Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.1999 12.10.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 106
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yoʻriqnomasi, 12.10.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 106
Kuchga kirish sanasi
12.10.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.1999
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya

vazirining muovini

A.M. ABDUQODIROV

24.10.1994-y. № 110

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALARNING ChORAKLIK VA YILLIK BUXGALTERIYA HISOBOTI ShAKLLARINI TOʻLGʻAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻriqnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 12-oktabrda 106-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma 1999-yil 11-noyabrda oʻz kuchini yoʻqotgan va davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY KOʻRSATKIChLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 27-oktabr 1993-yil “Korxona va tashkilotlarning yillik buxgalteriya hisoboti hajmi va shakllari” toʻgʻrisidagi 76-sonli xati bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 15-noyabr 1993-yil “Korxonalarning yillik buxgalteriya hisobotining shakllarini toʻlgʻazish tartibi” toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash boʻyicha 155-sonli buyruq bilan tasdiqlangan tartibda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tashkilotlar, korxonalar (shuningdek chet el investitsiyalari bilan faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda) ishlab chiqarish birlashmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan korxonalar yillik hisobot tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik hisobotni tuzish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi” Nizomga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1992-yil 13-avgustdagi 09-03-21/377-sonli xati bilan respublikada joriy qilingan korxonalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni joriy etish boʻyicha Yoʻriqnomasidan, shuningdek amaldagi koʻrsatmalardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik hisobot koʻrsatkichlari tuzilayotganda korxona egasining shu jumladan davlatning manfaatlariga mumkin qadar rioya etgan holda investorlar, kreditorlar, aksionerlar kabi sirtqi foydalanuvchilar, soliq nozirliklari, bank muassasalari qoʻyilayotgan talablar, shuningdek ana shu masalalar yuzasidan xalqaro standartlar qoʻyadigan talablar nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yilgi buxgalteriya hisoboti tarkibida 4 ta shakl nazarda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning yillik balansi (1-shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy natijalar va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning balansiga ilova (5-shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet el davlatlarida boʻlgan va barpo etilayotgan mulki toʻgʻrisidagi hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Buxgalteriya hisoboti shakllarida koʻzda tutilgan barcha koʻrsatkichlar keltiriladi. Korxonaning tegishli aktivlari, passivlari jarayonlari boʻlmaganligi sababli u yoki bu modda (qatorlar, bandlar) toʻldirilmay qolgan hollarda, ushbu modda (qator, band) larga chiziq tortib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Shakllarning muqova qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi: “Korxona” qismida korxonaning (belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlarga muvofiq) toʻliq nomi koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarmoq” (faoliyat turi) qismida xalq xoʻjaligi tarmoqlarini umumittifoq turkumlanishiga (OKONX) muvofiq faoliyat turi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulkini boshqarish organi” qismida davlat yoki xususiy (agar shunday korxona mavjud boʻlsa) korxona ustidan boshqaruv huquqiga ega boʻlgan va buxgalterlik hisoboti yuboriladigan organning nomi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Manzilgoh” qismida korxonaning aloqa uchun manzilgohi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nazoratdagi summa” qismi korxona tomonidan toʻlgʻazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot oʻzining barcha boʻlinmalarining faoliyati koʻrsatkichini maʼlumotlariga kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa mulkiga oʻzgartirgan korxona hisobot davrida chorak boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha choraklik hisobot berishning amaldagi shakllari boʻyicha hisobot topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Moliya, soliq organlari va muassasalari bilan hisob-kitob boʻyicha balans moddalari summasi ular bilan kelishilgan va aynan bir xil boʻlishi lozim. Ushbu hisob-kitoblar boʻyicha noaniq summalarni balansda qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.7. Korxona hisobotida uslubiyot oʻzgarganligi hisobga olingan holda, tegishli oʻtgan chorak hisoboti maʼlumotlari bilan joriy hisobot malumotlari taqqoslangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.8. Buxgalteriya hisobi va balansda birorta oʻchirish yoki buzib toʻgʻrilash boʻlmasligi kerak. Ular shunday hollarga yoʻl qoʻyilsa, xato tuzatilgan sana koʻrsatilgan holda hisobot va balansga imzo chekib tasdiqlangan shaxslarning tegishli izohlari boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.9. Oʻtgan chorak hisoboti (u tasdiqlangandan soʻng) yoki joriy hisobot maʼlumotlarining notoʻgʻriligi eʼtirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa oʻsha davr hisobiga) toʻgʻrilanadi. Qoʻshib yozish yoki maʼlumotlar buzib koʻrsatilgan davr aniqlanmasa, bunday holda navbatdagi birinchi hisobotda ular toʻgʻrilanadi. Mana shu koʻrsatilgan hisobot maʼlumotlaridagi xatolarni toʻgʻrilash tartibi korxona tomonidan, qayta sanoqdan oʻtqazishda (inventarizatsiyada) aniqlangan maʼlumotlar notoʻgʻriligini toʻgʻrilashga ham tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga borliq boʻlmagan xarajatlarni qoʻshish natijasida daromad yashirilganligi yoki moliyaviy natijani kamaytirilganligi aniqlangan hollarda oʻtgan chorak hisobotida oʻzgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydasi koʻrinishida xatolikka yoʻl qoʻyilgan schyotlar korrespondensiyasida joriy hisobotda aks ettiriladi. Xom ashyo materiallarining haqiqiy tannarxini ularning hisobdagi (rejadagi) tannarxidan (transport, tayyorlov xarajatlari) farqini taqsimlanishida yoki xarajatlarning oʻz vaqtida (ortiqcha) aks ettirilmaganligi natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashda yoʻl qoʻyilgan xato foyda va zararlar schyoti bilan bogʻlangan holda, taalluqli schyot debetlarida yozuvlar qayd qilish yoʻli bilan toʻgʻrilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi qonunchilik asosida korxona hisobida qoladigan foyda hisobiga olib borilishi lozim sarflarning ishlab chiqarish xarajatlariga qoʻshilgan holatlarida yoki amortizatsiya ajratmalari ortiqcha hisoblanganda, aniqlangan xarajatlar (ajratmalar) summasiga oʻziga taalluqli manbalarni “foyda va zararlar” schyotining krediti bilan korrespondensiyalangan holda kamaytirish yoʻli bilan toʻgʻrilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. KORXONA BALANSI (1-ShAKL)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. “Nomoddiy aktivlar” moddasida korxona oʻz faoliyati davomida uzoq davr mobaynida foydalanadigan va daromad keltiradigan nomoddiy obyektlar boʻyicha qilgan xarajatlarini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy obyektlar quyidagilar boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlaridan bino va inshootlaridan, tabiiy resurslaridan foydalanish huquqlari patentlar, litsenziyalar, nou-xau, programma mahsulotlar, ustunlik va yakka hokimlik huquqlari (ayrim faoliyat turlarida boshqa mulkiy huquqlar litsenziyalari qoʻshilgan holda) shu jumladan korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish brokerlik oʻrinlari va shunga oʻxshash toʻlovlar qoʻshilgan holda yangi mulkchilikni tashkil etish xarajatlari (savdo markasi, tovar belgisi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlar taʼsis etuvchilar (mulkdorlar) tomonidan korxona ustav fondiga hissa tarzda qoʻshilgan boʻlishi yoki korxona oʻz faoliyati davomida sotib olgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda boʻyicha nomoddiy aktivlar boshlangʻich va qoldiq qiymatlarida alohida-alohida, shuningdek hisoblangan eskirish summalari ham keltiriladi. Nomoddiy aktivlarni eskirishi korxona tomonidan ularning boshlangʻich qiymati va ulardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda (lekin korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmagan holda) hisoblangan oylik normalari boʻyicha hisoblanib oyma-oy mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladi. Xizmat qilish muddatlarini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha eskirish normasi besh yilga, (lekin korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmagan holda) hisoblangan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. “Asosiy vositalar” moddasida harakatdagi va zaxiradagi asosiy vositalar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, bu moddada yer unumdorligini oshirishga (melioratsiyalash, ularning zaxini yuvish, irrigatsion va boshqa ishlar) qilingan kapital qoʻyilmalar va ijaraga olingan binolar, inshootlar, jihozlar va asosiy vositalarga kiruvchi boshqa obyektlar ham aks ettiriladigan hamda bu moddada korxona amaldagi Qonunchilikka binoan, yer uchastkalarini sotib olishga haqiqatda qilingan xarajatlar ham koʻrsatiladi. Ijarachi va ijarador oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi (yoki qoʻshimcha ahdlashuv) ga binoan ijaraga olingan asosiy vosita ijara muddatining tugashi bilan yoki shartnomaga muvofiq sotib olish bahosini oʻtkazib berish bilan “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida hisob olinuvchi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar ham koʻrsatiladi. Ushbu moddada korxonaning 01 “Asosiy vositalar” va 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotlarida hisobga olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summalari alohida koʻrsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda, asosiy fondlarni toʻliq qayta tiklashda belgilangan yagona amortizatsiya ajratmalari normalaridan foydalanish kerak boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. “Oʻrnatiladigan asbob uskunalar” moddasida oʻrnatilishi kerak boʻlgan, korxona omboridagi va yoʻldagi asbob uskunalar zaxirasi haqiqiy qiymatlarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. “Tugallanmagan kapital qoʻyilmalar” moddasida xoʻjalik va pudrat usullarida olib borilayotgan, tugallanmagan qurilishlar qiymati buyurtmachi tomonidan aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy vositani tashkil etish, geologiya qidiruv ishlari boʻyicha xarajatlar, shuningdek shu maqsadlarda vaqtinchalik foydalanish uchun korxonalar tomonidan avans tarzida berilgan qoʻyilmalar hisobi amaldagi normativ hujjatlar va kapital qoʻyilmalarni hisobga olish boʻyicha asosiy Nizom asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. “Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” moddasida korxona tomonidan boshqa korxonalarning daromad aktivlaridagi (aksiya, qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar, uzoq muddatli investitsiyalar), Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalarning ustav fondlariga qoʻyilgan uzoq muddatli investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqari korxonalar kapitaliga qoʻyilgan uzoq muddatli investitsiyalar, shuningdek korxonalar tomonidan boshqa korxonalarga berilgan uzoq muddatli qarzlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. “Taʼsischilar bilan hisob kitoblar” moddasida korxona taʼsischilarining korxona Ustav fondiga qoʻshishi kerak boʻlgan ulushi boʻyicha qarzi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. “Boshqa oborotdan tashqari aktivlar” moddasida birinchi boʻlimda aks ettirilmagan boshqa mablagʻ va qoʻyilmalar aks ettiriladi. Koʻpchilik holatlarda bu moddada ijarador korxonalar 09 “Ijara majburiyatlari tushumi” schyotida hisobga olingan uzoq muddatli ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha qarzlar qoldigʻini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasida 10 “Materiallar” schyotida hisobga olingan zaxiradagi xomashyolar, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgʻi, sotib olingan yarim tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, idishlar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. “Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” moddasida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shu jumladan maxsus ish qurollari va maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimlar va yotoq jihozlari, ularning boshlangʻich va qoldiq qiymatlarida aks ettiriladi. “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq bu buyumlar boʻyicha korxona tomonidan hisoblangan eskirish summasi ham shu moddada alohida keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish zaxiralarini hamda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish uchun ishlatilgan 15 “Materiallarni tayyorlash va sotib olish” va 16 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotlarida koʻrsatilgan qiymat “Ishlab chiqarish zaxiralari” va “Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” moddalarida hisobga olish bahosida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. “Tugallanmagan ishlab chiqarish” moddasida buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining “Ishlab chiqarish xarajatlari” boʻlimi schyotlarida hisobga olinadigan, tugallanmagan ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasida “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiyasi boʻyicha qilingan hamda mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiradigan xarajatlar tarkibi toʻgʻrisida”gi Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992-yil 31-dekabrda 601-sonli qarori bilan tasdiqlangan, daromaddan olinadigan soliqni hisoblashda eʼtiborga olinadigan moliyaviy natijalarni tashkil topishini tartibga olish, rejalashtirish, hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulatsiyalash boʻyicha uslubiy tavsiyanomalarga muvofiq hisoblangan bahoda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar (qurilish,ilmiy, qidiruv bilan shugʻullanuvchi) joriy yilda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida alohida mohiyatga ega boʻlgan tugallangan ish etaplari uchun hisob-kitob qiladi va uni “Tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha bajarilgan etaplar” schyotida hisobga oladi. Bunda buyurtmachi balansiga faqatgina toʻliq tayyor mahsulotlarnigina qoʻshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobida belgilangan tartibga toʻlangan etaplar yoki schyotlar (bank tomonidan toʻlovga qabul qilingan haqiqatda xarajatlar summasida) 20 “Asosiy ishlab chiqarish” schetidan 46 “Mahsulot (ish, xizmat) lar sotish (realizatsiya) schyotining debetiga chiqim qilinadi. Bir vaqtning oʻzida toʻlangan yoki toʻlovga qabul qilingan schyotlar summasiga 36-debeti bilan korrespondensiyalangan holda 46-schyot kreditlanadi. Buyurtmachilardan tugallangan va Qabul qilingan etaplar uchun toʻlangan mablagʻlar summasi 51 “Hisob-kitob” schyoti debetida va 64 “Olingan avanslar boʻyicha hisoblashuvlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Hamma ishlar butunlay tugatilishi bilan 36-schetda hisobga olingan buyurtmachi tomonidan haq toʻlangan etaplar qiymati 62 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlar” schyotining debetiga yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-schyotda hisobga olingan toʻliq tugatilgan ishlar qiymati olingan avans hisobiga (64-schyot debeti va 62-schyot kreditlari boʻyicha yozuv qilinadi) va buyurtmachidan oxirgi hisob-kitobga koʻra olingan summa hisobiga (51-schyot debet va 62-schyot krediti) yopiladi. Shuningdek ushbu moddada qishloq xoʻjaligining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari ham koʻrsatiladi.Ular ishlab chiqarish qiymati ayrilgan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida tugallanmagan, asosiy vositalari taʼminlash ishlari boʻyicha xarajatlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. “Kelgusi davr xarajatlari” moddasida hisobot davrida qilingan, lekin kelgusi hisobot davrlarida ishlab chiqarish xarajatlariga yoki sarflariga qoʻshish yoʻli bilan, yaʼni vaqt oraligʻida uzilishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu xarajatlarga xususan bir meʼyorda bajarilmaydigan asosiy vositalarni taʼmirlash (remont fondi tashkil etilmaydigan korxonalar boʻyicha) xarajatlari oldindan toʻlangan ijara haqi summalari va shu kabilar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. “Tayyor mahsulot” moddasida buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida va tegishli texnik shartlar hamda standartlarga binoan barcha qismlar bilan butlangan sinovdan va qabuldan oʻtkazilgan, toʻliq ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoldigʻi haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishda xarajatlarni hisobga olish uchun 37 “Chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)” schyotida tayyor mahsulot ushbu moddada normativ (reja) tannarxida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. “Tovarlar” moddasida oʻz Nizomiga koʻra savdo va umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar sotib olingan tovarlar qiymatining qoldigʻini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida bu moddada oshxona va omborlarda qolgan xomashyolarni, shuningdek yemakxonalardagi tovarlarning qoldigʻini ham koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalari bu moddada sotib olish uchun keltiriladigan mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni, shuningdek sanoat korxonalaridagi mahsulotlarni keltirilgan, lekin chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qoʻshilmaydigan, yaʼni xaridor tomonidan alohida haq toʻlanadigan tayyor buyumlar qiymatini ham koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada tovarlar qiymati sotish va sotib olish baholarida alohida, shuningdek mol yetkazib beruvchilar tomonidan beriladigan chegirmalar va tovarlarga qoʻyilgan ustama baho summalari alohida keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.14. “Tovarlar qoldigʻiga tegishli muomala xarajatlari” moddasida taʼsis hujjatlari asosida savdo faoliyatini aks ettiruvchi korxonalar realizatsiya qilinmagan tovarlar qoldigʻiga tegishli muomala transport xarajatlari summasini koʻrsatadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida realizatsiya qilinmagan va xomashyolar qoldigʻiga tegishli muomala xarajatlari “Tovarlar” moddasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.15. 175-moddada 19 “Sotib olingan materiallar boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi” schyotining: 19.1 “Sotib olingan moddiy resurslar boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi”, 19.2 “Sotib olingan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi”, 19.3 “Ishlab chiqarish xarakterdagi (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi”, 19.4 “Kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishdagi qoʻshimcha qiymat soligʻi” subschetlarida hisobga olingan toʻlangan qoʻshimcha qiymat soligʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.16. Hisoblashuvlarni aks ettiradigan buxgalteriya hisobini schetlari boʻyicha qoldiqlari balansda yoyiq holda keltiriladi: debet qoldiqqa ega boʻlgan analitik schetlarining summasi aktivda, kredit qoldiqqa ega boʻlganlari esa passivda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.17. “Debitorlar bilan mahsulot (ish, xizmat) lar uchun hisob-kitoblar” moddasida joʻnatilgan tovarlar, buyurtmachilarga (xaridorlarga) topshiriladigan ishlar, toʻliq haqiqiy tannarxida joʻnatiladigan mahsulotlar boʻyicha moliyaviy natijani aniqlashda esa chiqarish yoki schet qiymatlarida korxona hisob-kitob yoki boshqa schyotlarga kelib tushgunga qadar yoki oʻzaro toʻlov talabnomalarida hisobga olinganga qadar koʻrsatiladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.18. “Olingan veksellar” moddasida 62-schetda hisobga olingan joʻnatilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ish koʻrsatilgan xizmatlar (olingan veksellar bilan taʼminlanganda) xaridorlarning, buyurtmachilarning va boshqa debitorlarning koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.19. Korxona balansining aktiv passiv tomonlarida “Shuʼba korxonalari bilan hisoblashuvlar” moddasi boʻyicha, shuʼba korxonalari bilan boʻlgan joriy operatsiyalar (balanslararo hisoblashuvlar) boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi. Bunda shuʼba korxonasi timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy korxonaga doimiy ravishda berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy korxona va uning shuʼba korxonasi boʻyicha maʼlumotlar jamlanishi lozim. Erkin koʻrsatilgan moddada jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.20. “Budjet bilan hisoblashuvlar” moddasida soliq va moliya muassalariga boʻlgan qarzlari, yaʼni soliqlar boʻyicha koʻp toʻlanganlik holatlari qoʻshilgan holda budjetga boʻlgan yigʻma va boshqa toʻlovlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.21. “Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar boʻyicha hisoblashuvlar” moddasida korxona ishchilarining bank yoki hisobiga olgan ssuda va qarzlari boʻyicha, korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplash boʻyicha va shu kabilar boʻyicha kooperativ va shaxsiy uy-joy qurilishiga yoki dala hovli va bogʻ uchastkalari yashash sharoitlarini yaxshilash uchun yoki uy joy xoʻjaliklarini yoʻlga qoʻyish uchun va boshqa maqsadlar uchun berilgan foizsiz ssudalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchilarga ssuda berishga ishlatilgan bank kreditlari balansning passiv qismida Sh-boʻlimning “Korxona xizmatchilari uchun bank kreditlari” moddasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.22. “Boshqa kreditorlar bilan hisoblashuvlar” moddasida hisobdor shaxslarning qarzlari, qabul qilishda aniqlangan tovar moddiy boyliklarining kamomadi boʻyicha, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar boʻyicha qarzlar koʻrsatiladi. Shuningdek, bu moddada xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilgan sud arbitraj yoki boshqa maʼmuriy organlar qaroriga koʻra undirib olingan yoki qarzdorlar tan olgan jarimalar, penya, tovonlar ham aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.23. “Mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga berilgan avanslar” moddasida keyingi boʻladigan hisob-kitoblar boʻyicha boshqa korxonalarga toʻlangan avanslar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.24. “Qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” moddasida korxonalardagi qisqa muddatli (bir yildan uzoq boʻlmagan muddatli) qoʻyilmalar (investitsiyalar), yaʼni boshqa korxonalarning qimmatbaho qogʻozlari, foizli obligatsiyalar, davlat mahalliy zayomlari va shunga oʻxshash narsalar, shuningdek korxona tomonidan korxonaga bergan qarzlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.25. 50 “Gʻazna”, 51 “Hisoblashuv schyoti” va 52 “Valyuta schyoti” moddalarida korxonaning gʻaznasidagi, banklardagi hisoblashuv va schyotlaridagi pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatiladi. “Boshqa pul mablagʻlari” moddasida korxona tomonidan 55 “Banklardagi boshqa schyotlar”, 56 “Boshqa pul mablagʻlari” va 57 “Yoʻldagi oʻtkazilgan pul mablagʻlari” schyotlarida hisobga olingan summalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.26. “Boshqa oborot aktivlari” moddasida balans aktiv qismining III-boʻlim moddalarida oʻz aksini topmagan boshqa oborot aktivlarining summalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.27. “Oʻtgan yillardagi zarar” moddasida korxonaning belgilangan tartibda qoplashi lozim boʻlgan oʻtgan yillardagi zararlari summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning hisobot yilidagi zarari “Hisobot yilidagi zarar” moddasida dekabr oyida 87 “Taqsimlanmagan foyda” (qoplanmagan zarar) schyotiga 80 “foyda va zararlar” schyoti bilan korrespondensiyalangan holda tugallovchi oborotlar chiqim qilingandan soʻng koʻrsatiladi, yil davomida esa “Hisobot yildagi zarar” moddasi boʻyicha hisobot davri uchun olingan balans boʻyicha zarar summasi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.28. “Ustav fondi” moddasida taʼsis hujjatlari asosida uning qatnashchilarining qoʻshgan hissalaridan tashkil topgan korxona ustav fondi koʻrsatiladi. Ustav fondining koʻpayishi yoki kamayishi korxona faoliyatining oʻtgan yilgi natijalarini qarab chiqish asosida, belgilangan tartibda, korxonaning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari va munitsipal korxonalar bu moddada 1993-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining yangi schyotlari rejasining joriy etilishi oqibatida 1992-yil uchun boʻlgan yillik buxgalteriya hisobotidagi Ustav fondi hajmi oʻzgartirishlar kiritiladigan holga keltiriladi, yaʼni 1993-yil 2-yanvardagi holat boʻyicha oʻtkazilgan tovar moddiy boyliklarni qayta baholash natijasida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansda uy-joy fondiga ega boʻlgan korxonalar, ularning qoldiq qiymatini 85 “Ustav fondi” schyotidan 88 “Maxsus maqsadlarga moʻljallangan fondlar” subschyotlarining kreditiga oʻtkazilishi lozim. Bu asosiy vositalar boʻyicha eskirish summasi belgilangan hisobotda ularni saqlash boʻyicha xarajatlar hisobi schyotlarini debetlash va 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotini kreditlash yoʻli bilan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1992-yil 3-sentabrdagi 08-03-21/403-sonli xatining “b” punktini bajarishda 1992-yil balansida hisobga olinmagan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish schetidagi mablagʻlar qoldigʻi quyidagi buxgalteriya ustav fondi asosida balansga kiritiladi va 85 schyotiga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Debet 55 Kredit 93;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Debet 93 Kredit 85;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda balansning yil boshidagi qoldigʻi summasi oʻzgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.29. “Rezerv fondi” moddasida korxonada amaldagi qonunchilik asosida tashkil etilgan rezerv fondi qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.30. “Maxsus maqsadlarga moʻljallangan fondlar” moddasida korxona ixtiyorida qolgan foyda hisobiga, taʼsis hujjatlari asosida korxonada tashkil etilgan jamgʻarma va isteʼmol fondlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, bu moddada korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan tekinga olgan moddiy va boshqa moddiy boyliklari (mulk koʻrinishi) qiymatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.31. “Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar” moddasida budjetdan, maxsus maqsadlarga moʻljallangan tarmoq va tarmoqlararo fondlardan olingan, shuningdek maxsus maqsadli tadbirlar oʻtkazishi uchun boshqa korxona va jismoniy shaxslardan olingan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.32. “Ijaradagi majburiyatlari” moddasida ijarachi ijarador bilan, undan uzoq muddatli ijara olgan va 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schetida hisobga olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblashuv holatini aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.33. “Oʻtgan yillar taqsimlanmagan foydasi” moddasida oʻtgan hisobot yillarida taqsimlanmagan foydalar qoldigʻi koʻrsatiladi. Oʻtgan yillar taqsimlanmagan foydalari qoldigʻining hisobot yili davomidagi harakati korxona balansining (2-shakl) ilovasida batafsil aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.34. “Foyda” moddasida korxonaning hamma operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi” Nizom asosida balans moddalarini baholash asosida aniqlangan oxirgi moliyaviy natija (foyda) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning hisobot yili uchun foydasi umumiy (brutto) summasida 89 “Hisobot yili foydasi” moddasida alohida va sof (netto) summalarida (hisobot yili taqsimlanmagan foydasi moddasida) alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Foydaning ishlatilishi” moddasida korxonalar hisobot yili davomida korxona ixtiyorida qolgan sof foydaning aniq tadbirlar oʻtkazishga, hisob-kitob boʻyicha budjetga soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismlari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81 “Foydaning ishlatilishi” schyotining debetida hisobga olingan foydaning ishlatilishi “Moliyaviy natijalar va ularning ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobot” 2-shaklda batafsil aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil tugallanishi bilan foydaning ishlatilgan summasiga foyda kamaytiriladi (81 schyot kreditiga, 80 “foyda va zararlar” scheti debeti bilan korrespondensiyalangan buxgalteriya yozuvi qilinadi) va taqsimlangan foyda qismi esa 80 schyotdan 87 “Taqsimlanmagan foyda” (qoplanmagan zarar) schyotining krediti bilan korrespondensiyalashgan holda chiqariladi yoki zarar qismi 87 schyot debeti bilan korrespondensiyalashgan holda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.35. “Uzoq muddatli bank kreditlari” moddasida bank bilan kelishilgan, ulardan olingan uzoq muddatli (qaytarish muddati bir yildan uzoq boʻlgan) kreditlar boʻyicha qarz summalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.36. “Uzoq muddatli qarzlar” moddasida boshqa korxona va muassasalardan (bankdan tashqari) olingan uzoq muddatli (qaytarish muddati bir yildan uzoq boʻlgan) qarzlar boʻyicha qarzlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.37. “Qisqa muddatli bank kreditlari” moddasida bank bilan kelishilgan, ulardan olingan qisqa muddatli (qaytarish muddati bir yilgacha boʻlgan) kreditlar boʻyicha qarzlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.38. “Korxona xizmatchilari uchun bank kreditlari” moddasida korxonalar oʻz ishchilariga yakka tartibda uy-joy qurilishlari uchun, dala hovli qurilishlari uchun va boshqa maqsadlar uchun, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan kreditga sotilgan tovarlar summalarini qoplash uchun ssudalar berishga banklardan olingan kreditlar boʻyicha qarzlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.39. “Qisqa muddatli qarzlar” moddasida boshqa korxona va muassasalardan (bankdan tashqari) olingan qisqa muddatli (qaytarish muddati bir yilgacha boʻlgan) qarzlari summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.40. “Kreditorlar bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisoblashuvlar” moddasida korxonaning keltirilgan moddiy boyliklari uchun, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlari uchun mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga boʻlgan qarzi summalari koʻrsatiladi. Shuningdek bu moddada mol yetkazib beruvchilarning hujjatlashtirilmagan, lekin ulardan olingan mol boʻyicha qarzlari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.41. “Berilgan veksellar boʻyicha” moddasida mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va boshqa kreditorlarga boʻlgan qarzlar summasini, yaʼni korxona ularning yetkazib bergan mollarini, ishlarini taʼminlash maqsadida bergan veksellarini (60 “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashuvlar” schyotida hisobga olingan) koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.42. “Mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisoblashuvlar” moddasida hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan mehnat haqlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy sugʻurta va taʼminot boʻyicha hisoblashuvlar” moddasida korxona ishchilarining nafaqa taʼminotiga va tibbiy sugʻurtasiga, shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar boʻyicha qarzlar summasi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.43. “Kreditorlar bilan mulkiy va shaxsiy sugʻurtalar boʻyicha hisoblashuvlar” moddasida korxona ishchilarini va mulkini majburiy va ixtiyoriy sugʻurtalar va boshqa turdagi sugʻurtalar boʻyicha qarzlari koʻrsatiladi (ularda korxona sugʻurta qildiruvchi hisoblanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.44. Mehnatga haq toʻlash va sugʻurta hisoblashuvlarini aks ettiruvchi schyotlar boʻyicha debet qoldiqlari “Boshqa debitorlar bilan hisoblashuvlar” moddasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.45. “Kreditorlar bilan budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisoblashuvlar” moddasida korxonaning belgilangan qonunchilik tartibi asosida, davlat organlariga oʻtkaziladigan budjetdan tashqari va boshqa fondlarga ajratmalar boʻyicha davlat boshqaruv organlariga qarzi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.46. Balans passivida “Budjet bilan hisob-kitoblar” korxona xodimlaridan olinadigan soliqlar ham qoʻshilgan holda korxonaning budjetga barcha turdagi toʻlovlari boʻyicha qarzi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.47. “Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar” moddasida “Kreditorlar bilan hisob-kitoblar” guruhidagi moddalarda oʻz aksini topmagan, korxonaning hisoblashuvlar boʻyicha qarzi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.48. “Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar” moddasida boshqa tashkilotlar bilan kelgusida boʻladigan hisob-kitoblar boʻyicha olingan avanslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.49. “Kelgusi davr daromadlari” moddasida hisobot davrida olingan, lekin hisobot davrlariga tegishli boʻlgan mablagʻlar (ijara haqlari va shu kabilar), shuningdek amaldagi tartibga binoan 83 “Kelgusi davr daromadlari” schetida hisobga olinadigan boshqa summalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.50. “Kelgusidagi xarajatlar va toʻlovlar rezervi” moddasida korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari va sarflarning oʻzaro bir xil boʻlishini taʼminlash maqsadida, yaʼni mahsulot tannarxini bir xilda boʻlishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Nizom asosida ishchilar taʼtiliga haq toʻlashga, har yilgi taqdimlash toʻlovlariga, yaʼni qator yillaridagi xizmati uchun mukofot toʻlovlariga, asosiy vositalar taʼmiri (remonti) ga va shunga oʻxshash maqsadlari uchun rezervlangan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.51. “Dargumon qarzlari boʻyicha rezervlar” moddasida korxonalar oʻtkazilgan debitor qarzlarni inventarizatsiyasi asosida boshqa korxonalar, tashkilotlar, shuningdek alohida jismoniy shaxslar bilan hisoblashuvlar boʻyicha hisobot yilining oxirida, xoʻjalik faoliyati natijalari hisobiga tashkil etilgan dargumon qarzlar rezervi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.52. “Boshqa qisqa muddatli passivlar” moddasida balansning passiv qismining III-boʻlimidagi boshqa moddalarda oʻz aksini topmagan qisqa muddatli passivlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MOLIYAVIY NATIJALAR VA ULARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDA HISOBOT (2-ShAKL)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. “Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasidan tushgan pul (yalpi daromad)” moddasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalari, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan tushgan pulni, koʻrsatilgan pul mahsulot realizatsiyasidan, yaʼni ularning joʻnatilishi (bajarilishi) va hisob hujjatlarining xaridoriga taqdim etilishi boʻyicha yoki ular uchun toʻlangan pul korxona hisoblashuv yoki boshqa schyotiga kelib tushishi (amaldagi qonunchilik asosida) boʻyicha, shuningdek ular uchun korxona gʻaznasiga pul toʻlanishi boʻyicha hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va umumiy ovqatlanish tarmogʻida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar tovarlar realizatsiyasidan tushgan yalpi daromadni, yaʼni realizatsiya qilingan tovarlarni sotib olish bahosi oʻrtasidagi farqni: yoziladigan 101-satr boʻyicha bu korxonalar realizatsiyasi qilingan tovarni sotish bahosidagi haqiqatdagi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik hisobida boʻlmagan, lekin xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatidan daromad oluvchi korxonalar ushbu faoliyatdan olgan daromadlarini koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
010-satr boʻyicha korxonalar ayrim tovar, ish va xizmatlarning chet el valyutasida eksport qilinishidan tushgan tushumning majburiy sotish qismidan kelib tushgan soʻm bank muassasi tasdiqlangan holda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. 015 va 355-satrlarni toʻldirishda, yaʼni qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisoblashuv maʼlumotlarini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan 1993-yil 15-yanvardagi 9-16-sonli “Qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi yoʻriqnomasidan foydalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
015-satr boʻyicha realizatsiya schyotida tushum tarkibida hisobga olingan soliq summasi, yaʼni mol yetkazib beruvchida (pudratchida) 68 “Budjet bilan hisoblashuvlar” schyoti krediti bilan korrespondensiyalashgan holda 46 “Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi” schyotining debetida aks ettirilgan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-schyot debeti boʻyicha va 51 “Hisoblashuv schyoti” krediti boʻyicha koʻrsatilgan, yaʼni budjetga oʻtkazilgan, shuningdek hisoblashuv boʻyicha budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha qiymatdan olinadigan soliq summasi 355-satrda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. 020-satr boʻyicha aksiz toʻlovchi korxonalar realizatsiya schyoti boʻyicha tushum tarkibida hisobga olingan, hamda 46-schyot debeti va 68-schyot kreditida koʻrsatilgan aksiz summasi aks ettiriladi. Aksizlarni hisoblash va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq Qoʻmitasining 1993-yil 15-yanvardagi 6 va 13-sonli Yoʻriqnomalar bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. 030 va 370-satrlarni toʻldirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 1993-yil 13-yanvardagi 11-sonli “Mahsulot va xomashyolarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomadan foydalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Boʻsh qoldirilgan 033-satr boʻyicha realizatsiya natijasini aniqlashda umumiy tushumdan belgilangan tartib asosida chiqarib tashlanadigan xarajat va ajratmalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻpchilik holatlarda ularga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
franko-vagon-stansiya bahosida realizatsiya qilingan mahsulotlarni, agar bu mahsulot boʻyicha hisoblashuv bevosita mol yetkazib beruvchi bilan xaridor oʻrtasida (tayyorlov tashkilotining ishtirokisiz) boʻlib oʻtsa, yetkazib berish boʻyicha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet daromadiga olib boriladigan televizor va radio priyomniklar chakana bahosiga belgilangan foiz ustamalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport poshlinlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Realizatsiya qilingan mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar moddasidagi 040-satr boʻyicha quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalari realizatsiya qilingan mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar realizatsiya qilingan va joʻnatilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga toʻgʻri kelgan muomala xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik hisobida boʻlmagan, lekin xoʻjalik va boshqa tijorat faoliyatidan daromad oluvchi tashkilotlar bu boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. “Realizatsiya natijasi” moddasining 050-satr boʻyicha mahsulotlar, tovarlar, ish realizatsiyasining moliyaviy natijasi, shuningdek yordamchi xoʻjalik va xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishning mahsulotning tomonlarga qilingan realizatsiyasini, xoʻjalik hisobida boʻlmagan, lekin xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatidan daromad (foyda) oluvchi korxonalar olgan daromadlarning qilgan xarajatlaridan oshgan qismini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy natija, realizatsiyadan tushgan tushum (yalpi daromad) summasi (010-satr) bilan realizatsiya qilingan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar (sarflar) summasi (040-satr), qoʻshimcha qiymatdan olinadigan s (015-satr), chetga chiqariladigan mollardan olinadigan (030-satr) va aksizlar (020-satr), shuningdek 035-satr boʻyicha koʻrsatilgan boshqa summalar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. “Boshqa realizatsiyalar natijasi” moddasida 47 “Asosiy vositalarning realizatsiyasi va chiqarilishi” va 48 “Boshqa aktivlar realizatsiyasi” schyotlarida aks ettirilgan operatsiyalar boʻyicha natija koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. “Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad va xarajatlar” moddasida olingan va toʻlangan jarimalar, penyalar, tovonlar va boshqa iqtisodiy sanksiyalarning (qonunchilik asosida budjetga oʻtkazib beriladigan sanksiyalardan tashqari) umumiy summasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona schyotida turgan mablagʻlar summasi boʻyicha olingan foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta schetlari va chet el valyutalarida qilingan operatsiyalar boʻyicha kurs farqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yildagi foyda va zararlar; tabiat ofatlaridan koʻrilgan zararlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitor qarzlarni hisobdan chiqarish evaziga boʻlgan yoʻqotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari dargumon qarz sifatida chiqim qilingan qarzlarni kelib tushishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik asosida foyda va zararlar hisobiga olib boriladigan boshqa daromadlar, yoʻqotishlar va xarajatlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad xarajatlar moddasi maʼlumotlaridan boshqa korxonalar faoliyatiga qatnashishdan olingan ulush daromadlarini (Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan daromadlardan tashqari) va aksiyalar, obligatsiyalar, shuningdek korxonaga tegishli boʻlgan boshqa qimmatbaho qogʻozlar boʻyicha olingan daromadlar (dividendlar, foizlar) summasi alohida satr boʻyicha ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Realizatsiya qilingan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini aniqlashda, korxonalar realizatsiyadan tashqari olingan daromad va xarajatlarni “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va realizatsiya qilish boʻyicha, mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlar tarkibi va daromaddan soliq olishda hisobga olinadigan moliyaviy natijalarni tashkil topish tarkibi toʻgʻrisida” gi Nizomga asosan sanoatda, qurilishda, qishloq xoʻjaligida, fanda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulatsiyalash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalardan, shuningdek mahsulot (ish.xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulatsiyalash boʻyicha tarmoq yoʻriqnomalaridan foydalanishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. “Foyda va zararlarning jami” moddasining koʻrsatkichlari foyda va zararlar boʻyicha alohida-alohida hisoblanib, 050-070-satrlar summasi yigʻindisidan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. “Foyda yoki zararlar” moddasida korxonalar hisobot davrida olgan foyda yoki zararlarning oxirgi qoldigʻini koʻrsatadi va 80-satr boʻyicha 3 va 4-ustun maʼlumotlari orasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. “Daromadlar” moddasi boʻyicha korxonalar hisobot davrida olgan daromadlari koʻrsatiladi va u “Mehnatga haq toʻlash fondi” (041-satr) yigʻindisidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.14. “Foydaning ishlatilishi” deb nomlangan II- boʻlimda foydani ishlatish asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yoritiladi, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda hisobidan budjetga toʻlanadigan daromad soligʻi va boshqa toʻlovlar summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezerv jamgʻarmasi va isteʼmol fondlarini tashkil etishga ajratilgan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayr-ehson maqsadlariga ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“foyda” ishlatilgan boshqa hollar, yaʼni amaldagi qonunchilikka asosan jarima sanksiyalari va keltirilgan zarar uchun budjetga toʻlanmalar (atrof-muhitni ifloslantirishdan va boshqa zararli xarajatlardan saqlash talablariga rioya qilmaslik natijasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat resurslaridan belgilangan meʼyordan koʻp foydalanganlik natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qonun qoidalariga rioya qilmaslik natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (ish, xizmat)lar bahosini oshirib koʻrsatib asossiz foyda olish natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydani yoki boshqa soliq solinadigan obyektlarni yashirganlik (kamaytirganlik) natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa turdagi sanksiyalarini toʻlash natijasi boʻyicha xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210, 220 va 230-satrlar boʻyicha taʼsis hujjatlarida tashkil etish nazarda tutilgan fondlarga ajratilgan ajratmalar koʻrsatiladi. Aks holda korxonalar 220 va 230-satrlar boʻyicha sof foyda hisobidan qilingan tegishli xarajatlar va chiqimlarning sof foyda hajmi (daromaddan olinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisoblashuv oʻtkazilgandan soʻng korxona ixtiyorida qoladigan foyda)dan koʻp boʻlmagan qismi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxonaning sof foydadan foydalanish yoʻnalishlarini, agar korxona Nizomida koʻrsatilmagan boʻlsa, Qonunchilik asosida oʻzlari aniqlashlarini koʻzda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi boʻlim maʼlumotnomasida davlat korxonalari va ularning tarkibiy boʻlimlarining mulklarini ijaraga olish asosida yaratilgan ijarachi korxonalar ijara tashkilotlari summasini uning tarkibiga kiradigan asosiy vositalarni toʻla qayta tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini chiqarib tashlangan holda koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma va isteʼmol fondlarini hisobda toʻgʻri aks ettirish maqsadida fondlar quyidagi tartibda taklif qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk indeksatsiyasi fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish fondi; (yil oxirida 88-schyot debetlangan, 85 “Ustav fondi” schyoti kreditlangan holda yopiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sohadagi mablagʻlar fondi (mazkur Yoʻriqnomaning 2.29-punkti 3-abzatsiga qaralsin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa jamgʻarma fondlar (mahsulotning yangi turini joriy qilish xarajatlari, kadrlarni tayyorlashga sarflangan xarajatlar, aksiyalar sotib olishga, uzoq muddatli olingan kredit foizlarini toʻlashga investitsiya birlashmalari tuzish uchun aʼzolik badallarini toʻlashga, assotsiatsiyasiga kirish uchun yillik badallarini toʻlashga ketgan boshqa xarajatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordamga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy rivojlantirishga (kommunal xoʻjaliklar faoliyatidan, issiq suv taʼminotidan, ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlarni saqlashdan, bolalar uylarini va qariyalar uylarini va boshqalarni saqlashdan koʻriladigan zararlarni qoplashga beriladigan dotatsiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa isteʼmol fondlariga (oliy, oʻrta va ishlab chiqarish texnik oʻquv yurtlarini saqlash uchun xoʻjalik xarajatlari, sogʻliqni saqlash obyektlarini saqlash xarajatlari, ovqatlanishga dotatsiyalar, dala hovlilari va uy-joy qurilishiga, korxona, tashkilot, muassasalar umum yigʻilishida tasdiqlangan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan boshqa joriy xarajatlarga ishlatish uchun moʻljallangan fondlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.15. “Budjetga toʻlanmalar” deb nomlangan III-boʻlimda korxonalar oʻz manbalari hisobidan, quyidagi Yoʻriqnomalar asosida hisoblangan budjetga toʻlanmalarni koʻrsatadi; 300-satrdagi “Mulkdan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qoʻmitasining 1992-yil 25-martdagi 4-1-2-sonli “Korxonalar mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnomaga va 1993-yil 13-yanvardagi 3-03/21-sonli “Korxona mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomasiga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xatiga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310-satrdagi “Daromaddan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Pespublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qoʻmitasining 1992-yil 25-martdagi 4-1-1-sonli “Korxonalar daromadidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnomaga va 1993-yil 15-yanvardagi 5-08/1-1-sonli “Korxonalar daromadidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xatiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340-satrdagi “Tabiat resurslaridan foydalangani va tashqi muhitni ifloslantiradigan chiqindilarni chiqargani uchun toʻlanma” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-iyun 1992-yildagi 303-sonli qaroriga asosan, lekin bunda shuni hisoblash kerakki, tashqi muhitni ifloslantiradigan chiqindilarni chiqargani uchun toʻlanmaning belgilangan normadagisi ishlab chiqarish muomala xarajatlari (sarflariga) olib boriladi, belgilangan normadan yuqorisi esa korxonaning oʻz ixtiyorida qoladigan foydasi hisobidan toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350-satrdagi “Yer soligʻi” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, hamda Davlat soliq Qoʻmitasining 1993-yil 30-yanvardagi 16/89-sonli “Yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik” Yoʻriqnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355-satrdagi “Qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Qoʻmitasining 1993-yil 15-yanvardagi 9 va 16-sonli “Qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliqni va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
356-satrdagi “Aksiz” Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi va Davlat soliq Qoʻmitasining 1993-yil 15-yanvardagi 6-13-sonli “Aksizlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360-satrdagi “Eksport boj poshlinalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi “Eksport va import qilinayotgan alohida tovarlarga boj poshlinalarini hisoblash va olish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
365-satrdagi “Import boj poshlinalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-sonli “Eksport va import qilinayotgan alohida tovarlarga boj poshlinalarini hisoblash va olish tartibi toʻgʻrisidagi”gi qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370-satrdagi “Chetga chiqariladigan mollardan olinadigan soliq” amal qilayotgan qonunchilikda “Chetga chiqarilgan mollardan olinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
375-satrdagi “Transport egalaridan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qoʻmitasining 1993-yil 13-yanvardagi 2-10-sonli “Transport vositalari va boshqa oʻzi yurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnomasi asosida, hamda 1994-yil 7/83-sonli “1994-yilda soliq solish tartibidagi ayrim oʻzgarishlar toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnomadan foydalansin. Shu yoʻriqnomadan 300, 310, 340, 350, 355, 375-satrlarni toʻldirishda foydalansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380-satrdagi “Daromad soligʻi” Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386-satrdagi “Boshqa soliqlar” Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida belgilangan boshqa hamma turdagi boshqa soliqlar koʻrsatiladi, shu jumladan 387-satr boʻyicha 20 foizlik amortizatsiya ajratmalari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
390-satrdagi “Iqtisodiy sanksiyalar” Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida (Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi qonunlari, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va boshqalar asosida korxonalarning oʻz ixtiyorida qoladigan foydalari hisobidan budjetga oʻtkazib berilgan sanksiyalar summasi) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16. “Daromaddan olinadigan soliq boʻyicha beriladigan imtiyozlarni hisoblashda inobatga olinadigan sarf va xarajatlar” deb jamlangan IV boʻlimda korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va 1992-yil 25-yanvardagi 41-1-sonli Yoʻriqnoma, hamda 1993-yil 15-yanvardagi 5-sonli unga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi xatlar asosida sof foyda hisobidan qilinadigan soliq boʻyicha beriladigan imtiyozlarni hisoblashda inobatga olinadigan sarf va xarajatlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital qoʻyilmalardagi investitsiyalar imtiyozlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻldirishda 08 “Kapital qoʻyilmalar” schyoti boʻyicha qilingan xarajatlar hisobot davrida 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” scheti boʻyicha qoldigʻining oʻsishi ayrilgan holda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarga oʻz tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda yillik hisobotlarni toʻlgʻazish boʻyicha koʻrsatmalar (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan) ishlab chiqish yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALAR BALANSIGA ILOVA (5 ShAKL)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. “Fondlarning harakati” boʻlimida korxonalar taʼsis hujjatlari asosida tashkil etilgan, shuningdek maqsadli moliyalashtirish va tushumlar mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan rezerv va boshqa fondlar harakati ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1.1. “Rezerv fondi” moddasida qonunchilik va taʼsis hujjatlari asosida tashkil etilgan rezerv fondi harakati aks ettiriladi. Bunda aksionerlik jamiyatlari va chet el investitsiyasi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar qonunchilik asosida koʻrsatilgan fondga budjet bilan hisoblashuvdan oldin ajratma ajratish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1.2. “Jamgʻarma fondlari” va “Isteʼmol fondlari” moddalarida korxonalarda taʼsis hujjatlari asosida oʻz ixtiyorida qolgan foyda hisobidan tashkil etilgan isteʼmol va jamgʻarma fondlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
030-satr hisobidan 034-satr boʻyicha korxonaning boshqa korxonalardan va jismoniy shaxslardan bepul olingan (88-schyotining “Bepul olingan qiymatliklar” subschetida hisobga olingan) mulklarning harakati ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
035-satr boʻyicha korxonalar asosiy vositalarni toʻliq tiklashga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining 1994-yil 19-yanvardagi 7\83-sonli “1994-yilda soliq solish tartibidagi ayrim oʻzgartirishlar toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnomasi bilan belgilangan tartibda ajratiladigan amortizatsiya ajratmalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1.3. “Budjetdan maqsadli moliyalashtirish” va “Tarmoq va tarmoqlararo fondlardan maqsadli moliyalashtirish” moddalari boʻyicha korxonalarning budjetdan tarmoq va tarmoqlararo fondlardan kapital qoʻyilmalarni ilmiy ishlarni moliyalashtirishga, konvetsiya boʻyicha zararlarni qoplashga va boshqa ehtiyojlarni qoplashga olingan (ularning hisobi 96 “Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar” schyotida yuritiladi) mablagʻlari harakati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110-150-satrlar boʻyicha olingan summalar va yoʻnalishlari boʻyicha ishlatilganligi kengaytirilgan holda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotnoma bilan bir qatorda korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida koʻrsatmalari bilan belgilangan shakllar boʻyicha mablagʻlar xarajatlarining kengaytirilgan hisobot maʼlumotlarini ham taqdim etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1.4. 70-satr boʻyicha korxonalar boshqa moddalarda eslatilmagan boshqa tushumlar va fondlar harakatini aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. “Qarzga olingan mablagʻlarning harakati” boʻlimida korxonalar bank muassasalaridan, shuningdek boshqa korxonalardan kreditlar koʻrinishida olgan mablagʻlarning mavjudligini va harakatini koʻrsatadi. “Shu jumladan muddatida kamaytirilmagani” satrdagi boʻyicha qaytarish kechiktirilgan va oʻtib ketgan qarz mablagʻlari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. “Debitor va kreditor Qarzlar” boʻlimida veksel va avanslar qoʻshilgan holda hisoblashuv schyotlarida hisobga olinadigan debitor va kreditor qarzlari holati aks ettiriladi. Bu holatda qaytarish muddati bir yilgacha boʻlgan qarzlar qisqa muddatli qarzlar esa uzoq muddatli qarzlar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashgan davlat kapital qoʻyilmalari hisobidan qurilish ishlarini olib borayotgan korxonalar 330 va 340-satrlar hisobidan yangidan yoziladigan 361 “Markazlashgan davlat kapital qoʻyilmalari boʻyicha muddati oʻtgan kreditor qarzlar” satriga ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. “Nomoddiy aktivlarni yil oxiridagi tarkibi” boʻlimida yil oxirida korxona ixtiyoridagi nomoddiy aktivlar kengaytirilgan holda aks ettiriladi. Maʼlumotlar boshlangʻich qiymat boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.1. “Kashfiyot va shunga oʻxshash intellektual (sanoat obyektlari mulkiga boʻlgan huquqlar” moddasida kashfiyot, sanoat namunalari, texnik, tashkiliy va tijorat axborotlar, ishlab chiqarish sirlari (faktlar, litsenziyalar, nou-xau, programma mahsulotlari va boshqalar), yakka hokimlik va ustunlik huquqlari alohida-alohida faoliyat turlariga beriladigan litsenziyalar qoʻshilgan holda boshqa mulkiy huquqlar qiymatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.2. “Tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari” moddasida yer uchastkalaridan, tabiiy resurslar (suv, yer osti va usti boyliklari va boshqalar) dan, bino va inshootlardan foydalanish huquqiy qiymatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.3. “Tashkiliy xarajatlar” moddasida taʼsis hujjatlari asosida qatnashchilarning ulushlari hisobiga ustav fondi tashkil etilib korxona deb tan olingan korxonaning tashkil etish xarajatlari, korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlovlar, brokerlik oʻrinlaridan foydalanish huquqi, savdo markalari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari uchun toʻlovlar qoʻshilgan holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.1 va 4.4.2-punktlarida sanab oʻtilgan huquqlar, shuningdek brokerlik oʻrinlaridan foydalanish huquqlari qiymatlari “Oʻzbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Nizom asosida belgilangan normalar boʻyicha ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4.5. “Mavjud asosiy vositalar va ularning harakati” boʻlimining I-“Asosiy vositalar” boʻlinmasida korxonalar mavjud asosiy vositalar qiymatini va ularning harakatini sobiq SSSR Ittifoqi davlat standartining 17.09.1987-yildagi 182-sonli qarorida tasdiqlangan asosiy fondlarining umumittifoq klassifikatsiyasi asosida turlari boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlinmada ijaraga berilgan, bepul taqdim etilgan yoki harakatsiz (konservatsiyada, zaxirada va boshqalarda boʻlgan) alohida turdagi asosiy vositalar ham qoʻshilgan holda korxona balansida hisobga olingan jami asosiy vositalar qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Maʼlumotlar boshlangʻich qiymatlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlinmaning 4-ustunida quyidagilar qoʻshilgan holda hamma manbalar boʻyicha hisobot yilida kelib tushgan asosiy vositalar qiymati aks ettiriladi: qayta baholashdagi farq oldin olinmagan, toʻlov hisobiga sotib olingan aylanma mablagʻlardan asosiy vositalarga oʻtkazilgan, boshqa korxona va tashkilotlardan bepul kelib tushgan (qurish balansi oʻzgarmagan holdagina), shuningdek moliyalashtirish manbalarining hammasi boʻyicha hisobot yilda ishlab chiqarishga kiritilgan vositalar ham qoʻshilgan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlinmaning 5-ustunida quyidagi hollar qoʻshilgan holda hisobot yilida chiqib ketgan barcha asosiy vositalar aks ettiriladi: qayta baholashdagi qayta kamayish farqi foydalanilmayotgan va ortiqcha mulk realizatsiyasi tartibida toʻlov evaziga sotilgan, boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan, shuningdek hisobot yilida eskirganligi va yaroqsiz ahvolga kelganligi sababli tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar tufayli, qayta taʼmirlash yangi qurilish ishlariga va boshqa sabablarga bogʻliq holda tugatilgan asosiy vositalarning toʻliq qiymati (eskirish summasi ayrilmagan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Asosiy vositalarning jami” moddasi hisobidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar harakati alohida-alohida satrlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan, qurilish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlov va moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiruvchi boshqa turdagi faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan vositalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga uy-joy va kommunal xoʻjalik, sogʻliqni saqlash, jismoniy madaniyat, ijtimoiy taʼminot, xalq taʼlimi, madaniyat va shunga oʻxshash sohalardagi asosiy vositalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. V boʻlimning II “Tugallanmagan qurilish” boʻlinmasida korxonada pudrat yoki xoʻjalik usulida bajarilayotgan qurilish ishlari boʻyicha, shuningdek asosiy vositalarni sotib olish boʻyicha xarajatlarning harakati aks ettiriladi. Boʻlinmaning 4-ustunida qurilayotgan obyektlar boʻyicha (pudratchi tashkilotlarning toʻlovga qabul qilingan va toʻlangan schyoti) va asosiy vositalarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar koʻrsatiladi. Boʻlinmaning 5-ustunida foydalanishga kiritilgan qurilish obyektlari va sotib olingan asosiy vositalar, shuningdek chiqim qilingan (asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan) xarajatlar qiymatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. V boʻlimning (Maʼlumotnoma) boʻlinmasida koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
530-satr boʻyicha boshqa korxonalarga ijaraga berilgan asosiy vositalarning alohida turlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
540-satr boʻyicha ijarachi korxona mulki tarkibida hisobga olingan, alohida tur sifatida, shuningdek toʻliq ijaraga olingan vositalar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
550-570-satrlar boʻyicha qurilish obyektlari va asosiy vositalarni sotib olishni, manbalar guruhlari boʻyicha korxona tomonidan yil davomida ularni moliyalashtirish uchun mablagʻlar kengaytirilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. “Kapital qoʻyilmalar” boʻlimida 06 va 58-schyotlarda hisobga olingan korxonalarning uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar tarkibi kengaytirilgan holda keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8.1. “Boshqa korxonalarning pay va aksiyalari” moddasida mamlakat ichkarisida qilingan (shu jumladan shuʼba korxonalar) boshqa korxonalar Ustav fondiga, aksionerlik jamiyatlarining aksiyalariga qoʻyilgan summalar, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi korxonalarning kapitaliga (shu jumladan shuʼba korxonalariga) va shu kabilarga qoʻyilgan summalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8.2. “Obligatsiya va boshqa qogʻozlar” moddasida Davlat va mahalliy zayom obligatsiyalari (foizli)ga, shuningdek shunga oʻxshash qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan (investitsiya) summalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8.3. “Berilgan qarzlar” moddasida korxona tomonidan korxonalarga berilgan qarzlar summasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8.4. “Boshqalar” moddasida korxonalarda 06 va 58-schyotlarda hisobga olingan, oʻzbek va chet el valyutalarida depozitlar (jamgʻarma sertifikatlari, banklardagi depozit schyotlar va boshqalar) ga va boshqa investitsiya yoʻnalishlariga qoʻyilgan summalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. “Ijtimoiy koʻrsatkichlar” boʻlimida ayrim ijtimoiy koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9.1. Ijtimoiy ehtiyojlarga: ijtimoiy sugʻurta fondiga: nafaqa fondiga: “Ish bilan taʼminlash fondiga ajratmalar” moddasida mehnatga haq toʻlash manbalari hisobidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi (Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy sugʻurta fondi va Oʻzbekiston Respublikasi nafaqa fondi)ga ajratma mablagʻlarining tashkil topishi va ishlatilishi, shuningdek aholini ish bilan taʼminlash Davlat fondiga majburiy ajratmalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 31-dekabrdagi 615-sonli qaroriga muvofiq 1994-yil uchun mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun hamma asoslar boʻyicha hisoblangan ish haqiga nisbatan 40 foiz hisobida Oʻzbekiston Respublikasi sotsial sugʻurta fondi badallari taʼriflari belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (Majlisi) qonunchilik Komitetidan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, Oʻzbekiston Moliya vazirligidan, Davlat sugʻurtasidan, boshqarishning ayrim masalalari boʻyicha berilgan izohlar, sugʻurta toʻlovlari boʻyicha koʻrsatilgan ishlab chiqarish toʻlovlarida eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
740-satrda korxona tashkilotlarning tibbiy sugʻurta ajratmalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9.2. 750, 763-satrlar boʻyicha isteʼmolga yoʻnaltirilgan vositalar va ishchilarning oʻrtacha soni koʻrsatiladi. Bu satrni toʻldirayotganda 1987-yil 17-sentabrdagi tashkilot, muassasa va korxona xizmatchilari ish haqi va sonining statistikasi boʻyicha 17-10-0370-sonli va 1990-yil 13-sentabrdagi, isteʼmolga yoʻnaltirilayotgan vositalar tarkibi toʻgʻrisidagi 17-24/672-sonli sobiq SSSR Davlat statistika komitetining 17-sentabr Yoʻriqnomasiga rioya qilish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10. “Valyuta mablagʻlari harakati” boʻlimida korxona valyuta mablagʻlarining hisobot davridagi harakati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Xoʻjalik tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti

uslubiyotini tashkil qilish boʻlimi boshligʻining muovini

B.Q. QUDRATOV