ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼullar |
1. | Umummilliy birdamlik bogʻlarining (keyingi oʻrinlarda — istirohat bogʻlari) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Loyihani ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. | 2025-yil aprel | Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Gʻolib tashkilot tomonidan namunaviy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
2. | Har bir tuman (shahar)da tashkil etiladigan istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxati hamda manzilli dasturlarini tasdiqlash. | 1. Mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil aprel |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Istirohat bogʻlarida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish. | 2025-yil may | ||||
3. Istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
4. Istirohat bogʻlarining manzilli dasturini tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
3. | Hududlardagi mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarini pasportlashtirish. | 1. Pasportlashtirish boʻyicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Hududlardagi bogʻlarni pasportlashtirish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Madaniyat va istirohat bogʻlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
4. | Yozgi mavsum davomida aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda istirohat bogʻlarining faol hududlarida festival, koʻrik-tanlov va koʻrgazmalar, turli sport musobaqalarini tashkil etish. | 1. Istirohat bogʻlarida tashkil etiladigan festivallar, tanlovlar va turli sport musobaqalarining taqvim-rejasini ishlab chiqish. | Har yili fevral oyida | Ijrochilarning mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Taqvim-rejaga asosan istirohat bogʻlariga aholini keng jalb qilish. | Yil davomida reja asosida | ||||
5. | Bogʻlarda sokin hududlarni tashkil etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. | 1. Bogʻlarda tashkil etilishi mumkin boʻlgan sokin hudud chegaralarini belgilash. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Sugʻorish tizimini tashkil etish. | 2025-yil apreldan boshlab doimiy | ||||
3. Sokin hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish choralarini koʻrish. | 2025-yil mayga qadar | ||||
6. | Aholining madaniy hayotini boyitish, ularning oilaviy hordiq chiqarishlari uchun istirohat bogʻlarida zarur sharoitlar yaratish. | 1. Bogʻlar hududlarini faol dam olish zonalari va tinch zonalarga ajratish. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Loyihalarda piknik zonalarga tutash boʻlgan joylarda ochiq osmon ostidagi kutubxonalarni nazarda tutish. | 2026-yil fevral | ||||
3. Sokin hududlarni bosqichma-bosqich tashkil etish. | 2025 — 2030-yillar davomida | ||||
7. | Taʼmirtalab istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, zarur hollarda yangidan qurish. | 1. Mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida 2030-yilgacha barcha istirohat bogʻlarini zamonaviy qiyofaga keltirish. 2. Istirohat bogʻlarining hududiga va bogʻlarda zarur boʻlgan obyektlarning tarkibiga qoʻyiladigan talablar asosida barcha bogʻlarni tartibga keltirish. | 2025 — 2030-yillar davomida | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
8. | Istirohat bogʻlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish. | 1. Kengash tarkibiga istirohat bogʻlari direktorlari va malakali mutaxassislarni jalb etish. | 2025-yil aprel |
| Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Yoʻnalishlarni aniqlagan holda kengash faoliyati va vazifalarini belgilash. | 2025-yil may | ||||
3. Kengashning hududlar boʻylab sayyor yigʻilishlarini tashkil etish. | Reja asosida muntazam | ||||
4. Istirohat bogʻlarini rivojlantirish boʻyicha konseptual tavsiyalar ishlab chiqish. | Reja asosida muntazam | ||||
9. | Bogʻlarda anʼanaviy ravishda milliy qoʻgʻirchoqlar koʻrgazmasi, qoʻgʻirchoqbozlik bayramlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Bayram va koʻrgazmalarni tashkil etish va oʻtkazish konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Qiziquvchilar uchun qoʻngʻiroq yasash boʻyicha mahorat darslari tashkil etish. 3. Tadbirlarni tizimli tashkil etish. | Har yili iyun oyida | Ijrochilarning mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
10. | Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, “Zamonaviy bogʻ” konsepsiyasi asosida istirohat bogʻlarida ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, namunaviy ssenariylar ishlab chiqish. | 1. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar tayyorlash boʻyicha eʼlonlar berish. | 2025-yil iyun | Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
2. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha mablagʻlar ajratish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni nashr etish hamda istirohat bogʻlariga yetkazish. | 2025-yil noyabr | ||||
11. | Istirohat bogʻlarini zamonaviy oʻyin qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish. | 1. Istirohat bogʻlarini zamonaviy oʻyin qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlash. | 2025-yil sentabr | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Istirohat bogʻlarini zamonaviy attraksion va oʻyin qurilmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash. | 2026 — 2030-yillar davomida | ||||
3. Yangi ish oʻrinlari yaratish. | 2026 — 2030-yillar davomida | ||||
12. | Xorijda ishlab chiqariladigan attraksionlar va oʻyin qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 1. Hududlardagi istirohat bogʻlaridagi ehtiyojni aniqlash. | 2026-yil aprel | Ijrochilarning mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
2. Xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil may | ||||
3. Mamlakatimiz iqlimi va boshqa talablariga mos zamonaviy attraksion va oʻyin qurilmalarini erkin tanlash elektron tizimini yaratish. | 2026-yil iyun | ||||
13. | Istirohat bogʻlari rahbar va xodimlari malakasini oshirish. | 1. Malaka oshirish rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Malaka oshirish oʻquv dasturlarini tasdiqlash. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 2027-yildan boshlab reja asosida |