Toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash respublika komissiyasining
Qarori
MINERAL OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARUVChI VA SOTUVChI “OʻZKIMYoSANOAT” DAK KORXONALARINING PUL MABLAGʻLARINI TAQSIMLASh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK TARTIBNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-avgustda 1510-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-sonli “Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda respublika va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli “Kimyo sanoati korxonalari boshqaruv tizimini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmatlarni koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 33-modda), 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xom-ashʼyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) qarorlari asosida Respublika komissiyasi qaror qiladi:
1. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi “Oʻzkimyosanoat” DAK korxonalarining pul mablagʻlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi vaqtinchalik tartibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Qishloqxoʻjalikkimyo” xududiy aksiyadorlik jamiyatlarining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi boqimanda qarzlari toʻlovi muddatlari oyma-oy teng toʻlovlar orqali uzish sharti bilan bir yilga kechiktirilsin va ularga hisoblangan ustama jarimalar hisobdan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan oʻn kun oʻtishi bilan kuchga kiradi.
Komissiya hamraisi, Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJANOV
Komissiya hamraisi, Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-avgust,
RK-1462-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34–36-son, 268-modda)