18.09.2026 yildagi 503-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy-maʼrifiy sohada ilgʻor bilim va koʻnikmalarga ega yuqori malakali va istiqbolli kadrlarni tayyorlash, ularni diniy-maʼrifiy faoliyatga samarali jalb etish, shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyatni tizimli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) diniy-maʼrifiy sohada boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligi boʻyicha qabulni diniy-maʼrifiy sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlgan talabgorlar orasidan suhbat asosida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshirilsin hamda oʻqish davomiyligi bir yil etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistraturaga qabulni belgilangan tartibda tasdiqlangan qabul parametrlari asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan taqdim etilgan nomzodlar oʻrtasida suhbat asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda, magistraturaga nomzodlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga asosan diniy-maʼrifiy sohada kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga 2026/2027 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlari doirasida vakant qolgan oʻrinlar hisobidan 10 ta davlat granti oʻrni ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Din ishlari boʻyicha qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul istisno tariqasida 2026-yil 1-oktabrga qadar, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini ajratish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
503-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining2026-yil 18-sentabrdagi 503-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya)ning “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga (keyingi oʻrinlarda — magistratura) qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Diniy-maʼrifiy sohada yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash diniy-maʼrifiy sohada kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan talabgorlar orasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Magistraturaga qabul belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻqishga qabul qilish parametrlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan taqdim etilgan nomzodlar oʻrtasida suhbat natijalariga muvofiq tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Magistraturaga qabul qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Magistraturaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga asosan oliy maʼlumotli va diniy-maʼrifiy sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlari orasidan suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan nomzodlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Magistraturaga qabul ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Magistraturaga qabul qilingan shaxslarning mehnat faoliyati bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nomzodlarni saralab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Magistraturaga qabulni tashkil etish va oʻtkazish uchun har yili 1-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari raisligida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda nomzodlarni dastlabki saralab olish boʻyicha idoraviy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoraviy komissiya) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nomzodlarni tanlashda quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab va ehtiyojlariga mos boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va siyosiy-huquqiy jarayonlardan xabardorligi, qonunchilik hujjatlari boʻyicha zarur bilimlarga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy saviyasi darajasini oshirib borishi, oʻz ustida muntazam ishlaydigan, muomala madaniyati va aholi bilan muloqot qilish koʻnikmasining shakllangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi hamda xorijiy tillardan birini (ingliz tili, arab tili va shu kabilar) bilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarni baholash uchun Idoraviy komissiya tomonidan soha boʻyicha mutaxassislar, mustaqil ekspertlar jalb qilinishi hamda suhbat, test va boshqa turdagi baholash usullari qoʻllanilishi mumkin. Bunda har bir qoʻllaniladigan usul va natijalar Idoraviy komissiyaning qarori bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma nusxa — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning oxirgi ikki yil mobaynidagi faoliyati davomida amalga oshirgan ijobiy ishlari haqidagi maʼlumot (1-2 varaqda, tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma-obyektivka (maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning qoʻshimcha erishgan yutuqlari, xususan ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoraviy komissiya nomzodlarning hujjatlarini belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va nomzodlarni saralab olish yakuni boʻyicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash Idoraviy komissiya zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Magistraturaga qabul qilish uchun nomzodlarni tavsiya etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi har yili 1-mayga qadar nomzodlar roʻyxati, ularning har biriga alohida tavsiyanoma hamda hujjatlari toʻplamini Qoʻmitaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tavsiya etilgan nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligiga qarab Qoʻmita tomonidan saralab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nomzodlarni saralab olishni tashkil etish Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan Ishchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita har yili 1-iyunga qadar saralash natijalari asosida nomzodlarni hamda ularning hujjatlarini Akademiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistraturaga hujjatlarni qabul qilish va nomzodlarni suhbatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Magistraturaga qabulni tashkillashtirish va hujjatlarni qabul qilish uchun har yili 20-mayga qadar Akademiya rektorining buyrugʻi bilan uning raisligida qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qabul komissiyasi) tuziladi. Qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasi magistraturaga qabul boshlangani toʻgʻrisida Akademiyaning rasmiy veb-sayti, shuningdek, elektron platformalardagi rasmiy kanallariga eʼlon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish uchun har yili 1-iyunga qadar Akademiya rektorining buyrugʻiga asosan Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Akademiya vakillari va mustaqil ekspertlardan (kamida 5 kishidan) iborat tarkibda Maxsus komissiya tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tomonidan har yili iyun-iyul oylarida nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat davomida nomzodlarning diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi bilimlari va huquqiy savodxonligi, shuningdek, boshqaruv va liderlik xususiyatlari, jamoa bilan ishlash, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatlari, moslashuvchanligi, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvi va notiqlik mahorati boʻyicha koʻnikmalari baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Suhbat oʻtkazish dasturi va baholash mezoni Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qabul komissiyasi tomonidan suhbat dasturi qabul jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin, Maxsus komissiya suhbatini oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi xabarnoma esa u boshlanishidan kamida yetti kun oldin Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbat jarayoni videotasvirga yozib olinadi va kamida bir yil davomida Akademiyada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suhbat Maxsus komissiya tomonidan yakka tartibda, har bir nomzod bilan alohida oʻtkaziladi. Bunda nomzodning bilim va kompetensiyalari quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi bilimlari va huquqiy savodxonligi — 20 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va liderlik xususiyatlari hamda jamoa bilan ishlash koʻnikmalari — 20 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik va tahliliy fikrlash qobiliyati — 20 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moslashuvchanligi, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvi — 20 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notiqlik mahorati va muloqot koʻnikmalari — 20 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suhbat boʻyicha nomzodlarning yakuniy natijalari Maxsus komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan qoʻyilgan ballarni qoʻshgan holdagi oʻrtachasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat yakuniga koʻra Maxsus komissiya nomzodlarning ballarini koʻrsatgan holda, tegishli bayonnomani tuzadi va belgilangan tartibda Qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomzodlarning suhbatdan takroran oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akademiya rektorining buyrugʻi bilan Maxsus komissiya ishida ishtirok etmagan shaxslardan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suhbat natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari, ular eʼlon qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida Qabul komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra shikoyatni qanoatlantirish yoki shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kuni nomzod yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomzod murojaatni koʻrib chiqishda shaxsan ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nomzodlarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qabul komissiyasi tomonidan suhbat natijalariga koʻra toʻplagan bali hamda bakalavriat diplomi oʻrtacha bali qoʻshilgan holda, reyting ketma-ketligida qabul natijasi qaydnomasi shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul natijasi qaydnomasi Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qarori asosida bir hafta muddatda abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish haqidagi Akademiya rektorining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Diniy-maʼrifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga davlat buyurtmasi boʻyicha davlat granti asosida qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya)da davlat buyurtmasi boʻyicha magistraturaga nomzodlarni saralab olish boʻyicha Idoraviy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoraviy komissiya) tuzadi.

Har yili 1-fevralga qadar

2-bosqich

Idoraviy komissiya

1. Magistraturaga qabul qilish uchun hududlarning diniy-maʼrifiy sohada boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab va ehtiyojlarini oʻrganib chiqadi va nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Nomzodlarning roʻyxati, ularning har biriga alohida tavsiyanoma hamda hujjatlari toʻplamini elektron shaklda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

3-bosqich

Qoʻmita

1. Davlat buyurtmasi boʻyicha nomzodlarni saralab olishni tashkil etish va oʻtkazish uchun Ishchi komissiya tuzadi.

2. Saralash natijalari asosida kvota boʻyicha har bir oʻringa kamida uch nafardan nomzodlar roʻyxati hamda ularning hujjatlarini Akademiyaga yuboradi.

Har yili 1-iyunga qadar

4-bosqich

Akademiya

1. Magistraturaga qabulni tashkillashtirish va hujjatlarni qabul qilish uchun Qabul komissiyasi tuzadi.

Har yili 20-mayga qadar

2. Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish uchun Maxsus komissiya tuzadi.

Har yili 1-iyunga qadar

5-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Suhbat dasturini eʼlon qiladi.

Qabul jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin

2. Suhbat oʻtkazish sanasini eʼlon qiladi.

Suhbat boshlanishidan kamida yetti kun oldin

6-bosqich

Maxsus komissiya

1. Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.

2. Suhbat yakuniga koʻra nomzodlarning ballarini koʻrsatgan holda tegishli bayonnomani tuzadi va belgilangan tartibda Qabul komissiyasiga taqdim etadi.

Har yili iyun-iyul oylarida

7-bosqich

Qabul komissiyasi

Suhbat natijalariga koʻra nomzodlarning toʻplagan bali hamda bakalavriat diplomi oʻrtacha bali qoʻshilgan holda, reyting ketma-ketligida qabul natijasi qaydnomasini shakllantiradi.

Har yili iyul oyida

8-bosqich

Akademiya

Reyting ketma-ketligida shakllantirilgan roʻyxatni Qoʻmitaga taqdim etadi.

Har yili iyul oyida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2026-y., 09/26/503/0958-son)