1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.03 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish tartibi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlardan foydalanishda davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga muvofiq, shuningdek, fuqarolarning bandlik sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda 2026-yil 1-noyabrga qadar ushbu qaror doirasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilish holatini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
519-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 519-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan ayrim toifadagi xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

mehnat shartnomasini alohida asoslarga koʻra bekor qilish — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlari boʻyicha tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori asosida tugatilgani yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilgani hamda texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgargani sababli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam boʻlmagan 58 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar va umumiy mehnat staji yigirma yildan kam boʻlmagan 53 yoshdan 55 yoshgacha ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mehnat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin yoshga doir pensiya — mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan va mahalliy mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga umumiy asoslarga koʻra muddatidan ikki yil oldin tayinlanadigan pensiya.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]

4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni soʻrovnomalarning mahalliy mehnat organiga kelib tushgan va mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻrovnomani toʻldirish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasida avtomatik tarzda shakllanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]

mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.02.00 Umumiy mehnat staji]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchining mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq raqamlashmagan boʻlsa, mehnat daftarchasining nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi. Bunda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻldirilgan soʻrovnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda ariza beruvchining yashash joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi.

8. Mahalliy mehnat organi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun talab etiladigan hujjatlar mavjudligini hamda ish beruvchi tomonidan ariza bergan shaxs bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) kiritilganini tekshiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma boʻyicha asoslovchi hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza beruvchini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi va oʻn kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun kelishi lozimligi toʻgʻrisida YIDXP yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami (elektron pochta manzili) orqali xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, shuningdek, hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda, kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda ularni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat beriladi va bu haqida ariza beruvchi shu kunning oʻzida YIDXP yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami (elektron pochta manzili) orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish (fuqaro bajarishga qodir boʻlgan, fuqaroning olgan maʼlumoti yoʻnalishi va ixtisosligiga, malakasiga, kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga, sogʻligʻining holatiga koʻra mos keladigan, yashash joyini oʻzgartirishini nazarda tutmaydigan, uning doimiy yashash joyidan unchalik uzoq boʻlmagan hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqini kafolatlaydigan ish) toʻgʻrisida taklif olish uchun borishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mahalliy mehnat organi ariza beruvchiga maqbul keladigan ishni taklif etadi va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 49-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ariza beruvchini u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab uch oy davomida maqbul keladigan ishga joylashtirish choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi holatlarda ariza beruvchi ishsiz deb eʼtirof etilmaydi va davlat xizmatini koʻrsatish yakuniga yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobi olinmagan boʻlsa.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchiga uch oylik davr tugagach, maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, u ishsiz shaxs deb eʼtirof etiladi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq taqdimnoma rasmiylashtiriladi hamda ushbu taqdimnomani bir ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) YIDXP orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahalliy mehnat organi tomonidan rasmiylashtirilgan taqdimnoma muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pensiya jamgʻarmasi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan taqdimnoma asosida ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (keyingi oʻrinlarida — Nizom) 116-bandiga muvofiq muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlaydi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YAMMT” IDAKda mavjud mehnat staji maʼlumotlarini AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan, Soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan elektron reyestridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 14-moddasiga muvofiq talab etiladigan ish staji tasdiqlanmagan taqdirda, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashni rad etadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlangani yoki rad etilgani toʻgʻrisida shu kunning oʻzida ariza beruvchini va tegishli mahalliy mehnat organini YIDXP orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchiga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlangan taqdirda, unga tayinlangan ishsizlik nafaqasini toʻlash keyingi oydan boshlab toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya miqdori Qonun hamda Nizomda belgilangan tartib asosida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishni xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida rad etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

19. Mahalliy mehnat organlari va Pensiya jamgʻarmasi davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchilar mahalliy mehnat organlari va Pensiya jamgʻarmasining xatti-harakatlari yoxud harakatsizligi yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga taqdimnoma rasmiylashtirish va muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va uni yashash joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboradi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng
2-bosqich
Mahalliy mehnat organi
1. Muddatidan oldin pensiya tayinlanishi uchun talab etiladigan mehnat stajini tasdiqlaydigan maʼlumotlar mavjudligini va ariza beruvchi bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKga kiritilganini tekshiradi.
Ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi.
2. Ariza beruvchini mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida kelishi lozimligi toʻgʻrisida YIDXP yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami (elektron pochta manzili) orqali xabardor qiladi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng 2 ish kuni ichida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun boradi.
Ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida
4-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Ariza beruvchini maqbul keladigan ishga joylashtirish chorasini koʻradi.
Ariza beruvchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab uch oy davomida
5-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Uch oylik davr tugagach, maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ariza beruvchini ishsiz shaxs deb eʼtirof etadi.
Ariza beruvchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng uch oylik davr tugagach, 11-kundan kechiktirmay
6-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Ariza beruvchiga taqdimnoma rasmiylashtiradi va Pensiya jamgʻarmasiga YIDXP orqali yuboradi.
Ariza beruvchi ishsiz deb eʼtirof etilgandan soʻng 1 ish kunida
7-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi
Mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan taqdimnoma asosida Nizomning 116-bandiga muvofiq ariza beruvchiga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlaydi yoki “YAMMT” IDAKda mavjud mehnat staji maʼlumotlarini AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan, Soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan elektron reyestridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda Qonunning 14-moddasiga muvofiq talab etiladigan ish staji tasdiqlanmagan taqdirda, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashni rad etadi va bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali QR-kodli xabarnoma yuboradi.
Xabarnomaning nusxasini tegishli mahalliy mehnat organiga YIDXP orqali taqdim etadi.
Nizomda belgilangan muddatlarda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga taqdimnoma rasmiylashtirish va muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
13. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (buyruq raqami, sanasi)**
14. Telefon raqami
15. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

* Mehnat staji maʼlumotlari toʻliq raqamlashmagan boʻlsa, mehnat daftarchasining nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga
TAQDIMNOMA
Elektron hujjatning identifikasiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri
QR-kod
4-shakl
_______________tuman (shahar) kambagʻallikni
qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi 20___yil “___”____________ __________-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga
(Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasining toʻqqizinchi qismiga asosan _______ yil “____”_____________ datugʻilgan______________________________________________________________________ga
ishdan boʻshatilgan va 20__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.
Tuman (shahar) kambagʻallikniqisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
(F.I.O.)
QR-kod
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 519-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga boʻshagan ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasini alohida asoslarga koʻra bekor qilish — Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 100-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra ishdan boʻshatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasiga koʻrsatilgan asoslarga koʻra bekor qilingan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mehnat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mahalliy mehnat organlari tomonidan ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmatidan faqat mehnat shartnomasi quyidagi asoslarga koʻra bekor qilinganlar foydalana oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga koʻchishni rad etgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa ishga oʻtishni rad etgani yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgargani, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqargani;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Toʻlovga qobiliyatsizlik va sanatsiya / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining toʻlovga qobiliyatsizlik xususiyatlari / 09.03.11.01 Shaharni tashkil etuvchi korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) qaroriga koʻra tugatilgani yoxud taʼsis hujjatlari bilan shunga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs organining qaroriga koʻra tugatilgani;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgani sababli.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquq tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter, shuningdek, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud boʻlmagan hollarda, bosh buxgalter vazifalarini amalga oshiruvchi xodimlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida YIDXP orqali murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soʻrovnoma toʻldirish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasida avtomatik tarzda shakllanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldirgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi. Bunda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻldirilgan soʻrovnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda ariza beruvchining yashash joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kunlik muddat tugaganidan keyin yuborilgan murojaat koʻrib chiqilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalliy mehnat organi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida ariza beruvchi bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilganini tekshiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilmagan boʻlsa, mahalliy mehnat organi ish beruvchini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasi talablarini bir ish kuni ichida bajarishi lozimligi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogohlantirishdan bir ish kuni oʻtgandan soʻng ham ish beruvchi tomonidan ariza beruvchi bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bir ish kunida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga asosan ish beruvchiga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, shuningdek, hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda, kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda ularni bartaraf etishi uchun besh ish kunidan iborat muddat beriladi va bu haqida ariza beruvchi shu kunning oʻzida YIDXP yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami (elektron pochta manzili) orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahalliy mehnat organi ariza beruvchiga u ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingani toʻgʻrisida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan maʼlumotnomani YIDXP orqali yuboradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.02.00 Umumiy mehnat staji]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishni xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida rad etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mahalliy mehnat organlari ariza beruvchilarning elektron hisobini yuritadi va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza beruvchilar mahalliy mehnat organlari xodimlarining xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlar boʻshagan ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanishi uchun maʼlumotnoma olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi va uni yashash joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboradi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng 30 kalendar kun ichida
2-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni va u bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilganini tekshiradi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni ichida
3-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi va unga ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingani toʻgʻrisida YIDXP orqali QR-kodli maʼlumotnoma yuboradi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng 5 ish kuni ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Ariza beruvchi mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida uchinchi oy uchun ham oʻrtacha oylik ish haqini olish uchun avvalgi ish joyiga murojaat qiladi.
Maʼlumotnomani olgandan keyin 5 ish kuni ichida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga boʻshagan ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanishi uchun maʼlumotnoma olish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi
5. Tugʻilgan yili va sanasi
6. Yashash manzili
7. Maʼlumoti (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy)
8. Tamomlagan taʼlim muassasasining nomi
9. Mutaxassisligi (mavjud boʻlsa)
10. Kasbi (mavjud boʻlsa)
11. Oxirgi ish joyi
13. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (buyruq raqami, sanasi)*
14. Telefon raqami
15. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingani toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarga ish joyidan uchinchi oyga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Myehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan shaxs ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingani toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
(Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi nomi)
MAʼLUMOTNOMA
Fuqaro__________________________________________________ning 20___ yil “____” _______________dagi ____________-son murojaati __________________tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilib, 20___ yil “____” ____________dan ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olindi.
Ushbu maʼlumotnoma asosida ariza beruvchi mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan ish joyidan uchinchi oy uchun ham oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega boʻladi.
_______________________________
___________________________________
(masʼul shaxsning lavozimi)
(F.I.O.)
QR-kod
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2026-y., 09/26/519/0987-son)