OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARINING BIRGALIKDAGI FAOLIYATDA IShTIROKINING BUXGALTERIYA HISOBI TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-noyabrda 1427-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 15-iyuldagi 17/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3317, 10.08.2021-y.) asosan 2021-yil 11-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarining birgalikdagi faoliyatda ishtirokining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 490-modda)