OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
BARChA TURDAGI RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QAYTA IShLASh (ZAMONAVIYLAShTIRISh), IShLAB ChIQARISh VA ChET ELDAN OLIB KIRISh UChUN RADIOChASTOTA POLOSALARI (NOMINALLAR) AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-avgustda 1399-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–3358-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash (zamonaviylashtirish), ishlab chiqarish va chet eldan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallar) ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amalda boʻlgan OʻzAPTning 1999-yil 28-iyul 278-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (1999-yil 20-iyul 777-son bilan) roʻyxatdan oʻtgan “Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash (zamonaviylashtirish), ishlab chiqarish va Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari A.D. Xadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-iyul,
209-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 378-modda; 2011-y., 26-son, 268-modda)