Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 23.04.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1236
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 23.04.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1236
Kuchga kirish sanasi
03.05.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AUDITORLIK FAOLIYATI MILLIY STANDARTI (56-SON AFMS) “MOLIYAVIY HISOBOT TUZILGAN SANADAN KEYINGI HODISALAR”NI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 23-aprelda 1236-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017-yil 31-maydagi 60-son (roʻyxat raqami 1236-1, 2017-yil 1-iyun) buyrugʻi bilan kiritilgan oʻzgartirishlar bilan.
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir M.B. NURMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-aprelda, 54-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti 56-sonli AFMS Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (56-son AFMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Standartning maqsadi boʻlib moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin, biroq auditorlik xulosasi imzolangunga qadar yoxud auditorlik xulosasi imzolangandan keyin, biroq tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti eʼlon qilingan sanagacha yuz bergan hodisa va faktlar, shuningdek moliyaviy hisobot eʼlon qilingandan soʻng yuz bergan, uning mazmuni va toʻgʻriligiga taʼsir koʻrsatadigan hodisalar aniqlangan taqdirda auditorlik tashkilotining harakatlarini aniqlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standart talablari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. ASOSIY TUShUNChALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar (keyingi hodisalar) — hisobot davri tugagan paytdan boshlab auditorlik xulosasi imzolangan sanaga qadar yuz bergan hodisalar, shuningdek auditorlik xulosasi imzolangandan keyin aniqlangan, tekshirilayotgan hisobot davriga taalluqli boʻlgan va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotlarni yoritib berishni talab etadigan hodisalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) moliyaviy hisobot tuziladigan sana — hisobot davridagi oxirgi kalendar kuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) auditorlik xulosasi imzolangan sana — auditorlik tekshiruvi tugagandan soʻng auditorlik xulosasida qoʻyilgan sana, undan keyin, odatda, auditorlik tekshiruvi bilan bogʻliq axborot materiallariga oid barcha tadqiqotlar toʻxtatiladi va bu muddatdan keyin, auditorlik xulosasiga bironta oʻzgartirish kiritish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldin imzolay olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. AUDITORLIK XULOSASI IMZOLANADIGAN SANAGA QADAR AUDITORLIK TAShKILOTINING HARAKATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Auditorlik xulosasini imzolashda, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim boʻlgan, moliyaviy hisobotga tuzatishlar yoki qoʻshimchalar kiritishni talab etadigan barcha hodisalar u tomonidan lozim ravishda aniqlangani, baholangani va tekshirilganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga yaqin qolganda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki undagi axborotlarni yoritib berishni talab etadigan hodisalarni aniqlashga moʻljallangan tartib-taomillarni bajaradi. Bunday tartib-taomillar, odatda, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan oʻrnatilgan, keyingi hodisalarni aniqlash imkoniyatini taʼminlovchi tartib-taomillar obzori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hisobot davri tugaganidan keyin oʻtkaziladigan aksiyadorlar yigʻilishi, direktorlar kengashi va ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bilan tanishib chiqish hamda bayonnomalari hali tayyorlanmagan yigʻilishlarda muhokama qilinadigan masalalarni aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pul mablagʻlari harakatining prognozlari, smetalar va rahbariyatning boshqa tegishli hisobotlari bilan tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yuridik xizmatining sud muhokamalariga (agar ular mavjud boʻlsa) taalluqli boʻlgan faoliyati bilan tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga moliyaviy hisobotga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan keyingi hodisalarga taalluqli savollar. Bunday savollar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki yoki tugallanmagan maʼlumotlar asosida hisobga olingan moddalarning joriy holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi majburiyatlar qabul qilinganmi, yangi qarzlar olinganmi yoki ajratilganmi, kafillik shartnomalari tuzilganmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar sotilganmi yoki ularni sotish rejalashtirilganmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi aksiyalar yoki qarz majburiyatlari chiqarilganmi, subyektni qoʻshilishi yoki tugatilishi toʻgʻrisidagi bitimlar tuzilganmi yoki ular rejalashtirilmoqdami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarni davlat daromadiga qaratish holatlari yoki ularning, masalan, yongʻin yoki toshqin natijasida nobud boʻlishi holatlari yuz berganmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud risklar yoki shartli hodisalar bilan bogʻliq qandaydir oʻzgarishlar yuz berganmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onda-sonda qoʻllaniladigan qandaydir buxgalteriya tuzatishlari kiritilganmi yoki koʻrib chiqilyaptimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalanilgan hisob siyosatining oʻrinliligiga shubha tugʻdiradigan biror-bir hodisalar yuz berganmi yoki yuz berishi mumkinmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar boʻlinmani boshqa auditor auditorlik tekshiruvidan oʻtkazayotgan boʻlsa, asosiy auditor boshqa auditor tomonidan keyingi hodisalarga taalluqli boʻlgan tartib-taomillarni bajarayotganini baholashi, shuningdek boshqa auditorni rejalashtirilayotgan auditorlik xulosasini imzolash sanasi haqida xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar auditor moliyaviy hisobotga taʼsir koʻrsatuvchi hodisalar toʻgʻrisida xabardor boʻlsa, u mazkur hodisalarning moliyaviy hisobotda toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. AUDITORLIK XULOSASI IMZOLANGAN SANADAN KEYIN, BIROQ MOLIYAVIY HISOBOT EʼLON QILINADIGAN SANAGA QADAR YuZ BERGAN HODISALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgar boʻlmaydi. Bunda, auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot eʼlon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan moliyaviy hisobotga taʼsir koʻrsatadigan hodisalar haqida auditorlik tashkilotiga xabar berilishi uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi davrda, biroq moliyaviy hisobot eʼlon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobotga va auditorlik xulosasiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlashi, yuzaga kelgan muammolarni xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan muhokama qilishi hamda bunday hodisalar moliyaviy hisobotga jiddiy taʼsir koʻrsatsa, ushbu holatda mazkur hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati moliyaviy hisobotga oʻzgartirish kiritsa, bunda yangi auditorlik xulosasini tayyorlash lozim va unda ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havolani koʻrsatish kerak. Bunda yangi xulosaga oʻzgartirilgan moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qoʻyilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati auditorlik tashkiloti talab qilayotgan, muhim xususiyatga ega boʻlgan tuzatishlarni kiritilishini zarur deb topmasa, auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyektni mazkur fakt haqida yozma ravishda xabardor qilishi va oʻzgartirishlar kiritmagan taqdirdagi oqibatlar uchun javobgarlikni xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklashi hamda salbiy auditorlik xulosasi tuzishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agarda auditorlik xulosasi xoʻjalik yurituvchi subyektga (buyurtmachiga) berilgan boʻlsa, auditorlik tashkiloti buyurtmachini va (yoki) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatini subyektning moliyaviy hisobotini va u boʻyicha berilgan auditorlik xulosasini uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar moliyaviy hisobot uchinchi shaxslarga beriladigan boʻlsa, auditor mazkur uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasligi uchun choralar koʻrishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. MOLIYAVIY HISOBOT EʼLON QILINGAN SANADAN KEYIN YuZ BERGAN FAKTLARNI ANIQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliyaviy hisobot eʼlon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobotga tegishli soʻrovnomalar yoʻllanishiga taalluqli hech qanday majburiyatlarga ega boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar moliyaviy hisobot eʼlon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti tekshirilgan hisobot davriga tegishli boʻlgan hamda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni va unda axborotlarni yoritib berishni talab etadigan hodisalar haqida xabar topsa, auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobotni qayta koʻrib chiqish zarurligi masalasini koʻrib chiqishi, uni xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur holatlarda maqsadga muvofiq boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati moliyaviy hisobotni qayta koʻrib chiqayotgan boʻlsa, auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan birgalikda ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan auditorlik xulosasini olganlarning barchasini yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi hamda qayta koʻrib chiqilgan moliyaviy hisobot boʻyicha yangi auditorlik xulosasini taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi auditorlik xulosasida ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havola qilingan boʻlishi va qayta koʻrib chiqilgan moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qoʻyilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasini olganlarning barchasini yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrmayotgan boʻlsa va moliyaviy hisobotni qayta koʻrib chiqmasa, auditor uni qayta koʻrib chiqishni zarur deb hisoblagan hollarda, auditor xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatini uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasliklari uchun oʻzi chora-tadbirlar koʻrishi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar kelgusi davr uchun moliyaviy hisobotni eʼlon qilish sanasi yaqinlashayotgan boʻlsa va ushbu yangi hisobotda tegishli axborotlarni yoritib berish shart qilib qoʻyilsa, ushbu holatda oldingi moliyaviy hisobotni qayta koʻrib chiqishga va unga yangi auditorlik xulosasini berishga zarurat tugʻilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuz bergan hodisalar va faktlarga doir auditorlik tashkilotining barcha harakatlari va qarorlari majburiy tartibda auditorning ish hujjatlarida aks ettirilishi kerak.