OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IqTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShqI IqTISODIY ALOqALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIq qOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IqTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShqI IqTISODIY ALOqALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIq qOʻMITASINING
Qarori
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA PAXTA TOLASI UChUN QOʻShIMChA ChEGIRMA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1527-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 54, 120, 2016/10-3, 2016-28-sonli “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1527-1, 26.07.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli “Oʻzbekyengilsanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 12-son, 145-modda) ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
82-son
Iqtisodiyot vaziri birinchi oʻrinbosari U. ROZUQULOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
63-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
RA-01/10-3641-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
2005-49-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 362-modda)