Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2021 21.06.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1152
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.06.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1152
Kuchga kirish sanasi
01.07.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK Boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona va tashkilotlarning ishlatilgan va buzib qoʻyilgan veksel blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 21-iyunda 1152-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona va tashkilotlarning ishlatilgan va buzib qoʻyilgan veksel blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 25-maydagi 219-V, 65-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona va tashkilotlarning ishlatilgan va buzib qoʻyilgan veksel blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va korxona va tashkilotlarning veksel blankalarini (keyinchalik — korxonalarning veksellari) yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq korxonalarning chiqarilgan veksellariga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Korxonalarning veksellarini toʻlashni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalarning veksellarini toʻlashni rasmiylashtirish emitent yoki uning topshirigʻiga binoan emitent bilan shartnoma tuzgan xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalarning veksellarini toʻlashda korxonalarning qarzi toʻlangan veksellari blankalarida “SOʻNDIRILDI” degan maxsus shtamp qoʻyiladi. Shtampning rangi va hajmi korxona vekselining umumiy koʻrinishidan ajralib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻngra “Veksel” degan soʻzning birinchi harfi, “v” harfi — oʻz ichiga nomini olgan holda maxsus ravishda kesish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Korxonalarning veksellarini saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Veksellarni saqlash uchun korxonada yetarli sharoitlar yoʻq boʻlgan hollarda, korxona xizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnomaga asosan veksel blankalarini xizmat koʻrsatuvchi bankning omborxonalarida saqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bunda, korxonalarning veksellariga pul toʻlangandan keyin, emitentning hisob raqami ochilgan xizmat koʻrsatuvchi bank keyinchalik saqlash va yoʻq qilish uchun qarzlari qaytarilgan veksellarning roʻyxatini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toʻlangan va toʻlanmagan veksellar blankalari, shuningdek buzib qoʻyilgan veksel blankalari veksel rekvizitlarini rasmiylashtirishda buzilgan veksel blankalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan yil davomida yoʻq qilingunga qadar saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Korxonalarning toʻlangan veksellarining blankalari “006 qatʼiy hisobot blankalari” nomli korxonaning balansdan tashqari hisob raqamiga kirim qilinadi va u yerda “bitta uchun 1 soʻm” deb shartli baholangan holda hisobga olinadi, agar korxonalar veksellarini toʻlash blankalari xizmat koʻrsatuvchi bankda saqlansa, ular 93609 “Saqlanishdagi boyliklar” nomli balansdan tashqari bank hisob raqamiga kirim qilinadi. Saqlashga qabul qilingan boyliklar “bitta uchun 1 soʻm” degan shartli baholashda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Veksellar korxonada saqlanganda korxonalarning toʻlangan veksellari blankalari saqlash boʻyicha belgilangan tartibga aniq amal qilish va ularning hisobini tashkil qilish boʻyicha javobgarlik emitent-korxona rahbarining buyrugʻiga binoan korxona rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning toʻlangan veksellari blankalarini xizmat koʻrsatuvchi bankda saqlashda javobgarlik bankning ichki buyrugʻi bilan xizmat koʻrsatuvchi bankning rahbariga, bosh buxgalteriga va kassa (omborxona) mudiriga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amaldagi qonunchilikni buzilish holatlari boʻyicha emitent yoki veksel ushlovchiga nisbatan ish qoʻzgʻalgan hollarda, korxonalarning ushbu veksellari ish toʻxtatilgunga qadar yoʻq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar, qarzni toʻliq qaytarish boʻyicha emitentlar va korxonalar veksellarini ushlovchilar oʻrtasidagi nizolar sudlarda koʻrib chiqilsa, bunday hollarda ushbu veksellar sudning yakuniy qarori chiqqanidan soʻng yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Korxonalar veksellarini yoʻq qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxonalar veksellarining blankalarini jismoniy yoʻq qilishni amalga oshirish uchun emitent xizmat koʻrsatuvchi bank bilan birgalikda veksel blankalarini yoʻq qilishni tashkil qiluvchi va yoʻq qilish joyini belgilovchi komissiya va ishchi guruhini tarkibi koʻrsatilgan buyruqni chiqaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korxonalarning toʻlangan veksellarini yoʻq qilish quyidagilardan tashkil qilingan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) veksel emitentning vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat koʻrsatuvchi bankning vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonalarning veksellari ularni yondirish, qirqish yoki maxsus asbob-uskunalar yordamida maydalash yoʻli orqali yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxonalarning toʻlangan veksellarini yoʻq qilish uchun omborxonadan olishda har bir veksel blanki qaytadan hisoblab chiqiladi, bunda kesiklarni mavjudligi tekshiriladi, undan soʻng xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan toʻrt nusxada olinganligi toʻgʻrisida roʻyxat tuziladi. Roʻyxatda korxonalar veksellarining blankalari nima uchun olinganligi, soni, tartib raqami, seriyasi va yoʻq qilish uchun olingan korxonalarning toʻlangan veksellari blankalarining nominali koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Roʻyxatning birinchi nusxasi korxonalarning toʻlangan veksellari blankalarini saqlashni amalga oshiruvchi xizmat koʻrsatuvchi bankning kunlik kassa hujjatlarida qoladi. Ikkinchi nusxasi emitent korxonaning vakiliga beriladi, uchinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakiliga beriladi va toʻrtinchi nusxasi Moliya vazirligining vakiliga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaytadan hisoblash tugagandan soʻng toʻlangan veksellar blankalari komissiya aʼzolari ishtirokida yoʻq qilinadigan joyga transportirovka qilish uchun maxsus qoplarga joylashtiriladi. Qoplarga bank muassasasining nomi, veksel blankalarining summasi va sana yozilgan yozuv yopishtirib qoʻyiladi. Yopishtirilgan yozuvga javobgar shaxslarning (rahbar, kassa mudiri, bosh buxgalter) va komissiya aʼzolarining imzolari qoʻyiladi, soʻngra kassa (omborxona) mudiri tomonidan plombalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoʻq qilinadigan joyga yetib kelgach komissiya aʼzolari qoplarni, ulardagi yozuvlar va plombalarning butligiga ishonch hosil qiladilar. Agar qoplarga shikast yetgan boʻlsa yoki plomba va yozuvlar yoʻq boʻlsa, u holda qoplar mazkur veksellarni mavjudligi va butligini tekshirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toʻlangan veksellar yoʻq qilingandan soʻng toʻrt nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada blankalarni yoʻq qilish boʻyicha komissiya aʼzolarining egallab turgan lavozimi koʻrsatilgan tarkibi, emitentning toʻliq nomi, yoʻq qilingan sana, yoʻq qilingan veksel blankalarining tartib raqamlari, soni, seriyasi va nominali, shuningdek veksel blankalarini yoʻq qilish sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dalolatnomaning roʻyxat ilova qilingan bir nusxasi toʻlangan veksel blankalarini saqlashni amalga oshiruvchi xizmat koʻrsatuvchi bankka beriladi. Dalolatnomaning roʻyxat ilova qilingan ikkinchi nusxasi emitentga beriladi. Dalolatnomaning roʻyxat ilova qilingan uchinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi. Dalolatnomaning roʻyxat ilova qilingan toʻrtinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonalarning toʻlangan veksellari yoʻq qilingandan keyin, ushbu veksellarning emitenti va xizmat koʻrsatuvchi bank, yoʻq qilingan veksellarning seriyalari, nominali va soni koʻrsatilgan reyestrini oʻn yil mobaynida saqlashlari kerak.