Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“TIJORAT BANKLARI KAPITALINING yetarligiga QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShlar KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-maydagi 949-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/2-sonli “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 949-8, 06.07.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli farmonining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-aprel,
9/19-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 20-apreldagi qaroriga
1-ILOVA
(9/19-sonli bayonnoma)
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 20-apreldagi qaroriga
1-ILOVA
(9/19-sonli bayonnoma)
“Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga
OʻZGARTIRIShLAR
1. 1.1-band quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“1.1 Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, (2002-yildagi 5-6-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamining 38-moddasi), va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklarining kapital yetarliligiga boʻlgan talablarning tartibini oʻrnatadi”.
2. 3.1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy banklar uchun — 1,25 mln. AQSh dollari ekvivalentida”.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son)