OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUhOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI RAISINING
BUYRUgʻI
2004 YILDA BIORESURSLARDAN FOYDALANISh MEʼYoRLARI HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-aprelda 1332-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2015-yil 8-apreldagi 7-sonli “2004-yilda bioresurslardan foydalanish meʼyorlari haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1332-1, 11.04.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi”, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Nizomiga muvofiq oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda talon-toroj boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va ulardan oqilona foydalanish maqsadida hamda biologik resurslardan foydalanish boʻyicha Idoralararo komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari (2004-yil 2-fevral 4/1255-43-sonli va 2003-yil 30-dekabr 4/1255-339-sonli) asosida buyuraman:
1. 2004-yil uchun Kvotalar quyidagicha tasdiqlansin:
ov qilish va isteʼmol maqsadida yovvoyi hayvonlarni tayyorlash uchun (1-ilovaga* muvofiq);
yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklarni tayyorlash uchun (2-ilovaga* muvofiq).
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Davlat bionazorati (A.A. Grigoryans):
hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanish kvotasini taqsimlasin va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari eʼtiboriga yetkazsin;
2004-yil ov mavsumini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 15-aprelda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1997-yil 1 may, roʻyxat raqami 337-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq tutish qoidalari”ga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlasin;
yovvoyi hayvonlarni ov qilish hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni tayyorlashga ruxsatnomalar belgilangan kvotalar doirasida, ruxsatnoma qiymati toʻlaganidan soʻng berilsin;
3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish Davlat bionazorati boshligʻi vazifasini bajaruvchi A.A. Grigoryans zimmasiga yuklatilsin.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-fevral,
17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 171-modda)