet aʼzolaridan biri koʻrib chiqilayotgan masalaning mohiyatini bayon qilib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu masalaning koʻrib chiqilishida tashabbuskor boʻlgan organning va hujjatni qabul qilgan yoki hujjat loyihasini taqdim etgan organning vakili koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan oʻz fikrini bayon etishga haqlidir. Komitetning qaroriga binoan majlisda boshqa shaxslarning fikri ham tinglanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet xulosa qabul qilish uchun kengash oʻtkazadi, unda faqat komitet hayʼatiga kirgan aʼzolargina qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitetning xulosasi ochiq majlisda eʼlon qilinadi va bosib chiqarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasida koʻrib chiqilayotgan hujjatning, hujjat loyihasi yoki uning ayrim qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, tegishli hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga mosligi yoki mos emasligi koʻrsatilgan boʻladi. Xulosa dalil-isbotli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komitet xulosasi komitet hayʼatiga kirgan shaxslarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bu shaxslar ovoz berishda betaraf qolishga haqli emaslar. Ovozlar baravar boʻlgan taqdirda komitet Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida fikrga ega boʻlgan komitet aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishi mumkin. Bunday holda komitet aʼzosining alohida fikri komitet xulosasiga mustaqil qism tarzida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti muhokamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarning loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlar xususidagi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlariga doir xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining ushbu moddada koʻrsatilgan xulosalarini qabul qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va oʻzga hujjatlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qilgan hujjat, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi yoki uning ayrim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan rad etilish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining yaqin vaqt ichida boʻladigan majlisida muhokamaga va ovozga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasini hujjatni chiqargan idoraga yuborilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasi barcha hollarda bu xulosa qaysi hujjat xususida chiqarilgan boʻlsa, shu hujjatni qabul qilgan organga; masalani koʻrib chiqishda tashabbuskor boʻlgan organga va ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga mos kelmaydigan hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish yoki uning oʻz kuchini yoʻqotishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining hujjat yoki uning ayrim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga mos emasligi toʻgʻrisida qabul qilgan xulosasi, ushbu Qonunning 19-moddasida koʻzda tutilgan xulosalardan tashqari, hujjatning butunlay yoki uning ayrim qismining amal qilinishi mazkur nomuvofiqlik tugatilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat yoki uning ayrim qoidalarini qoʻllash mumkin emasligi haqidagi xabar amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan hujjat qanday tartibda eʼlon qilingan va tarqatilgan boʻlsa, xuddi shu tartibda eʼlon qilinadi va tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining muayyan normativ huquqiy hujjat yoki uning ayrim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ham ishtirok etayotgan xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyilgan insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini buzishi qayd etilgan xulosasi komitet xulosa qabul qilgan paytdan boshlab bunday hujjat yoki uning ayrim qoidalari oʻz kuchini yoʻqotishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga nomuvofiqligini bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni qabul qilgan organ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasida koʻrsatilgan hujjat yoki uning qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga nomuvofiqligini ikki oy ichida bartaraf etadi. Zarur hollarda nomuvofiqlikni bartaraf etish muddatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan muddat tugaganidan keyin, basharti nomuvofiqlik bartaraf etilmasa, komitet tegishli boʻlishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetiga ularga boʻysunuvchi organ yoki mansabdor shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga mos kelmaydigan hujjatini yoxud hujjatning ayrim qoidalarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining komitet xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi. Agar komitet xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetida ovozlarning zarur sonini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mos kelmaydigan hujjat yoki uning ayrim qoidalari oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining qonun loyihalarini taklif qilish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti qonun loyihalarini taklif qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar komitet Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga rioya etilishiga tegishli qonun hujjatlarining yoʻqligi toʻsqinlik qilayotganligini aniqlasa, shuningdek, boshqa hollarda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga ana shunday hujjatni tayyorlash va qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSION NAZORAT KOMITETIGA SAYLANGAN ShAXSLARNING MAQOMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslarning mustaqilligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslar oʻz vazifalarini bajarish chogʻida mustaqildirlar va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga boʻysunadilar. Ular hech qanday davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan koʻrsatma soʻramasliklari va olmasliklari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning maqomi boshqa organlar hayʼatiga kirishga muvofiq kelmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxs ayni bir vaqtda xalq deputati boʻla olmaydi, hujjatlari komitet tomonidan nazorat qilinadigan organlar hayʼatiga kira olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Davlat organlarining majlislarida hozir boʻlishi huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi, rais oʻrinbosari va komitet aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining, Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslarning daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxs komitetning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki ularga nisbatan sud yoʻli bilan maʼmuriy jazo choralari koʻrilishi mumkin emas. Rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti hayʼati uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxs komitetda ishni koʻrib chiqish chogʻida bildirgan fikri yoki ovoz berganligi uchun biror javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSION NAZORAT KOMITETINI TAShKIL ETISh VA KOMITET FAOLIYATINING OʻZGA MASALALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining ish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti komitetning Ish tartibini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion komitetining xulosalari va oʻzga materiallarini eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion komitetining xulosalari va oʻzga materiallari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Axborotnomasi”da eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Sekretariati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va maʼlumot bilan taʼminlash va boshqa yordamchi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Sekretariati bajaradi. Komitet Sekretariati toʻgʻrisidagi Nizomni, uning strukturasi va shtatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining muhri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻzbek va rus tillarida oʻz nomi koʻrsatilgan muhri boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 16-18-son, 289-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 205-modda)