13.10.2026 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, sport inshootlari reyestrlariga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-443-son hamda “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida” 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestriga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining sportchilariga barcha rasmiy sport musobaqalarida tegishli nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti nomidan ishtirok etish huquqi berilishi hamda yaxshi natija koʻrsatgan sportchilar terma jamoalarga qabul qilinishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestriga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sport-taʼlim tashkilotlarining sport inshootidan tadbirlardan boʻsh vaqtlarda reja-jadval asosida begʻaraz asosda foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning qamrov darajasidan kelib chiqib, Sport vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar, Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan sport jihozlari va inventarlari bilan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi barcha darajadagi jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari uchun sportchi tayyorlash boʻyicha minimal talab va shartlar bosqichma-bosqich belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrini shakllantirish, yuritish hamda ularni reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport inshootlari reyestrini shakllantirish, yuritish va ularni reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
561-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 561-son qaroriga
1-ILOVA

Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrini shakllantirish, yuritish hamda ularni reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrini shakllantirish, yuritish hamda ularni reyestrdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza — talabgor tomonidan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrida roʻyxatdan oʻtish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda yoʻllangan murojaat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — vakolatli organning “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi;

vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;

nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — sport tashkiloti) — faoliyatining asosiy turi jismoniy tarbiya va sport sohasi hisoblangan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestri — (keyingi oʻrinlarda — reyestr) vakolatli organ tomonidan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, yuritish hamda ularni reyestrdan chiqarish uchun moʻljallangan elektron maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — reyestrda roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reyestrni shakllantirish, yuritish va sport tashkilotini reyestrdan chiqarish vakolatli organ tomonidan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sport tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Reyestrni yuritishda sport tashkilotlari maqsadi va faoliyat yoʻnalishiga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klublari — sportchilarni tayyorlaydi va sport musobaqalarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-taʼlim tashkilotlari — sport-taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fitnes klublar — sogʻlomlashtirish xizmatlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Reyestrni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Reyestr talabgor tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor sport tashkilotini reyestrga kiritish haqida axborot tizimi orqali vakolatli organga oʻz xohishiga koʻra ixtiyoriy tartibda ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tomonidan arizalar bepul koʻrib chiqiladi.

8. Reyestrga kiritish haqidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli;

yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining taʼsischisi (muassisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotida rivojlantiriladigan sport turi (turlari) yoki sport turining tarmogʻi (tarmoqlari);

sport tashkilotining sportchilari va trenerlari haqidagi maʼlumotlar.

9. Talabgorning arizasi vakolatli organ tomonidan besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Bunda maʼlumotlar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq toʻliq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ qarori bilan sport tashkiloti reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ uch ish kuni ichida tegishli sport tashkilotini reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda talabgorni tegishli tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng qayta ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reyestrni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotida rivojlantiriladigan sport turi (turlari) yoki sport turining tarmogʻi (tarmoqlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining sportchilari va trenerlari haqidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan barcha hujjat va maʼlumotlar belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar sport tashkiloti toʻgʻrisidagi avval reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarsa, sport tashkiloti oʻn besh ish kuni ichida reyestrdagi sport tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha axborot tizimi orqali vakolatli organga ariza yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza vakolatli organga taqdim etilgandan soʻng besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda arizada keltirilgan maʼlumotlar tasdiqlangan hollarda, reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sport tashkilotini reyestrdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar sport tashkilotini reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkilotining oʻz ixtiyori bilan reyestrdan chiqish boʻyicha murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilganidan soʻng uch oy ichida sport tashkiloti tomonidan sportchilari va trenerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot tizimiga kiritilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tashkiloti shtatida trenerlik faoliyati boʻyicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan trenerning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sport tashkiloti faoliyatining tugatilgani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 15-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, sport tashkilotiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir oy muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda sport tashkiloti tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ sport tashkilotini reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport tashkilotlari vakolatli organga toʻgʻri va haqqoniy maʼlumotlarning taqdim etilishi boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ maʼlumotlarning reyestrga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda maʼlumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun masʼul hisoblanadi.

19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 561-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport inshootlari reyestrini shakllantirish, yuritish va ularni reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom sport inshootlari reyestrini shakllantirish, yuritish va sport inshootlarini reyestrdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza — mulkdor (balansda saqlovchi) tomonidan sport inshootlari reyestrida roʻyxatdan oʻtish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda yoʻllangan murojaat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — vakolatli organning “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshooti — ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, belgilangan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi inshoot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, belgilangan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootlari reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — vakolatli organ tomonidan sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, yuritish va sport inshootlarini reyestrdan chiqarish uchun moʻljallangan elektron maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan jismoniy tarbiya va sport inshootlarining soni, foydalanish maqsadi va holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimlashtirish uchun shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reyestrga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha sport inshootlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Reyestrni shakllantirish, yuritish va sport inshootlarini reyestrdan chiqarish vakolatli organ tomonidan axborot tizimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Reyestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy sport musobaqalari oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Reyestr sport inshooti mulkdori (balansda saqlovchisi) tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mulkdor (balansda saqlovchi) sport inshootini reyestrga kiritish haqida axborot tizimi orqali vakolatli organga ixtiyoriy tartibda ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tomonidan arizalar bepul koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Reyestrga kiritish haqidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootining manzili;

sport inshootining kadastr raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshooti ijaraga olingan boʻlsa, amaldagi inshoot ijara shartnomasining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan sport inshootini reyestrga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootining manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootining mulkdori (balansda saqlovchisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor (balansda saqlovchi)ning sport inshootiga boʻlgan huquq turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootining maydoni va sigʻimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootidagi mavjud sport turlari (tarmoqlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, sport inshootining mulkdori (balansda saqlovchisi) tomonidan ushbu oʻzgarishlar haqida oʻn ish kuni ichida vakolatli organga axborot tizimi orqali oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan ariza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Arizada keltirilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan barcha maʼlumotlar va hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sport inshootini reyestrdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar sport inshootini reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshooti faoliyat turi sport sohasidan boshqa faoliyatga oʻzgartirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshooti vakolatli tashkilotlar tomonidan foydalanishga yaroqsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshooti mulkdori (balansda saqlovchisi) tomonidan sport inshootini reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 15-bandida keltirilgan asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, sport inshooti vakolatli organ qarori bilan reyestrdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport inshootining mulkdori (balansda saqlovchisi) vakolatli organga toʻgʻri va haqqoniy maʼlumotlarning taqdim etilishi boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ maʼlumotlarning reyestrga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda maʼlumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2026-y., 09/26/561/1031-son)