OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA ShAHAR, ShAHAR ATROFI ShAHARLARARO VA XALQARO YOʻLOVChILAR TAShISh YOʻNALIShLARINI OChISh (YoPISh) TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21 mayda 1363-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2012-yil 28-iyundagi 1-sonli ““Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini ochish (yopish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1363-1, 09.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini ochish (yopish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Agentlik boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-mart,
44-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 245-modda)