05.09.2026 yildagi 471-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, intellektual mulk sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi Adliya vazirligining buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Adliya vazirligining budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Adliya vazirligi “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni har yili 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
471-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qaroriga
1-ILOVA

“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga, shuningdek, aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzodlar haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod haqida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning soʻnggi uch yil davomida intellektual mulk sohasini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) tomonidan sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan besh kishidan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat ekspertlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya tarkibi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlari yaratilishini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashda faol ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qoʻshgan hissasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda, shu jumladan, intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishda ishtirok etganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganiladi hamda 1-aprelga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya xulosasi asosida vazirning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-aprelgacha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak nishoni har yili 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida vazir (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan bogʻliq xarajatlar vazirlikning budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar xodimlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-yanvardan 1-martga qadar

2-bosqich

Komissiya

Nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.

Har yili 1-aprelga qadar

3-bosqich

Adliya vazirligi

Komissiya xulosasi asosida koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida vazirning buyrugʻi qabul qilinadi.

Har yili 20-aprelga qadar

4-bosqich

Vazir

(yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)

Koʻkrak nishonini tantanali ravishda topshiradi.

Har yili 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qaroriga
2-ILOVA

“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetrni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “ip” belgisi koʻk rangda tasvirlangan. Ushbu belgi abstrakt shakldagi uch elementdan tashkil topgan boʻlib, elementlardan biri lotin alifbosidagi “i” harfi koʻrinishida inson timsolini anglatadi. Uni oʻrab turgan ikki element esa lotin alifbosidagi “p” harfi koʻrinishida boʻlib, inson tafakkuri va intellektual faoliyat natijasini yaratish jarayonining ramziy ifodasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old tomonida tashqi halqa boʻylab “INTELLEKTUAL MULK SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA QOʻSHGAN HISSASI UCHUN” yozuvi joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning pastki qismida dafna yaproqlari tasvirlangan boʻlib, faxr, eʼtirof va sharaf ramzini ifoda etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlari chetlari qavariq hoshiya bilan oʻralgan. Koʻkrak nishonidagi barcha tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqcha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning eni 26 millimetr, boʻyi 25 millimetrni tashkil etadi. Qadagʻichning old qismi koʻk rangli lenta bilan qoplangan boʻlib, pastki qismida dafna yaproqlari joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Intellektual mulk”, ikkinchi satrda “sohasini rivojlantirishga”, uchinchi satrda “qoʻshgan hissasi uchun”, toʻrtinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times New Roman Bold” shrifti, 12 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times New Roman Bold” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och koʻk rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times New Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “adliya vazirining” (“Times New Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times New Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “INTELLEKTUAL MULK SOHASINI”, ikkinchi satrda “RIVOJLANTIRISHGA QOʻSHGAN”, uchinchi satrda “HISSASI UCHUN” (katta harflarda, “Times New Roman Bold” shrifti, 14 kegl), toʻrtinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (kichik harflarda, “Times New Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 09/26/471/0903-son)