09.10.2026 yildagi 550-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash orqali limon yetishtirish bilan shugʻullanadigan xonadonlar sonini koʻpaytirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilikka ixtisoslashgan mavjud mahallalarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarni tanlab olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kadastr agentligi hamda “Turonbank” ATB bilan birgalikda uch oy muddatda limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan mahallalarni avtomatik ravishda aniqlash boʻyicha “Online mahalla” elektron platformasida texnik imkoniyatlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
550-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 550-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari mahallalarda ilgari boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan (taʼmirlangan) va texnik holati yaxshi, shuningdek, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq qurilishi (taʼmirlanishi) rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilikka ixtisoslashgan mahalla — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan, ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan nisbatlarda limon yetishtiruvchi xonadonlar mavjud boʻlgan mahallalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari — ichimlik suvi obyektlari, ichki avtomobil yoʻllari, elektr energiyasi taʼminoti obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma — limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritishda foydalaniladigan “Online mahalla” elektron platformasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda quyidagi infratuzilma obyektlaridan birini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki yoʻllar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi taʼminoti obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan mahallalardagi limon yetishtiruvchi xonadonlar sonidan kelib chiqqan holda, ularning limonchilikka ixtisoslashgani quyidagi nisbatlarda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 000 xonadongacha boʻlgan mahallada limon yetishtiruvchi xonadonlar kamida 20 foizni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1 000 — 2 000 xonadongacha boʻlgan mahallada limon yetishtiruvchi xonadonlar kamida 15 foizni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2 000 va undan koʻp xonadonli mahallada limon yetishtiruvchi xonadonlar kamida 10 foizni tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) hokimining tegishli qaroriga asosan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda limon yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularning hisobini yuritish maqsadida ishchi guruhga “Turonbank” ATB roziligi bilan uning vakili jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarni hamda limon yetishtiruvchi xonadonlarni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Online mahalla” elektron platformasiga xatlov natijalari yuzasidan tegishli maʼlumotlarni kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan mahallalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqish va tegishli dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Online mahalla” elektron platformasiga kiritiladigan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruh limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash maqsadida kalendar yilning 1-fevraliga qadar mahallalarda limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazadi va ularning doimiy hisobini “Online mahalla” elektron platformasida yuritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi guruh limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni quyidagi talablar asosida oʻrganadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqqan holda, ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan nisbatlarda xonadonlarning limon yetishtirish bilan shugʻullanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limon yetishtirilayotgan maydonga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xonadonda limon yetishtirish maydoni kamida 0,01 gektarni tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har 0,01 gektar maydonga toʻgʻri keladigan koʻchatlar soni kamida 8 tani (kamida 2 yoshni) tashkil etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xatlov natijalariga asosan limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kalendar yilning 1-martiga qadar “Online mahalla” elektron platformasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Online mahalla” elektron platformasiga limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar ishchi guruhning ishchi organi boʻlgan tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda “Turonbank” ATB tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarni tanlab olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Limonchilikka ixtisoslashgan (limon yetishtiruvchi xonadonlar sonini ikki baravarga koʻpaytirgan) mahallalar xatlov natijalari asosida “Online mahalla” elektron platformasi orqali ushbu Nizomning 9-bandida keltirilgan talablarga koʻra inson omilisiz avtomatik ravishda tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlab olingan mahallalar ishchi guruh tomonidan kalendar yilning 15-martiga qadar koʻrib chiqiladi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga muvofiq tashkil etiladigan Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda — infratuzilma boʻyicha ishchi guruh) kalendar yilning 15-apreliga qadar limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga doir ehtiyojni oʻrganadi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi loyiha (obyekt) pasportini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga boʻlgan ehtiyoji va ularning texnik holati hamda obyekt xizmat koʻrsatadigan (qamrab olinadigan) aholi sonidan (kelgusida aholisini oʻsishini inobatga olgan holda) kelib chiqib, quyidagi talablar asosida oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) markazlashgan ichimlik suvi obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi pastligi (50 foizdan past);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi grafik asosida yetkazilishi yoki taʼminotdagi uzilishlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sanitariya qoidalariga javob bermaydigan suv saqlash inshootlaridan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq va inshootlar eskirganlik darajasining (suv sizib chiqishi, avariyaviy holatlar sababli suv yoʻqotishlari) yuqoriligi (60 — 70 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki yoʻllar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki yoʻllarga asfalt (sement-beton) qoplamasi yotqizilmagani, qattiq qoplamali yoʻllar darajasining pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki yoʻllar texnik holatining yomonligi (rekonstruksiya va taʼmirtalabligi) yoki talabga javob bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) elektr energiyasi taʼminoti obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda elektr energiyasi taʼminotida uzilishlarning mavjudligi, elektr tarmogʻida yuklamalarning yuqoriligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini yetkazib berish sifati va quvvatining pastligi, avariyaviy holatlar hamda elektr energiyasi yoʻqotishlarining yuqoriligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarining texnik holati yomonlashgani va eskirgani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Infratuzilma boʻyicha ishchi guruh kalendar yilning 1-mayiga qadar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyihalar (obyektlar)ning manzilli roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) shakllantirib, koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻn kun muddatda manzilli roʻyxat toʻgʻri shakllantirilganini hamda loyihalar pasportlarida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini koʻrib chiqib, ichimlik suvi obyektlarining manzilli roʻyxatini “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda elektr energiyasi taʼminoti obyektlarining manzilli roʻyxatini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kelishish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda limonchilikka ixtisoslashgan mahallalardagi ichki avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash loyihalari (obyektlari) boʻyicha manzilli roʻyxatni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy boshqarmalari koʻrib chiqib, kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Manzilli roʻyxatlar belgilangan tartibda kelishilganidan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ularni kalendar yilning 20-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan manzilli roʻyxatni koʻrib chiqib, uni kalendar yilning 1-iyuniga qadar Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi taʼminoti obyektlari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasidagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarorida belgilangan tartibda ajratiladigan budjet ssudasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki avtomobil yoʻllari mahalliy budjet mablagʻlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalarini ushbu Nizomga asosan yoʻnaltirish yuzasidan takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilib, tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi manzilli roʻyxatni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida belgilangan muddatlarda tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Manzilli roʻyxat Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida tasdiqlanganidan soʻng limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda ichimlik suvi taʼminoti obyektlari va elektr energiyasi tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarga (obyektlarga) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash loyihalari (obyektlari) boʻyicha manzilli roʻyxat Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Loyiha-smeta hujjatlariga koʻra ajratilgan mablagʻlar obyektlarni qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, qoʻshimcha xarajatlar tegishlicha mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi taʼminoti obyektlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki avtomobil yoʻllari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiallari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlariga bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda davlat xaridlari tartib-taomillari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

I bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhni tuzadi.

Belgilangan tartibda

II bosqich

Ishchi guruh

Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazadi va ularning hisobini yuritadi.

Kalendar yilning 1-fevraliga qadar

III bosqich

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi, “Turonbank” ATB

Xatlov natijalariga koʻra limon yetishtiruvchi mahallalar va xonadonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Online mahalla” elektron platformasiga joylashtiradi.

Kalendar yilning 1-martiga qadar

IV bosqich

“Online mahalla” elektron platformasi

1. Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar xatlovdan oʻtkazish  natijalari asosida belgilangan talablarga koʻra inson omilisiz avtomatik ravishda tanlab olinadi.

Xatlov natijalaridan soʻng

Ishchi guruh

2. Tanlab olingan mahallalarni koʻrib chiqadi va dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Kalendar yilning 15-martiga qadar

V bosqich

Infratuzilma boʻyicha ishchi guruh

1. Mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga doir ehtiyojni oʻrganadi hamda loyiha (obyekt) pasportini ishlab chiqadi.

Kalendar yilning 15-apreliga qadar

2. Belgilangan shaklda limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyihalar (obyektlar)ning manzilli roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) shakllantirib, koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.

Kalendar yilning 1-mayiga qadar

VI bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Manzilli roʻyxat toʻgʻri shakllantirilganini hamda loyihalar pasportlarida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini koʻrib chiqib, ichimlik suvi obyektlarining manzilli roʻyxatini “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda elektr energiyasi taʼminoti obyektlarining manzilli roʻyxatini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kelishish uchun yuboradi.

Bunda limonchilikka ixtisoslashgan mahallalardagi ichki avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash loyihalari (obyektlari) boʻyicha manzilli roʻyxatni Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy boshqarmalari koʻrib chiqib, kelishadi.

10 kun muddatda

VII bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Manzilli roʻyxatni belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

Kalendar yilning 20-mayiga qadar

VIII bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Taqdim etilgan manzilli roʻyxatni koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Kalendar yilning 1-iyuniga qadar

IX bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Manzilli roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida tasdiqlanishini taʼminlaydi.

Belgilangan muddatlarda

X bosqich

Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng, limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarga:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Ichimlik suvi taʼminoti obyektlari va elektr energiyasi tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarga (obyektlarga) belgilangan tartibda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mablagʻlar ajratadi.

Bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ichki avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash loyihalari  Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlaydi.

Uch oy muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar va limon yetishtiruvchi xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimi boʻyicha

—

tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

—

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi, ishchi guruhning ishchi organi

3.

Lavozimi boʻyicha

—

tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi

4.

Lavozimi boʻyicha

—

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi masʼul xodimi

5.

Lavozimi boʻyicha

—

mahalla fuqarolar yigʻini raisi

6.

Lavozimi boʻyicha

—

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali masʼul xodimi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxs kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LOYIHA PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Viloyat nomi:

Tuman (shahar) nomi:

Mahalla nomi:

Xonadonlar soni:

Shundan, limonchilikka ixtisoslashgan:

Infratuzilma loyihasi (obyekti) nomi:

Loyihaning boshlanish va yakunlanish muddati:

Loyihaning umumiy qiymati:

Loyiha amalga oshirilayotgan tarmoq:

Buyurtmachi nomi:

Loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan quvvatlar:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha (obyekt) nomi

Amalga oshirish muddati

Oʻlchov birligi

Loyiha quvvati

Talab etiladigan mablagʻ,

mln soʻm

Erishiladigan natija

Izoh

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026-y., 09/26/550/1011-son)