07.09.2026 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi xalqaro forum yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, millat genofondini asrash, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq uyushgan jinoyatchilik hamda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini ilmiy yondashuvlar asosida yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026-yil 20-21-aprel kunlari Samarqand shahrida Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi xalqaro forum oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi Samarqand xalqaro forumida ilgari surilgan tashabbuslar hamda Oliy va yuqori darajada oʻtkazilgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda aniq natijalarga erishish yuzasidan masʼuliyat davlat organlari va idoralarining shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Masʼul davlat organlari va idoralari har oyning yakunida chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan hisobotlarni Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini doimiy ravishda va qatʼiy nazorat qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning yakunida masʼul davlat organlari va idoralar rahbarlarining chora-tadbirlar rejasida belgilangan ustuvor vazifalarning sohalar kesimida ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitadi, natijadorligi boʻyicha tanqidiy muhokamalar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan aniq natijalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi F. Xasanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 473-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi Samarqand xalqaro forumida ilgari surilgan tashabbuslar hamda Oliy va yuqori darajada oʻtkazilgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2026-yil 20-21-aprel, Samarqand va Toshkent shaharlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari boʻyicha chora-tadbirlar jadvali

1.

Markaziy Osiyo mintaqaviy axborotlarni muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM) negizida tezkor maʼlumot almashishga moʻljallangan Yagona mintaqaviy raqamli monitoring platformasini yaratish.

1. MOMAMM ishtirokchi davlatlari vakillari va donorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2027-yil fevral

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Platforma konsepsiyasini yaratish.

2027-yil aprel

3. Xususiy sektor vakillarini jalb qilgan holda platformani ishlab chiqish.

2027-yil sentabr

4. Platformani ishga tushirish.

2027-yil noyabr

2.

Narkojinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga aloqador shubhali moliyaviy operatsiyalarni bloklash boʻyicha “Xalqaro raqamli qora kod” tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

1. Tizim konsepsiyasini ishlab chiqish.

2027-yil aprel

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Yevroosiyo jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash guruhi (YEAG), BMT NJB va boshqa soha tashkilotlari hamda davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2027-yil sentabr

3. Tashabbus qoʻllab-quvvatlangan taqdirda, ishga tushirish muddatlarini belgilash.

2028-yil oktabr

3.

Markaziy Osiyo narkologlar assotsiatsiyasini tuzish.

1. Assotsiatsiya konsepsiyasini ishlab chiqish (maqsadlari, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalarini belgilash).

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Markaziy Osiyo davlatlarining sohaviy idoralari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2027-yil may

3. Assotsiatsiyaning birinchi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish.

2027-yil avgust

4. Loyihaga donorlik mablagʻlarini jalb qilish.

Doimiy

4.

Respublikada giyohvandlik vositalari isteʼmoli (latent) tarqalganlik holatini aniqlash boʻyicha epidemiologik tadqiqot oʻtkazish.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

“Ijtimoiy fikr” NNT

(N. Raximova),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan ishchi guruhini shakllantirish.

2026-yil noyabr

3. Loyihaga donorlik mablagʻlarini jalb qilish.

2027-yil mart

4. Loyihani amalga oshirish.

2027-yil sentabr

5.

MOMAMM faoliyatini takomillashtirish va Oʻzbekistonning raisligini samarali tashkil etish maqsadida tashkilotga Turkiya davlatini aʼzo sifatida, Afgʻoniston davlatini kuzatuvchi sifatida qoʻshish choralarini koʻrish.

1. Mazkur masala boʻyicha tomonlar bilan muzokaralar olib borish.

2026-yil oktabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Turkiya va Afgʻonistonga MOMAMM orqali taklif yoʻllash.

2027-yil aprel

3. Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashida Turkiyani tashkilotga qoʻshish va Afgʻonistonni kuzatuvchi sifatidagi maqomini tiklash choralarini koʻrish.

2027-yil sentabr

6.

Oʻzbekiston Respublikasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2027 — 2031-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasini ishlab chiqish.

1. Idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2026-yil sentabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Milliy strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

3. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2026-yil oktabr

4. Strategiyani tasdiqlash va ijroga qaratish.

2026-yil noyabr

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori bilan oliy darajadagi muzokaralar yakuni boʻyicha

7.

BMT Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi ikkinchi bosqichida JSSTning faol ishtirokini taʼminlash.

1. JSST bilan Orolboʻyi mintaqasida yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov),

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

(Sh. Xabibulayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Orolboʻyi mintaqasida havo ifloslanishining salomatlikka taʼsirini baholash boʻyicha qoʻshma dastur ishlab chiqish.

2027-yil mart

3. JSST mutaxassislari ishtirokida Orolboʻyi mintaqasida treninglar va oʻquv dasturlarini tashkil etish.

2027-yil avgust

8.

JSST koʻmagida 2028-yil yakuniga qadar farmatsevtika sohasidagi tartibga solish tizimining “yetuklik darajasi”ga erishish.

1. Self-benchmarking (oʻzini oʻzi baholash) jarayonidan oʻtish.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

(A. Temirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Self-benchmarking natijalarini JSSTning Global benchmarking vositasi guruhiga yuborish va JSST tomonidan koʻrib chiqish.

2027-yil mart

3. JSST ekspertlarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

Kelishilgan muddatlarda

4. JSST ekspertlari tavsiyalariga koʻra tartibga solish tizimi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha JSST xulosasini olish.

2028-yil may

5. Tashkilot ekspertlarining Oʻzbekistonga navbatdagi tashrifini tashkil etish hamda rasmiy benchmarkingni amalga oshirish.

Kelishilgan muddatlarda

6. Baholash natijalariga koʻra tegishli darajani olish.

2028-yil dekabr

9.

JSST Yevropa mintaqaviy qoʻmitasining sessiyalaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

1. JSST vakolatxonasi bilan birgalikda rasmiy arizani tayyorlash va kelishish.

2026-yil sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. JSST Yevropa mintaqaviy qoʻmitasi sessiyasiga mezbonlik qilish boʻyicha rasmiy arizani belgilangan tartibda JSSTga topshirish.

Kelishilgan muddatlarda

3. Oʻzbekistonning tadbirga mezonlik qilishi yuzasidan JSST Ijroiya kengashiga aʼzo davlatlar bilan siyosiy-diplomatik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kelishilgan muddatlarda

4. Sessiyaning oʻtkazilish sanasi va joyini belgilash.

Kelishilgan muddatlarda

5. JSST Yevropa mintaqaviy qoʻmitasi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishini ishlab chiqish.

Tadbirdan 6 oy oldin

6. Sessiyaning dastlabki dasturi, kun tartibi va uning doirasida tadbirlar jadvalini ishlab chiqish.

Tadbirdan 3 oy oldin

7. Tadbir ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

Tadbirdan 1 oy oldin

8. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.

Kelishilgan muddatlarda

10.

Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab negizida Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi (IARC) bilan hamkorlikda mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.

1. Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi bilan Markazni tashkil etish yuzasidan JST bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Markaz konsepsiyasi va texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi bilan hujjatlarni muvofiqlashtirish.

2027-yil mart

3. Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi bilan Markazni tashkil etish boʻyicha memorandum imzolash.

2027-yil sentabr

4. Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot bazasini shakllantirish.

2027-yil noyabr

11.

Tibbiyot fanini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissa uchun Ibn Sino nomidagi JSST xalqaro mukofotini taʼsis etish.

1. JSST bilan birgalikda Mukofot konsepsiyasini ishlab chiqish va kelishish.

2026-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Mukofot Tashkiliy qoʻmitasi va hakamlar hayʼati tarkibini shakllantirish.

2027-yil yanvar

3. Mukofotni taʼsis etish va uni JSST doirasida keng targʻib qilish.

2027-yil may

4. Mukofotning birinchi davrasi gʻoliblarini taqdirlash marosimini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

2028-yil iyun

12.

Sintetik narkotiklar isteʼmol qilgan bemorlarni davolash, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha milliy klinik protokollarni ishlab chiqish.

1. Milliy klinik protokol ishlab chiqish boʻyicha JSST va BMT NJB shafeligida ishchi guruh tashkil etish.

2026-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Donorlarni jalb qilgan holda olimlar ishtirokida tadqiqotlar olib borish.

2027-yil iyun

3. Tadqiqotlar natijasida erishilgan natijalar asosida protokol ishlab chiqish.

2028-yil mart

4. Protokollarni sinovdan oʻtkazish.

2028-yil avgust

5. Samarali deb topilgan va muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan milliy klinik protokollarni Respublika boʻyicha yagona standart sifatida taqdim etish chorasini koʻrish.

2028-yil noyabr

13.

JSST koʻmagida Markaziy Osiyo davlatlari sogʻliqni saqlash tizimini raqamli transformatsiya qilish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha mintaqaviy ofis tashkil etish.

1. Vazirlik va idoralararo ishchi guruh tuzish hamda sogʻliqni saqlash tizimini raqamli transformatsiya qilish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida Konsepsiya loyihasini kelishish.

2026-yil oktabr

3. JSST ishtirokida konseptual kelishuv bitim loyihasini tayyorlash.

2026-yil dekabr

4. Mintaqaviy ofis tashkil etish boʻyicha Hukumat qaror loyihasini ishlab chiqish, bunda mintaqaviy ofis maqomini belgilash va ofis binolari, IT-infratuzilmani tayyorlashni belgilash.

2027-yil fevral

5. Mintaqaviy ofisi rahbarini tayinlash, JSST hamda tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislarini jalb qilish.

2027-yil aprel

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan muzokaralar yakunlari boʻyicha tashabbuslar

14.

BMT NJBning Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2027-2030-yillarga moʻljallangan dasturiga tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Amaldagi 2027-yilgacha moʻljallangan mintaqaviy dasturni muvaffaqiyatli yakunlash va natijadorligini baholash.

2026-yil noyabr

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. BMT NJB bilan hamkorlikda yangi dastur uchun strategik ustuvor vazifalarni ishlab chiqish.

2027-yil may

15.

BMT NJBning voyaga yetmaganlarda giyohvandlik vositalari isteʼmoliga qarshi immunitetni shakllantirish boʻyicha “CNAMPS” dasturining ikkinchi fazasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha BMT NJB vakillari bilan muzokara olib borish.

2026-yil sentabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2026-yil noyabr

3. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha donorlarni jalb etish.

2027-yil aprel

4. “CNAMPS”ning 2-fazasini amalga oshirish.

2027-yil avgust

16.

BMTning Yaqin va Oʻrta Sharqda Narkotiklar hamda unga aloqador masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining 58-sessiyasini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

1. BMT NJB bilan hamkorlikda sessiya konsepsiyasi, taklifnomalari va dasturini tayyorlash.

2026-yil sentabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Sessiyani tashkil etish boʻyicha BMT NJB bilan moliyaviy bitim tuzish.

2026-yil sentabr

3. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil oktabr

17.

BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov boʻyicha kongresslarida ishtirok etish va mezbonlik qilish.

1. Abu-Dabidagi 15-kongressda Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini samarali tashkil etish.

2026-yil oktabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Jinoyatchilik va odil sudlov boʻyicha 16-kongressni 2031-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha taklifni ilgari surish.

Doimiy

18.

Samarqand deklaratsiyasini institutsionallashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.

1. Samarqand deklaratsiyasini Tashqi ishlar vazirligi orqali dunyo hamjamiyatiga yetkazish.

2026-yil sentabr

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. BMT NJBning Giyohvandlik vositalari boʻyicha komissiyasi tashkiliy qoʻmitasining joriy yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan yigʻilishida Samarqand deklaratsiyasi mazmun-mohiyatini dunyo hamjamiyati eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan brifing tashkil etish.

2026-yil noyabr

3. Samarqand deklaratsiyasini ilgari surish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Ozarbayjon, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga forum tashkil etish boʻyicha taklif yoʻllash.

Kelishilgan muddatlarda

19.

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasining 12-sessiyasi (COSP 12)ni Oʻzbekistonda oʻtkazish.

1. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tuzish va “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. BMT NJB bilan hamkorlikda konferensiya konsepsiyasi hamda dasturini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

3. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil may

20.

Yangi turdagi psixofaol moddalarning noqonuniy muomalasi va suiisteʼmolidan erta ogohlantirish Milliy tizimini yaratish.

1. Ekspert kriminalistika muassasalari yagona elektron bazasi konsepsiyasini yaratish.

2026-yil dekabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Tursunov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Elektron maʼlumotlar bazasini yaratishga donorlar mablagʻlarini jalb etish.

2027-yil avgust

3. Maʼlumotlar bazasini Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi Situatsion markaziga integratsiya qilish.

2027-yil oktabr

21.

Narkotiklarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashuvchi boʻlinmalar xodimlarining moliyaviy razvedka yoʻnalishidagi bilim va tajribasini oshirish boʻyicha hamkorlikda tadbirlarni tashkil etish.

1. BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikda moliyaviy razvedka yoʻnalishida maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda seminar, trening va amaliy mashgʻulotlar tashkil etish.

2027-yil aprel

3. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida xizmat safarlari va stajirovkalarni tashkil etish.

Kelishilgan muddatlarda

Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha xalqaro qoʻmita (qoʻmita) bilan muzokaralar yakunlari boʻyicha tashabbuslar

22.

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ustidan ishonchli davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida Qoʻmita bilan hamkorlikda sohani raqamlashtirish choralarini koʻrish.

1. Qoʻmita bilan hamkorlikda Koreyaning NIMS dasturini oʻrganish boʻyicha xizmat safarini tashkil etish.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tajriba asosida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarining yagona kompleksini takomillashtirish.

2027-yil may

23.

Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasiga monitoring missiyasini tashkil etish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoʻmita missiyasini ishlab chiqish va kelishish.

2026-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

(A. Temirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Monitoring missiyani tashkil etish, giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasini nazorat qilish tizimini obyektiv baholash.

2027-yil may

3. Missiya yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarni bajarish.

2027-yil oktabr

24.

Qoʻmitaning xalqaro platformalariga respublika mutasaddi vazirlik va idoralarini ulash, shuningdek, platformalardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Platformalar boʻyicha maʼlumot tayyorlash (PICS, GRIDS, PenOnline, IONIX, DMP).

2026-yil sentabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Mazkur platformalarga ulanishi mumkin boʻlgan vazirlik va idora masʼullari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil sentabr

3. Respublika vakillarini platformalarga ulash boʻyicha Qoʻmita bilan muzokaralar olib borish.

2026-yil noyabr

4. Xodim oʻzgargan (boshqa lavozimga oʻtishi yoki ishdan boʻshashi) vaqtda xabardor qilish va oʻrniga yangi vakilni platformalarga kiritish mexanizmini joriy qilish.

2026-yil dekabr

25.

Qoʻmita bilan hamkorlikda soha mutaxassislari uchun ixtisoslashtirilgan oʻquv seminarlarini tashkil etish.

1. Qoʻmita bilan hamkorlikda soha xodimlari uchun malaka oshirish kurslari rejasini ishlab chiqish.

2027-yil mart

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Reja asosida oʻquv kurslarini tashkil etish.

2027-yil oktabr

26.

Qoʻmitaning Markaziy Osiyo davlatlari uchun kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni nazorat qilish boʻyicha yoʻriqnomasini ishlab chiqish.

1. Markaziy Osiyo davlatlarining vakolatli organlari va Qoʻmita oʻrtasida muloqotni tashkil etish.

2027-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Adilov),

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

(A. Temirov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

(F. Xasanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Qoʻmita bilan hamkorlikda yoʻriqnoma loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil noyabr

3. Yoʻriqnomani Markaziy Osiyo davlatlari bilan kelishish.

2028-yil aprel

4. Qoʻmitaning yillik yigʻilishida yoʻriqnomani tasdiqlash va dunyo hamjamiyatiga eʼlon qilish.

2028-yil sentabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi muddatlariga xorij tomoni bilan muzokaralardan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/473/0909-son)