17.09.2026 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni 10, 42 va 58-moddalariga muvofiq tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish tartibini belgilash, shuningdek, tortish harakatdagi tarkibni boshqaruvchi mashinistlar masʼuliyatini oshirish, nazorat qilish hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Toshkent metropoliteni” AJning 2027-yil 1-yanvardan boshlab temir yoʻl va metropoliten transporti mashinistlariga tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2029-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda amalda tortish harakatdagi temir yoʻl va metropoliten tarkibini boshqarib kelayotgan barcha mashinistlarning ushbu qarorga muvofiq yangi namunadagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olishi majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2029-yil 1-yanvardan boshlab ushbu qarorga muvofiq yangi namunadagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olmagan mashinistlarga tortish harakatdagi tarkibni boshqarish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun test sinovi shaklida imtihon oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi mashinist guvohnomasini olish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish va guvohnomani berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi mashinist guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, almashtirish, yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga yangisini berish, shuningdek, guvohnomani toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi mashinist guvohnomasining elektron reyestrini yuritish, guvohnomani tayyorlash, saqlash (hisobga olish) tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini YIDXP orqali koʻrsatishning texnik imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligining elektron maʼlumotlar bazasining YIDXPga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida tegishli tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror 2027-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
502-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 502-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) temir yoʻl va metropoliten transportida harakat tarkibini boshqaruvchi mashinistlarga tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti va metropoliten sohasida amalga oshiradigan, guvohnoma olishga talabgor boʻlgan xodimlarining hujjatlarini taqdim etadigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist — tortish harakatdagi temir yoʻl yoki metropoliten tarkibini mustaqil boshqarish huquqiga ega boʻlgan mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) — temir yoʻl va metropoliten tashkiloti xodimining tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist yordamchisi — tegishli kasbiy malakaga (maʼlumotga) hamda temir yoʻl transporti sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot (ish beruvchi) tomonidan berilgan amaldagi mashinist yordamchisi guvohnomasiga ega boʻlgan va oʻz mehnat faoliyatida bevosita mashinistga boʻysunuvchi xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platforma — nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini baholash uchun test sinovi oʻtkaziladigan, foydalanuvchilarni “Face-ID” orqali aniqlaydigan va test sinovi natijalari boʻyicha QR-kodli maʼlumotnoma beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) elektron (axborot) tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari — transport sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat taʼlim tashkilotlari va belgilangan tartibda attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl va metropolitenning tortish harakatdagi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — tortish harakatdagi tarkib) — temir yoʻl va metropolitenda poyezdlar va alohida vagonlarni tortish, harakatga keltirish va tashish uchun moʻljallangan, lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, metropoliten poyezdlari, tortish agregatlari, lokomobillar hamda maxsus oʻziyurar harakatdagi tarkib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi — tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun oʻtkaziladigan imtihon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar temir yoʻl va metropoliten tashkilotining guvohnoma olishga talabgor boʻlgan xodimlari (keyingi oʻrinlarda — nomzod) hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist yordamchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl va metropolitenda tortish harakatdagi tarkibning bir turidan boshqa turini boshqarish huquqini olishga talabgorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqi bekor qilingan mashinistlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomasini yoʻqotgan va guvohnomasining amal qilish muddati tugagan mashinistlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda mashinist lavozimida faoliyat yuritayotgan va ushbu Reglament talablariga muvofiq yangi namunadagi guvohnomani olishi talab etiladigan mashinistlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq, shuningdek, test sinovi oʻtkazmasdan yangi guvohnoma (dublikat) berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibning bir yoki bir nechta turini boshqarish huquqiga ega mashinistga boshqa turdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqi berilganda, guvohnomaning amal qilish muddati yangi huquq berilgan sanadan boshlab, unda koʻrsatilgan barcha turlar boʻyicha 10 yil etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti tizimiga kirmaydigan ariza beruvchilar soʻroviga koʻra, ular tomonidan taqdim etilgan nomzodlarga berilgan guvohnomalar, ularning umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiqish huquqini bermaydi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma olish uchun ariza har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Guvohnoma olish uchun asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Guvohnomani olish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl mashinistining amaldagi mashinist yordamchisi sifatida 18 oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish. Bunda tortish harakatdagi tarkibga tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar uchun mashinist yordamchisi sifatida talab etiladigan mehnat staji 6 oy etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metropoliten tortish harakatdagi tarkibi uchun chilangar sifatida 12 oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha amaliyot oʻtaganlik toʻgʻrisida dalolatnomaga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlar asosida tegishli turdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha taʼlim olgan, mashinist kasbini egallaganlik haqidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtish va nomzodning sogʻligʻi holati unga topshirilayotgan ishga muvofiqligi hamda ayrim turdagi ishlarni (bevosita poyezdlar harakati va manyovr ishlari bilan bogʻliq ishlarni) bajarishga tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisida tibbiy xulosaga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformada tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish uchun test sinovini muvaffaqiyatli topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nomzodning tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha amaliyot oʻtashi yakunlariga koʻra, uning amaliy bilim va koʻnikmalari ariza beruvchining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan kamida uch nafar aʼzodan iborat komissiya tomonidan baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tarkibiga ariza beruvchining lokomotiv xoʻjaligi boʻyicha malakali mutaxassisi, tegishli turdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega mashinisti, shuningdek, Inspeksiyaning tegishli yoʻnalishdagi mutaxassisi majburiy tartibda kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy bilim va koʻnikmalarni baholash natijalari komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron tarzda toʻldirib, maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda belgilangan toʻlovni amalga oshirgandan soʻng soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati uchun toʻlov axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizalar YIDXP orqali dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari yuborilganda, navbatdagi ish kuni arizalar Inspeksiyaga tushgan hamda qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga (jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablagʻlar teng ulushlarda — Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi va Institutning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish nomzodning ish joyida amalga oshiriladi. Ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomada nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Guvohnoma olish uchun taqdim qilingan hujjatlar Inspeksiyaga kelib tushgani (hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingani) toʻgʻrisida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga “push”-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Arizani koʻrib chiqish, test sinovini oʻtkazish, shuningdek, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hujjatlar ariza kelib tushgan kundan boshlab Inspeksiya tomonidan oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda (soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan va (yoki) yetarli boʻlmagan maʼlumotlar mavjud boʻlganda), ariza koʻrib chiqilib, ariza beruvchiga hujjatlar qaytarilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Inspeksiya tomonidan ariza beruvchiga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilmaganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashinistning tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqining bekor qilinishi yoki bu huquqni toʻxtatib turib, tiklanmagani arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim etilgan ariza va hujjatlarda (maʼlumotlarda) kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, Inspeksiya ushbu arizani koʻrib chiqish yakunlangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida nomzod guvohnoma olish uchun test sinovi topshiriladigan sana, joy, vaqt haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga “push”-xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun test sinovi Inspeksiya huzuridagi imtihon komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — imtihon komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi, uning aʼzolari soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Imtihon komissiyasi raisi, tarkibi va ularning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Imtihon komissiyasining tarkibiga Inspeksiyaning tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassis xodimlari kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Inspeksiya imtihon komissiyasi tarkibiga temir yoʻl transporti tashkilotlarining tegishli sohaviy boʻlinmalari, korxonalari va shuʼba xoʻjalik jamiyatlari rahbar xodimlari va soha mutaxassislari, taʼlim tashkilotlarining soha oʻqituvchilari hamda jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ish yuritishni tashkil etish uchun Inspeksiya tomonidan imtihon komissiyasi aʼzosi boʻlmagan imtihon komissiyasi kotibi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Inspeksiya test sinovini oʻtkazish jadvalini har yil boshida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlar soni koʻp boʻlganda, Institut bilan kelishilgan holda qoʻshimcha test sinovi yoki respublikaning boshqa hududlarida test sinovi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Test sinovi imtihon komissiyasi kuzatuvida platformada tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Test sinovi anʼanaviy shaklda, yaʼni nomzodning shaxsan ishtirokida oʻtkaziladi. Test sinovini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi Institut bilan kelishilgan holda Inspeksiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Test sinovini topshirishda nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) taqdim etadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoxud test sinoviga kechikkan nomzodlar kelmagan hisoblanadi hamda navbatdagi test sinovidan oʻtadigan nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi. Bu haqida ariza beruvchiga uch ish kunidan kechiktirmay YIDXP orqali xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar nomzod tegishli tarzda xabardor qilingandan keyin test sinovini topshirish uchun kelmasa, nomzodga davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ushbu Reglamentda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test sinovini oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda ovozli videotasvirga tushirish uchun Institut test sinovini tashkil etgan holda imtihon xonalarini ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, Internet jahon axborot tarmogʻi va boshqalar) bilan taʼminlab, nomzodlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Test sinovi jarayonida nomzodlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lugʻat, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek, boshqa nomzodlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki ulardan foydalangan, yoxud test sinovi vaqtida boshqa nomzodlar bilan suhbatlashgan nomzod test sinovini oʻtkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi jarayonlari Inspeksiyaning rasmiy veb-sayti orqali onlayn translyatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi jarayonlari ovozli videokuzatuv kamerasi orqali yozib olinadi va Institutda bir yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Test sinovining savollar toʻplami (bazasi) temir yoʻl va metropolitenning tortish harakatdagi tarkibining har bir turi, seriyasi boʻyicha alohida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovida guvohnoma olish uchun nomzodga beriladigan savollar toʻplami (bazasi) mashinist majburiyatlari, funksiyalari, vazifalari va malaka talablariga hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq Inspeksiya tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya tomonidan test sinovi savollari doimiy yangilab boriladi hamda test sinovi materiallarini va savollarini shakllantirish uchun davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlardan malakali mutaxassislar, shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Test sinovi davomida nomzodning natijalari (test sinovi natijalari) 100 balli tizimda baholanadi. Test sinovi 50 ta test savolini oʻz ichiga oladi va har bir toʻgʻri javob 2 ballni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi natijalari test sinovi varaqasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nomzod test sinovi natijalari boʻyicha kamida 80 ball toʻplasa, imtihon komissiyasi tomonidan nomzod test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi va unga guvohnoma rasmiylashtirish haqida qaror qabul qilinadi. Bunda yuqori tezlikdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini olish uchun nomzodlar test sinovida kamida 90 ball toʻplashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test sinovini topshiruvchi nomzodlar test topshiriqlarini bajarishni yakunlagach, test sinovi natijasi inson omilisiz, platforma orqali shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Test sinovidan oʻta olmagan (undan chetlashtirilgan) nomzodga belgilangan yigʻim undirilmasdan uni qayta topshirish uchun bir marotaba imkoniyat beriladi va keyingi boʻlib oʻtadigan test sinoviga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ikkinchi marotaba berilgan imkoniyatdan ham foydalana olmagan (test sinovidan muvaffaqiyatli oʻta olmagan) nomzod ushbu Reglamentda belgilangan tartibda qayta test sinovini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Test sinovini topshirmagan nomzod guvohnoma bilan beriladigan huquqlarga muvofiq oʻz vazifalarini bajarishga ariza beruvchi tomonidan qoʻyilmaydi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu xodimni mashinist lavozimida faoliyat olib borish uchun, shu jumladan, uni akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkilotlarida mashinistlarni tayyorlash (qayta tayyorlash) boʻyicha oʻquv kurslarga oʻqishga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga Inspeksiya tomonidan guvohnoma rasmiylashtiriladi. Guvohnomada test sinovi topshirilgan tortish harakatdagi tarkibning turi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomadagi yozuvlar Inspeksiya tomonidan maxsus texnik vositalarda bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Guvohnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish kitobiga kiritiladi. Guvohnomaning seriyasi lotin alifbosidagi “MG” harflaridan, tartib raqami esa ketma-ket beriladigan va takrorlanmaydigan olti xonali raqamdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Guvohnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Guvohnoma Inspeksiya tomonidan test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodning shaxsan oʻziga, shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) taqdim etganda, guvohnomalarni berish kitobiga shaxsan imzo qoʻydirgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashinist boshqa turdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini olish uchun amaldagi guvohnomasini taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma ishonchnoma asosida berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Inspeksiya guvohnoma berilishining asoslangani, toʻgʻri toʻldirilgani hamda guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish kitobi yuritilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nomzod test sinovida talab qilinadigan natija qayd etmagan yoki test sinovidan chetlashtirilgan boʻlsa, guvohnoma berish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas, degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ariza beruvchi guvohnoma berishning rad etilishi, shuningdek, Inspeksiya mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni almashtirish va yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach, u ariza beruvchining arizasiga koʻra almashtirilishi kerak. Guvohnomani yangisiga almashtirish toʻgʻrisidagi ariza Inspeksiyaga guvohnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi lozim. Amal qilish muddati tugagan guvohnoma ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Avval berilgan guvohnoma oʻrniga test sinovi oʻtkazmasdan yangi guvohnoma (dublikat) olish uchun YIDXP orqali ariza beruvchi Inspeksiyaga quyidagi holatlarda murojaat qiladi va guvohnoma ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) guvohnoma egasining shaxsga doir maʼlumotlari oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnik xatolar va yozuvdagi xatolarni tuzatishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) guvohnoma eskirgani, shikastlangani va unda (yoki uning bir qismida) koʻrsatilgan maʼlumotlarni koʻz bilan koʻrib aniqlash mumkin emasligi oqibatida keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ariza beruvchidan guvohnoma yoʻqolgani toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnoma (dublikat) berilganda, avval berilgan guvohnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnoma (dublikat) berilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi, ushbu bandning “b” kichik bandidagi holat bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ushbu Reglamentning 45-bandida keltirilgan holatlar boʻyicha guvohnoma berilganda, yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga (jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Guvohnoma yoʻqolganda, ariza beruvchi har bir alohida holat boʻyicha xizmat tekshiruvini oʻtkazadi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish uchun ariza beruvchi tashkilotning rahbar va mutaxassis xodimlaridan kamida uch kishidan iborat komissiya tayinlanadi. Bunda yoʻqolgan guvohnomaning egasi komissiya raisiga guvohnomaning yoʻqolgani toʻgʻrisida yozma ariza taqdim etishi shart, unda sodir boʻlgan hodisa batafsil bayon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish materiallari boʻyicha komissiya tomonidan yoʻqolgan guvohnomaning egasiga yangi guvohnoma berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa bilan dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan guvohnoma egasi guvohnomani tiklagunga (dublikat olgunga) qadar ariza beruvchi tomonidan tortish harakatdagi tarkibni boshqarishdan vaqtincha chetlashtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yoʻqolgan guvohnomaning egasi toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan hujjatlar (guvohnoma egasining arizasi, yoʻqolgan guvohnomaning raqami, Inspeksiya tomonidan berilgan sanasi koʻrsatilgan holda guvohnoma egasining shaxsiy hujjatlari, mashinistning ish faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnoma) ariza beruvchi tomonidan Inspeksiyaga yangi guvohnoma berish uchun soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma Inspeksiya tomonidan tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqi bekor qilingan mashinistlar guvohnomalari maʼlumotlar bazasi boʻyicha tekshirilgandan keyin oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Avvalgi guvohnoma yangisiga almashtirilgandan keyin Inspeksiya tomonidan tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan holda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnoma guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va berish kitobiga uning egasiga shaxsan imzo qoʻydirgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Guvohnomani toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Quyidagi holatlar guvohnomaning amal qilishini Inspeksiya tomonidan toʻxtatib turishga asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy komissiya xulosasi asosida mashinistning sogʻligʻi boʻyicha tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist tomonidan harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilgan taqdirda (hodisaning tasnifiga qarab poyezdlar halokati, avariya, ishdagi alohida hodisalar, ishdagi hodisalarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinistning faoliyati bilan bogʻliq jinoiy qilmish toʻgʻrisidagi ishni yuritish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlardan boʻyin tovlaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinistning ish vaqtida guvohnomasi yonida boʻlmaganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati 90 sutkadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;

tortish harakatdagi tarkibni 2 yildan ortiq uzluksiz boshqarmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xulosaga koʻra mashinist sifatida ishlashga yaroqsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma egasi vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Guvohnomani bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Reglamentning 50-bandida koʻrsatilgan guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibni boshqarish natijasida mashinistning aybi bilan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan yoki bunday zarar yetkazilishi real xavfi yuzaga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinistning faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishi doirasida sudning hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinistning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda boʻlganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorda (koʻrsatmada) quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni qabul qilgan Inspeksiya mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinistning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi (yuridik shaxsning nomi), uning guvohnoma raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilishning asosi, shuningdek, toʻxtatib turish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror ustidan shikoyat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni tuzgan Inspeksiya mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi yoki elektron grafik imzosi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilishi qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻxtatiladi (tugatiladi yoki bekor qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mashinist Inspeksiyaning mansabdor shaxsi tomonidan rasmiylashtirilgan guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorga (koʻrsatmaga) elektron grafik imzosini qoʻyadi. Bunda Inspeksiyaning mansabdor shaxsi mashinistga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini koʻrish uchun qarorni (koʻrsatmani) u faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbariga yuboradi va guvohnomani olib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati davomida ushbu Reglamentning 50-bandida nazarda tutilgan guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng guvohnoma qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Inspeksiya tomonidan yuritiladigan guvohnomalarning elektron reyestriga tegishli ravishda qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Guvohnoma egasining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Guvohnoma egasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomada koʻrsatilgan turdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortish harakatdagi tarkibda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda, uni harakatga chiqarishni rad etish yoki harakatini toʻxtatish hamda bu haqida vakolatli mansabdor shaxsni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish, qayta tayyorlash va kasbiy bilimlarini oshirish kurslarida oʻqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomani berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma egasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Guvohnoma egasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida uch yilda kamida bir marta malakasini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakat xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy bilim va koʻnikmalari, amaliy tayyorgarlik hamda ish faoliyatini malakali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yilda kamida bir marotaba, yuqori tezlikdagi tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqiga ega mashinistlar esa olti oyda kamida bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻi yomonlashganda, guvohnomadan foydalanishni toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reys (safar) davomida guvohnomada koʻrsatilgan turdagi tortish harakatdagi tarkibda oʻz lavozim majburiyatlarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Guvohnoma egasiga quyidagi hollarda oʻz funksional vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomada tuzatishlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma mashinistning yonida boʻlmaganda (taqdim qilmaganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma qalbaki boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Mashinistlar oʻz xizmat vazifalarini bajarish davomida guvohnomalari yonida boʻlishi va uni Inspeksiyaning masʼul xodimi talabiga koʻra taqdim qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Test sinovi natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Nomzodlarning (guvohnoma egalarining) shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Inspeksiya rahbarining buyrugʻi bilan kamida besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovini oʻtkazishga masʼul boʻlgan komissiya aʼzolarining Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Test sinovi natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar (guvohnoma egalarining) uning natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni mobaynida Apellyatsiya komissiyasiga elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodni (guvohnoma egasini) shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki ish kuni oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzod (guvohnoma egasi) mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Apellyatsiya komissiyasi test sinovi jarayonida nomzodning (guvohnoma egasining) bergan javoblari va videotasvirlarini koʻrish orqali tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida nomzodga (guvohnoma egasiga) uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat etgan nomzodga (guvohnoma egasiga) oʻz qarorini uni qabul qilgan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Guvohnomalarning elektron reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Inspeksiya tomonidan berilgan guvohnomalarning elektron reyestri yuritiladi va Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Guvohnomalarning elektron reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berilgan sana, amal qilish muddati va uning raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomiga guvohnoma berilgan ariza beruvchi xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarishga guvohnoma berilgan tortish harakatdagi tarkib toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tortish turi, seriyasi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgani, bekor qilingani, tiklangani, shuningdek, tugatilganining asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning dublikatini berishning asosi va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Guvohnomani tayyorlash, hujjatlarni saqlash (hisobga olish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Guvohnoma blankasi ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq plastik kartochka shaklida, Inspeksiyaning buyurtmanomasi asosida, uni tayyorlash huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish kitobida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Toʻldirilmagan guvohnomalar qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar sifatida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Toʻldirish (yoki chop etish) jarayonida buzilgan guvohnomalar dalolatnoma rasmiylashtirilgandan keyin Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Test sinovini oʻtkazish va guvohnoma berish bilan bogʻliq barcha ish yuritish hujjatlari (test sinovi varaqalari, bayonnomalar, dalolatnomalar) Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Yangi guvohnoma (dublikat) berilgandan keyin topilgan guvohnomalar, vafot etgan shaxsning guvohnomasi va eski namunadagi guvohnomalar Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Test sinovi varaqalari va imtihon komissiyasi bayonnomalari oʻn yil, guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va berish kitoblari esa oltmish yil davomida Inspeksiyada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy organlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA

Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi — yuridik shaxs

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi, hujjatlarni elektron shaklda ilova qiladi.

3. Davlat xizmatidan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnoma Transport nazorati inspeksiyasiga (Inspeksiya) yuboriladi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Transport nazorati inspeksiyasi (imtihon komissiyasi)

1. Hujjatlarni YIDXP orqali qabul qiladi.

2. Ariza va hujjatlarni (maʼlumotlarni) koʻrib chiqadi.

10 ish kunida

4-bosqich

Transport nazorati inspeksiyasi

(imtihon komissiyasi),

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Transport nazorati inspeksiyasi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida test sinovini oʻtkazish, uning natijalari boʻyicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

5-bosqich

Transport nazorati inspeksiyasi

Guvohnomani taqdim etadi.

1 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Test sinovi oʻtkazmasdan yangi guvohnoma (dublikat) berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi — yuridik shaxs

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi, hujjatlarni elektron shaklda ilova qiladi.

3. Davlat xizmatidan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnoma Transport nazorati inspeksiyasiga (Inspeksiya) yuboriladi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Transport nazorati inspeksiyasi

1. Tushgan soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganini koʻrib chiqadi.

2. Guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.

3. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Transport nazorati inspeksiyasi

Guvohnomani taqdim etadi.

1 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi va nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning nomi*

2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli*

3. Yuridik shaxsning manzili (joylashgan joyi)*

4. Yuridik shaxsning pochta manzili

5. Guvohnoma olishga nomzod boʻlgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi*

6. Nomzodning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Nomzodning tugʻilgan sanasi*

8. Tortish harakatdagi tarkibning turi

9. Nomzodda ilgari olingan guvohnomaning mavjudligi, uning kim tomonidan va qachon berilgani

10. Nomzodning telefon raqami

11. Nomzodning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

12. Nomzodning ish staji*

II. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

1. Taʼlim tashkilotida mashinist kasbini egallaganlik haqidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat yoki tegishliligi boʻyicha malaka pasporti (sertifikati)

2. Nomzodning tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha amaliyot oʻtagani toʻgʻrisida dalolatnoma

3. Nomzodda harakat va manyovr ishlari bilan bevosita bogʻliq ishlarni bajarishga tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa

4. Guvohnoma yoʻqolganligi holatini tasdiqlovchi hujjatlar**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Dublikat guvohnoma olish uchun 4-pozitsiyadagi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatida yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi oʻtkazmasdan yangi guvohnoma (dublikat) berishda tortish harakatdagi tarkibni boshqarish boʻyicha amaliyot oʻtagani toʻgʻrisida dalolatnoma talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/502/0952-son)