Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.1998 yildagi 495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY-BOShQARUV APPARATI XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish, uni bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga muvofiqlashtirish, ularni saqlash sarf-xarajatlarini yanada qisqartirish va kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy-boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish va uning xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha Respublika komissiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va ular tasarrufidagi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari sonini 1 — 3-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari sonini 5-ilovaga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini taʼminlasinlar va 1999-yil 1-yanvargacha shtatlar jadvalini maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soniga muvofiqlashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda boshqaruv organlari apparatidan boʻshab qoladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda budjet tashkilotlari boʻyicha maʼmuriy-boshqaruv apparatini saqlash sarf-xarajatlarini vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va ularning budjet mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tasarrufidagi tashkilotlar boshqaruv apparati xodimlarining belgilangan cheklangan soniga qatʼiy muvofiq holda mablagʻ bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, Moliya vazirligi boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilishini 1999-yil I choragi yakunlariga koʻra tekshirsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
495-son