OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Qarori
2004 — 2009 YILLARDA MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH DASTURINI MOLIYALASH UCHUN YOʻNALTIRILAYOTGAN MABLAGʻLARNI SOLIQ SOLISH BAZASIDAN KAMAYTIRISH YUZASIDAN XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼYEKTLAR UCHUN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZLARNI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-iyulda 1387-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 11-oktabrdagi 213-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1387-1, 11.10.2010-y.) muvofiq davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21 maydagi “2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida”gi PF-3431-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 21-son, 250-modda) asosan qaror qilamiz:
1. 2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Dasturini moliyalash uchun yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni soliq solish bazasidan kamaytirish yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun daromad (foyda) soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab oʻn kun muddatdan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri oʻrinbosari D. QOʻCHQOROV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-iyul,
94-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-iyul,
2004-46-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 338-modda)