Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NIDERLANDIYA QIROLLIGI (AMSTERDAM ShAHRI)DA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh KONSULXONASINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari shtat jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 222-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi va Niderlandiya Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 10-iyuldagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Niderlandiya qirolligi (Amsterdam shahri)da Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi taʼsis etilsin.
2. Bosh konsulxonaning shtat jadvali va 1998-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar keltirilmaydi.
1998-yil uchun Bosh konsulxona xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 — kishi diplomatik tarkib xodimlari, 1 — kishi maʼmuriy-texnik xodim.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlar shtatining butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1998-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Bosh konsulxonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-iyun,
264-son