Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDA IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK BOʻYIChA HUKUMATLARARO QOʻShMA KOMISSIYANING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi yangi tarkibini tuzish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 11-dekabrdagi 526-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1997-yil 2-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisidagi Protokolga muvofiq hamda anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston —Qozogʻiston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 18-fevraldagi 83-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-noyabr,
483-son