OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
ALKOGOLLI MAHSULOTGA TOʻLANADIGAN AKSIZ SOLIGʻINING BIR QISMINI HISOBLAB ChIQISh VA “Oʻzvinosanoat” XOLDING KOMPANIYASINING REKONSTRUKSIYALASh VA RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASIGA YOʻNALTIRISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 17-maydagi 45, 2006-22-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1526-1, 23.05.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 183-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1526-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 9-martdagi 16, 13/3-2099-son ““Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqish va “Oʻzvinosanoat” xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga kiritilgan oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1526-2, 25.03.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PP–204-sonli “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” hissadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan qaror qilamiz:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqish va “Oʻzvinosanoat” xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizom* tasdiqlansin.
* Nizom matni rus tilida berilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 17-maydagi 45, 2006-22-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1526-1, 23.05.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 183-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
103-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
2005-65-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 361-modda; 2006-y., 20-21-son, 183-modda)