17.09.2026 yildagi 491-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son hamda “Chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash, sohada yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qarorlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini oshirish hamda ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 491-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tajriba xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tajriba xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emasligi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Samarqand viloyati Ishtixon tumani tajribasi asosida “in-vitro” sharoitida koʻchatchilikni joriy etish, uzumning “Kishmish Sogdiana”, “Qora kishmish” va “Avatar” navlarini keng joriy qilish maqsadida Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va uning hududiy tuzilmalaridagi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Institut muassisligida “Ishtixon uzumchilik ilmiy-tajriba stansiyasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Tajriba stansiyasi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati Ishtixon tumani E. Qoraboyev hududidagi tuman hokimligi tasarrufida boʻlgan, boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 8q, 216, 217q, 146 va 274q-konturlardagi jami 27,26 gektar, shundan 24,44 gektar sugʻoriladigan yerlar, 1,15 gektar tokzor, 0,49 gektar tutzor va 1,18 gektar boshqa yerlardan iborat yer uchastkasini Tajriba stansiyasiga ijara huquqi asosida ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Niyozboshi hududi 15-konturdagi tuman hokimligi tasarrufida boʻlgan, boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 28,13 gektar, shundan 27,17 gektar sugʻoriladigan yerlar va 0,96 gektar boshqa yerlardan iborat yer uchastkasini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tizimidagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ga ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba stansiyasi va Markazga ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalari oʻttiz yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga asosan ijara shartnomasi muddati tugagandan soʻng uzaytirish huquqi bilan ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba stansiyasiga ajratiladigan yer uchastkasida uzum plantatsiyalari barpo etiladi, uzum koʻchatlari koʻpaytiriladi va erishilgan ilmiy-amaliy natijalar, resurs-tejamkor tajribalar, zamonaviy texnologiya va usullar sinovdan oʻtkaziladi hamda qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga ajratiladigan yer uchastkasidan naslli chorva mollarining (sigir, buqa, tana, naslli va sport otlari) zotini yaxshilash, naslchilik ishlarini ilmiy asosda takomillashtirish (zamonaviy texnologiya va yuqori genofondli zotdor hayvonlar genetik salohiyatidan foydalanish), Markazda parvarish qilinadigan naslli chorva mollarini oziqlantirish va ularning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba stansiyasi va Markaz qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba stansiyasi nizomini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba stansiyasining moddiy-texnik bazasini yaratish va mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Tajriba stansiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun — Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida oʻtkaziladigan tadqiqotlardan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Tajriba stansiyasini budjet mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi, 2027-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tajriba stansiyasi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining “Oʻzbekiston” MFY Ishtixon koʻchasidagi 4-uy manzilida joylashgan tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi maʼmuriy binosi 2-qavatiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Tajriba stansiyasi va Markazga ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha ijara shartnomasi tuzilishini, koʻchmas mulk obyektlarining kadastr hisobiga olinishi va kadastr yigʻmajildi shakllantirilishini hamda yerga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
491-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/491/0949-son)