09.10.2026 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari tomonidan davlat mulkini ijaraga berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining ijaraga berilishini rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki ijara shartnomasi shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat mulkini ijaraga berish uchun ariza ushbu Reglamentga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Gʻ. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
551-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 551-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglament talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi davlat mulkini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda, moddiy-madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarni ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlarining taʼlim jarayonidan foydalanilmayotgan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari (asbob-uskunalari bilan birga) hamda boshqa bino va inshootlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning alohida tartib oʻrnatilgan yopiq hududlarida joylashgan bino va inshootlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr-tomosha korxonalarining tomosha koʻrsatish zallari va maydonlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining xizmat turar joylarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, umumiy foydalanishdagi yerlar (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari), davlat tashkiloti, korxonasi va muassasasi balansida boʻlmagan yerlar va zaxira yerlarni ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerosti boyliklarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ijaraga berishning boshqacha tartibi belgilangan davlat mulklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — davlat mulkini oʻz balansida hisobga olgan davlat tashkiloti, shu jumladan, davlat muassasasi rahbari yoki masʼul xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki — respublika mulki va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk)dan iborat boʻlgan ommaviy mulk, shuningdek, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari hamda xoʻjalik birlashmalariga tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat mulki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi — davlat mulkini ijara shartnomasi asosida foydalanishga oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion savdolari va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmati markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab uni real vaqt rejimida vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur maʼlumotlar arizaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi hamda arizani avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza va unga davlat mulkiga tegishli quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining nomi, tavsifi, joylashgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining umumiy va ijaraga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmogʻi) bilan taʼminlangani toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining ijaraga beriladigan maydonini koʻrsatgan holda kadastr hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining 4 ta fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkidan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berishning boshqa shartlari (mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etilgan davlat mulkiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Reglamentning 11-bandiga muvofiq davlat mulkiga tegishli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ ikki ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchiga hujjatlarni toʻliq koʻrsatgan holda taqdim etish uchun tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron tarzda qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, ariza beruvchi bir oy muddatda davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilmagani arizani koʻrmasdan qoldirishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan arizalar yangi berilgan hisoblanadi va umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ arizani oʻrganish natijasi ijobiy boʻlsa, ariza roʻyxatdan oʻtkaziladi va davlat mulki ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ davlat mulkini ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgani haqidagi xabarnomani mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda ikki ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza beruvchi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish uchun ariza elektron tarzda Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborilganda yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mulkining ijaraga berilishini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakolatli organ bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin oʻn ish kunidan kechiktirmay tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi va elektron raqamli imzo bilan imzolash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuborilgan ijara shartnomasini ikki ish kunida elektron raqamli imzo bilan imzolaydi va ijara shartnomasi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat mulki ijara shartnomasi shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha ijara shartnomasining shartlari qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijara shartnomasi shartlari “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha ijara shartnomasi shartlari oʻzgartirilganda yoki ijara shartnomasi bekor qilinganda, uch ish kunida qoʻshimcha kelishuv shartnomasini Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga imzolash uchun yuboradi. Ijara shartnomasi sud qarori bilan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA

Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat mulkini ijaraga berish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza yuboradi.

Ariza topshirish zarurati vujudga kelganda

2-bosqich

YIDXP

Arizani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

Avtomatik tarzda

Davlat xizmatlari markazi

10 daqiqa ichida

3-bosqich

Vakolatli organ

(Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmalari)

1. Ariza va tegishli maʼlumotlarni koʻrib chiqadi.

2 ish kuni ichida

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytaradi.

3. Arizaning qabul qilingani yoki rad etilgani haqida ariza beruvchiga xabar beradi.

4-bosqich

Ariza beruvchi

Arizani undagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta yuboradi.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat mulkini ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

2 ish kuni ichida

2. Davlat mulkini ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgani haqida maʼlumotlarni (lot raqami, savdoni oʻtkazish sanasi va boshqalar) ariza beruvchiga yuboradi.

6-bosqich

Vakolatli organ

3. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha ijara shartnomasini rasmiylashtiradi.

10 ish kuni ichida

4. Ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

Davlat xizmatlari markaziga — shu kunning oʻzida,

YIDXP orqali — avtomatik tarzda

7-bosqich

Ariza beruvchi

Elektron raqamli imzo bilan ijara shartnomasini imzolaydi.

2 ish kuni ichida

8-bosqich

Vakolatli organ

Ijara shartnomasi shartlari oʻzgartirilganda yoki ijara shartnomasi bekor qilinganda, Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga qoʻshimcha kelishuv shartnomasini imzolash uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining _______________ hududiy boshqarmasiga

Davlat mulkini ijaraga berish uchun

ARIZA

______________

______________

(sanasi)

(raqami)

Sizdan ___________________________ balansidagi ______________________________________ manzilida joylashgan bino(obyekt)ning ________ kvadrat metr maydoni quyidagi faoliyat turi boʻyicha ijaraga berilishida amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz.

T/r

Soha turi

Faoliyat turi

Ijaraga beriladi

(kvadrat metr)

Binoning ijaraga beriladigan maydoni turi

jami:

Ilova __ varaqda.

1-ilova obyektning xatlov dalolatnomasi;

2-ilova obyektning kadastr hujjati;

3-ilova ijaraga beriladigan maydonning belgilangan kadastr chizmasi nusxasi;

4-ilova obyektning 4 dona fotosurati.

Bizning rekvizitlar:

Manzil: ______________________;

Xizmat koʻrsatuvchi bank: ______________;

MFO: _____________;

HR: ____________________________;

STIR: _________________;

OKONX: __________;

Bogʻlanish uchun telefon raqami: ___________________

Ushbu arizada koʻrsatilgan maydonni “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish boʻyicha gʻolib boʻlgan ijaraga oluvchi bilan belgilangan tartibda ijara shartnomasini rasmiylashtirishni hamda obyekt ijaraga topshirilishini kafolatlaymiz.

Davlat mulkini ijaraga berish uchun arizaga
ILOVA​​​

1.

Ijaraga berilayotgan boʻsh turgan davlat mulkining nomi

2.

Davlat mulkining manzili

3.

Kadastr raqami

4.

Xaritadagi koordinatalari

5.

Qurilgan yili

6.

Umumiy yer maydoni (kvadrat metr)

7.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kvadrat metr)

8.

Ijaraga beriladigan maydon (kvadrat metr)

9.

Binoning texnik xususiyatlari

Balansda saqlovchi maʼlumotlari

10.

F.I.O.

11.

STIR

12.

Manzil

Ijaraga berish shartlari

13.

Ijaraga berish muddati (oy)

Kommunikatsiya tarmoqlari

14.

Elektr energiyasi

15.

Tabiiy gaz

16.

Ichimlik suvi

17.

Issiq suv

18.

Oqova suv (kanalizatsiya)

19.

Issiqlik tarmogʻi

20.

Telefon tarmogʻi

21.

Internet tarmogʻi

22.

Lokal tarmoq

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat mulkini ijaraga berish xizmatini koʻrsatish

NATIJASI

______________

______________

(sanasi)

(raqami)

T/r

Obyekt (bino qismi) nomi

Faoliyat turi

Binoning ijaraga beriladigan maydoni (kvadrat metr)

Savdoga chiqarilgani toʻgʻrisida LOT raqami

Savdoni oʻtkazish sanasi

Jami:

Vakolatli organ elektron imzosi bilan tasdiqlaydi.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026-y., 09/26/551/1012-son)