28.03.2025 yildagi PQ-130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasida qulay tabiiy muhit yaratish, hududning noyob madaniyati va tarixiy merosini asrab-avaylash hamda keng ommalashtirish, ushbu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar va ijodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlik va muloqotni yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2023-yil 22 — 24-mart kunlari Nyu-York shahrida (AQSH) boʻlib oʻtgan suv resurslariga bagʻishlangan konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yildan boshlab har oʻn sakkiz oyda — bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti (keyingi oʻrinlarda — Sammit)ni oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uygʻun holda 2025-yil 4 — 6-aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Sammitning asosiy maqsad va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Orolboʻyida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Orolboʻyi muammolarini hal etishda fanlararo yondashuvni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) barqaror yechimlar va strategiyalar yaratishga qaratilgan taʼlim dasturi asosida Orol maktabini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy meʼmorchilik asosida “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, bogʻ hududida joylashgan bolalar kutubxonasini qayta barpo etish hamda ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda Orolboʻyi mintaqasida suv va tuproq tadqiqotlari olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Orolboʻyi hududining tuproq va iqlim sharoitiga mos boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻrganishga ixtisoslashgan laboratoriya platformasini yaratish hamda uni mazkur yoʻnalishda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning oʻquv-amaliyot maydoniga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Orolboʻyi mintaqasida asrlar davomida shakllangan noyob madaniyat va anʼanalarni saqlash, himoya qilish va keng ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) xalqaro miqyosda doimiy muloqotlar, amaliyotlar, seminarlar, tadqiqot dasturlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ushbu qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sammitga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Sammit bilan bogʻliq tadbirlar va chet ellik mehmonlarning sayohatini tashkillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Sammitda qatnashuvchilarning Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini hamda obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) zarur hollarda, Sammitni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan Sammitning moliyalashtirish manbalari belgilanadi hamda xarajatlar smetasi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Milliy gvardiya bilan birgalikda Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda, shu jumladan, ishtirokchi va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sammitga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlardagi obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi Jamgʻarmaning murojaatiga asosan Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini belgilangan tartibda zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va internet tarmogʻi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaning talabnomasiga asosan quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Uzbekistan Airways” AJga chet ellik ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy reyslarga aviachiptalarning band qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga chet ellik ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarmaning viza talabnomalariga binoan, Sammitda ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jamgʻarma bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan Sammit matbuot markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻysin, shuningdek, tadbirni yuqori saviyada xalqaro miqyosda keng yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-130-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-130-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

S.Sh. Mirziyoyeva

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

A.T. Orinbayev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi

4.

G.O. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi

5.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

7.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

8.

A.A. Toshpulatov

ichki ishlar vaziri

9.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

10.

U.R. Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi

11.

B.G. Abdukarimov

Madaniy meros agentligi direktori

12.

A.A. Mannopov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita, zarur hollarda, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-130-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Orol madaniyat sammitini (keyingi oʻrinlarda — Sammit) oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasini hamda Sammit doirasidagi barcha tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni tashkiliy va texnik jihatdan tayyorlash.

1. “Oqqush” majmuasi maʼmuriyatining taklifiga muvofiq, ushbu majmuani Sammitni oʻtkazish uchun bepul ijaraga berish (kommunal toʻlovlar bundan mustasno).

2. “Oqqush” majmuasi va uning hududi hamda Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Energetika vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)

3. “Oʻzbektelekom” AK orqali sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini zarur texnika vositalari, telekommunikatsiyalar, uzluksiz elektr energiyasi, sinxron tarjima jihozlari va internet tarmogʻi bilan taʼminlash.

Tadbir davomida

2.

Sammit doirasida tashkil etiladigan oʻrganishlar, izlanishlar va tadbirlar boʻyicha Nukus shahrida yashovchi aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish.

1. Muloqotlarning maqsad va yoʻnalishlarini belgilash.

2. Tadbirni tashkil etish va ishtirokchilarni jalb qilish.

3. Muloqotlar natijalarini tahlil qilish va amaliy takliflarni shakllantirish.

2025-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Nukus shahri hokimligi,

Jamgʻarma

3.

Sammitda ishtirok etish uchun barqaror rivojlanish, ekologiya, biodizayn sohalaridagi xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakillari, mutaxassislar va faxriy mehmonlarni jalb etishda amaliy yordam koʻrsatish.

1. Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va muvofiqlashtirish.

2. Ishtirokchilarning tashrifini tashkil etish.

3. Chet ellik mehmonlarning ishtiroki va hamkorlikni muvofiqlashtirish.

Soʻrovga asosan

Tashqi ishlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Jamgʻarma

4.

Sammit va uning doirasidagi barcha tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda, shu jumladan, ishtirokchi va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash.

2. Sammitga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrish.

3. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlardagi obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.

Tadbir davomida

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya

5.

Sammit ishtirokchilari uchun avia va temir yoʻl chiptalari hamda mehmonxonalarda joylarni bron qilish va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.

1. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar roʻyxatini shakllantirish hamda kelishish.

2. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar uchun xalqaro va mahalliy reyslarga aviachiptalar, temir yoʻl chiptalari hamda mehmonxonalarda joylarni band qilish choralarini koʻrish.

3. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar uchun aeroport va temir yoʻl vokzallarida yigʻimlar undirmasdan VIP va CIP xizmatlarini koʻrsatish.

4. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlarni mehmonxonalarga joylashtirish.

5. Sammit doirasida zarur asbob-uskunalarni Toshkent — Nukus — Toshkent yoʻnalishida bepul tashish.

Soʻrovga asosan

Transport vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Jamgʻarma

6. Birinchi Sammit ishtirokchilarini chegirma narxlarda 2025-yil 4-aprel kuni Samarqand — Nukus hamda 2025-yil 5-aprel kuni Nukus — Toshkent yoʻnalishlarida tashish.

2025-yil aprel

6.

Sammit ishtirokchilari uchun ekskursiya dasturini ishlab chiqish va tashkil etish.

1. Ekskursiya yoʻnalishlarini belgilash va dastur ishlab chiqish.

2. Ekskursiya tashkil qilish.

3. Ekskursiya ishtirokchilarini malakali gidlar bilan taʼminlash.

Tadbir davomida

Turizm qoʻmitasi,

Jamgʻarma

7.

Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam koʻrsatish markazlari tashkil etilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

1. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash.

2. Sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻrish.

Tadbir davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

8.

Sammit yoʻnalishlariga aloqador investitsiyalarni jalb qilish, tadbirlar uchun potensial homiylarini aniqlashda amaliy yordam koʻrsatish.

1. Sammit doirasidagi yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro, xorijiy va mahalliy investorlarga loyiha takliflarini taqdim qilish.

2. Investorlar va homiylar bilan hamkorlikda tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish.

Tadbir davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Jamgʻarma

9.

Zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy meʼmorchilik asosida “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi hamda bogʻ hududida joylashgan bolalar kutubxonasini qayta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

1. Xalqaro, xorijiy va mahalliy investor va homiylarga loyiha takliflarini taqdim qilish.

2025-yil aprel-may

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Jamgʻarma

2. Potensial investor va homiylar bilan loyihani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy masalalari yoki moliyalashtirishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari boʻyicha aniq takliflar tayyorlash.

2025-yil iyun

3. “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi hamda bolalar kutubxonasini qayta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2025-yil iyun

4. Moliyalashtirish manbalari belgilangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-10-son Farmonida nazarda tutilgan zamonaviy istirohat bogʻini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Moliyalashtirish manbalari belgilangandan soʻng bir oy muddatda

10.

Sammit doirasidagi tadbirlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Sammitning asosiy yoʻnalishlari va tadbirlari boʻyicha axborot kampaniyasini rejalashtirish hamda maqsadli auditoriyani aniqlash.

2. Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish, matbuot anjumanlari va mediasessiyalar tashkil etish.

3. Sammit haqida press-relizlar, intervyular, foto va videomateriallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali keng yoritish.

Tadbir davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

11.

Birinchi sammit doirasida 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishining ahamiyati boʻyicha axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.

1. Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishining ahamiyati boʻyicha axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Tadbir davomida

Jamgʻarma,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya

2. Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofoti taʼsis etilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi “2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarorida nazarda tutilgan “Samarqand — jahon tamaddunlari chorrahasida” kitob-albomining oʻrniga YUNESKO bilan hamkorlikda “UNESCO Courier” jurnalining Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan maxsus sonini hamda bolalar uchun “Bizlarni inson qiluvchi fazilatlar” (“What Makes Us Human”) nomli kitobni chop etish.

2025-yil noyabr

12.

Sammit doirasidagi tashabbuslar va qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish.

1. Sammit doirasidagi ilmiy tadqiqot loyihalari va tashabbuslarni belgilash hamda ularning ahamiyatini baholash.

2. Loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro ilmiy tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

3. Tashabbuslar va qoʻshma loyihalarning bajarilishini monitoring qilish va natijasi boʻyicha hisobot tayyorlash.

Tadbir davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

13.

Suv taʼminoti va suvni tozalash, muqobil va toza energiya manbalarini yaratish, tuproqqa qayta ishlov berish va undan foydalanish kabi sohalarda xalqaro kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Hamkor kompaniya va tashkilotlarni tanlash va kelishuvga erishish.

2025-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Jamgʻarma

2. Ilmiy tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2026-yil yanvar

3. Natijasi boʻyicha texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etish.

2026-yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/130/0287-son)