Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
2000-yil 27-aprelda
48-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan
2000-yil 24-aprelda
2000-51-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Alkogolli mahsulotlarni sotish paytida tovarga ilova qilingan hujjatlarda aksiz markalarining raqamlanishini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
tushuntirish xati
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 924]
Mazkur tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Mazkur Tushuntirish xati Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiyaning 2000-yil 3-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasi 5-bandiga binoan ishlab chiqilgan.
1. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona aksiz markalarini tegishlicha saqlash va sarflash maqsadida maxsus buyruq chiqarib, ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moddiy javobgar shaxslarni belgilaydi va ular zimmasiga aksiz markalari tartib raqamlarining navbatiga rioya etgan holda hisob yuritish yuklanadi.
aksiz markalari turi;
miqdori va qiymati;
olingan turkumda aksiz markalari har bir turining boshlangʻich va pirovard tartib raqami.
2. Aksiz markalari olinganda moddiy javobgar shaxs maxsus jurnalda* aksiz markalarini olish kvitansiyasi va buyurtmanoma — hisob-kitob (DSI masʼul xodimi tasdiqlagan va bank xodimi imzolagan) asosida tegishli yozuvni qayd etadi.
3. Aksiz markalari ishlab chiqarishga (quyish sexiga) topshirilganda moddiy javobgar shaxs ana shu jurnalda* aksiz markalari miqdori va qiymati koʻrsatilgan talabnomaga (1-ilovaga* binoan) asosan, aksizlanadigan mahsulotni markalash uchun ishlab chiqarishga topshirilgan aksiz markalari har bir turining boshlangʻich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
4. Ishlab chiqarishda moddiy javobgar shaxs har bir ish smenasining boshlanishida har kuni maxsus jurnalda* quyidagilarni qayd etadi:
ishlab chiqarishda (quyishda) ish smenasi mobaynida ishlatilgan aksiz markalari har bir turining boshlangʻich raqamini, ish smenasi oxirida esa — pirovard tartib raqami;
ish smenasi oxirida aksiz markalari qoldiqlarining boshlangʻich va pirovard tartib raqamlarini;
shikastlangan aksiz markalarining tartib raqamlarini.
Ishlab chiqarish jarayonida aksiz markalaridan foydalanishda tartib raqamlarining navbatiga albatta rioya etilishi kerak.
5. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish chogʻida moddiy javobgar shaxs oʻsha jurnalda* topshirilgan alkogolli mahsulotning miqdorini ham, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turining boshlangʻich va pirovard tartib raqamini ham qayd etadi.
6. Tayyor mahsulot ombori mudiri alkogolli mahsulotni omborga kirim qiladi va maxsus jurnalni* yuritadi, unda qabul qilish sanasi, mahsulot miqdori, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlangʻich va pirovard tartib raqami qayd etiladi.
Alkogolli mahsulot isteʼmolchilarga yuklab joʻnatilganida tayyor mahsulot omborining mudiri oʻsha jurnalda*, shuningdek isteʼmolchilarga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan), xususan, sana, isteʼmolchining nomi, yuklab joʻnatilgan mahsulot miqdorini, yuklab joʻnatilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlangʻich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
7. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari, shuningdek, alkogolli mahsulotni sotishni amalga oshiruvchi savdo korxonalari ishlab chiqaruvchi korxonalardan alkogolli mahsulotni olganlarida, buxgalteriya hujjatlarida kelib tushish sanasi, yetkazib beruvchining nomi, sotilgan mahsulot miqdorini, olingan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlangʻich va pirovard tartib raqamini qayd etadilar. Shunday maʼlumotlarni ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) maxsus jurnalda* qayd etishi kerak.
Alkogolli mahsulot isteʼmolchilarga ishlab joʻnatilganida ombor mudiri oʻsha jurnalda*, shuningdek xaridorga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan) yuklab joʻnatish sanasi, isteʼmolchining nomi, yuklab joʻnatilgan mahsulot miqdorini, yuklab joʻnatilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlangʻich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
* Izoh: barcha maxsus jurnallar raqamlanishi (har bir sahifada), ip bilan tikilishi va DSI muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Maxsus jurnalga xoʻjalik faoliyatining oʻziga xos jihatlariga doir talablarni hisobga olgan holda qoʻshimcha ustun va satrlar kiritilishi mumkin.