21.02.2025 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash asoslari hamda ijtimoiy himoya qilish choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori, uni tayinlash va toʻlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga nogironlik pensiyasini yoxud ularning oila aʼzolariga va qaramogʻida boʻlgan shaxslarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini tayinlash hamda toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxslarga bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxslarga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining hisob-kitoblariga koʻra 2025-yildan boshlab har yili jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin hamda 2025-yil uchun tegishli mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror 2025-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-fevraldagi 103-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan bir yoʻla beriladigan nafaqani tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga nafaqa toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs — oʻziga nisbatan belgilangan tartibda himoyani amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasida nazarda tutilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ — jinoyat ishini yuritayotgan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllashga asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlganligi (vafot etganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar yetkazilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy himoya qilish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, halok boʻlgan (vafot etgan) shaxsning oila aʼzolariga himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda halok boʻlgan (vafot etgan) shaxsning oila aʼzolari tarkibiga marhumning otasi (onasi), fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan eri (xotini), bolalari, shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalari, oʻz oilasiga ega boʻlmagan aka-ukalari, opa-singillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda nogironlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda nogironlikning guruhi, sababi va muddati tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi, keyinchalik ushbu mablagʻlar himoya qilinuvchi shaxsga mulkiy zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan shaxsdan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir yoʻla beriladigan nafaqa himoya qilinuvchi shaxsning oʻziga yoki himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan shaxslarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bir yoʻla beriladigan nafaqani tayinlash va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Himoya qilinuvchi shaxs ushbu Nizomning 3-bandidagi asoslardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelgan taqdirda, himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi yozma ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, ariza ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan himoya qilinuvchi shaxsning oila aʼzolari tomonidan beriladi. Agar himoya qilinuvchi shaxsning oila aʼzolari voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, sogʻligʻining holati, yoshi va boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslar boʻlsa, ariza ushbu shaxslarning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organga bergan xabarlari ham himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash haqidagi arizani (xabarni) olganidan soʻng, uch sutka ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan asoslar himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan vujudga kelganligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash haqida yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijtimoiy himoya chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqarishda himoya qilinuvchi shaxs, shuningdek, uning oila aʼzolari ushbu Nizomga muvofiq bir yoʻla beriladigan turli nafaqalarni olish huquqiga ega boʻlsa, ularga ushbu nafaqalardan faqat oʻzlari tanlagan bittasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorda (ajrimda) bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlashning asoslari, nafaqani qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek, oʻziga nisbatan ushbu qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga bir sutka ichida pochta orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) qabul qilinganidan soʻng bir sutka ichida ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ nafaqani qabul qiluvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, tugʻilgan kuni va telefon raqami) hamda unga tayinlangan nafaqa turi va toʻliq miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda qarorning (ajrimning) elektron nusxasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga maʼlumotlar kelib tushgan kundan uch sutka ichida ushbu tizim orqali nafaqani qabul qiluvchi shaxsning mobil telefon raqamiga bir yoʻla beriladigan nafaqa ajratilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Himoya qilinuvchi shaxsga tayinlangan bir yoʻla beriladigan nafaqani berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimiga (filialiga) keyingi oyning 4-sanasiga qadar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ nafaqa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan tegishli mablagʻlarni AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimiga (filialiga) keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻtkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimi (filiali) toʻlov oyining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-sanasidan 27-sanasiga qadar bir yoʻla beriladigan nafaqa oluvchilarga nafaqa pulini toʻlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-sanasiga qadar nafaqa toʻlanganligi toʻgʻrisida ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organga maʼlumot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-sanasiga qadar toʻlanmagan mablagʻlarni tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytaradi hamda elektron maʼlumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nafaqa toʻlovi boʻyicha AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimlari (filiallari) koʻrsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ bilan AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, halok boʻlgan (vafot etgan) shaxsning oila aʼzolariga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida har biriga teng ulushda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori halok boʻlgan (vafot etgan) shaxsning ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan oila aʼzolari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, nogironlik guruhiga koʻra quyidagicha bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III guruh — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan tan jarohatining ogʻirligiga hamda uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligiga qarab quyidagicha bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijtimoiy himoya choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ tomonidan uni olgan kunidan boshlab oʻn sutka ichida ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi yoki oʻlimga sabab boʻlgan tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, ushbu Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilgan bir yoʻla beriladigan nafaqani olish huquqi nogironlik yoki oʻlim faktini yoxud sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni belgilash paytidan boshlab vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Himoya qilinuvchi shaxsga bir yil ichida tan jarohati yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilishi oqibatida uning nogironligi yoki oʻlimi fakti belgilangandan soʻng, ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ quyidagilarni toʻlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsga — nogironlik guruhiga mos ravishda, ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori va unga ushbu Nizomning 21-bandi asosida avval toʻlangan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori oʻrtasidagi farq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning oila aʼzolariga — ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori bilan himoya qilinuvchi shaxsga ushbu Nizomning 20 yoki 21-bandlariga muvofiq avval toʻlangan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori oʻrtasidagi farq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan summani olish uchun tegishincha himoya qilinuvchi shaxs yoki uning oila aʼzolaridan biri ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli farqni toʻlash himoya qilinuvchi shaxsning (uning oila aʼzolaridan birining) arizasiga koʻra “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan quyidagi maʼlumotlar asosida oʻn sutka ichida ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qilinuvchi shaxsning vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok boʻlgan (vafot etgan) himoya qilinuvchi shaxsning oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli summadagi nafaqa qayta tayinlanganligi toʻgʻrisida alohida qaror qabul qilinib, ushbu Nizomning 14 — 18-bandlarida belgilangan tartibda nafaqa toʻlovi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori oʻlim kunidagi, tan jarohati yetkazilgan (mayib boʻlish) yoki uning sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan hollarda esa mazkur ziyon yetkazilgan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ tomonidan himoya qilinuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bir yoʻla berilgan nafaqa haqidagi maʼlumot himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organning soʻrovi boʻyicha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash masalalari boʻyicha himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ va ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bir yoʻla beriladigan nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi birinchi qismi 7-bandiga muvofiq soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bir yoʻla beriladigan nafaqani asossiz va noqonuniy toʻlash holatlari aniqlangan taqdirda, ariza beruvchiga toʻlangan nafaqa miqdori sud tartibida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash va yetkazib berish xarajatlarini moliyalashtirish (tashkilotlarning bank xizmatlari uchun xarajatlari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoya qilinuvchi shaxsga (himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, uning oila aʼzolariga) bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash va toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

1. Himoya qilinuvchi shaxs, himoya qilinuvchi shaxsning oila aʼzolaridan biri

(uning qonuniy vakili)

1. Nizomning 3-bandidagi asoslardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelgan taqdirda, himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organga yozma ariza bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar

2. Ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organga xabar beradi.

2-bosqich

Himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ

1. Nizomning 3-bandidagi asoslar himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan vujudga kelganligini aniqlaydi.

2. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) boʻlsa, uning oila aʼzolari tarkibini aniqlaydi.

3. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash haqida yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qiladi.

Arizani (xabarni) olganidan soʻng 3 sutka ichida

4. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni (ajrimni) ijtimoiy himoya choralarini taʼminlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek, oʻziga nisbatan qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga pochta orqali yuboradi.

Qaror (ajrim) chiqarilgandan soʻng 1 sutka ichida

3-bosqich

Ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ

1. Nafaqani qabul qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, tugʻilgan kuni va telefon raqami) hamda unga tayinlangan nafaqa turi va toʻliq miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qarorning (ajrimning) nusxasini “Ijtimoiy himoya reyestri” ATga yuboradi.

Qaror (ajrim) chiqarilgandan soʻng 1 sutka ichida

2. “Ijtimoiy himoya reyestri” AT orqali nafaqani qabul qiluvchi shaxsning mobil telefon raqamiga bir yoʻla beriladigan nafaqa ajratilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi.

Maʼlumotlar kelib tushgan kundan soʻng 3 sutka ichida

3. Himoya qilinuvchi shaxsga tayinlangan bir yoʻla beriladigan nafaqani berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnomalarini tizimda shakllantiradi.

Avtomatik tarzda

4. Elektron toʻlov qaydnomalarini AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimiga (filialiga) yuboradi.

Keyingi oyning 4-sanasiga qadar

5. Nafaqa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan tegishli mablagʻlarni AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimining (filialining) maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib yuboradi.

Oyning 5-sanasiga qadar

4-bosqich

AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimi

(filiali)

1. Bir yoʻla beriladigan nafaqani oluvchilarga nafaqa pulini toʻlaydi.

Oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar

2. Nafaqa toʻlanganligi toʻgʻrisida ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organga maʼlumot taqdim etadi.

Oyning 30-sanasiga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________________________________________________

(himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ)

Quyidagi manzilda yashagan fuqaro ______________________

Mahalla _____________________________________________

Koʻcha (mavze) _________________________________________

Xonadon _____________________________________________

JSHSHIR ____________________________________________

tomonidan ___________________________________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

ARIZA

Sizdan jinoyat protsessida ishtirok etganim munosabati bilan menga nisbatan tan jarohati yoki sogʻligʻimga boshqacha ziyon yetkazilganligi (shaxs vafot etganda, _______________________ jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlganligi (vafot etganligi) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan quyidagi bir martalik nafaqani tayinlash va uning toʻlab berilishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman:

□ halok boʻlgan (vafot etgan) shaxsning oila aʼzolariga bir yoʻla beriladigan nafaqa;

□ nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan shaxsga bir yoʻla beriladigan nafaqa;

□ nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilgan shaxsga bir yoʻla beriladigan nafaqa.

Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:

□ shaxsning halok boʻlganligi (vafot etganligi) va/yoki tan jarohati yetkazilganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligini tasdiqlovchi maʼlumot.

Boshqa hujjatlar:

_________________________________________________________________________________________

Arizani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi xabarni quyida keltirilgan telefon raqamiga: +998_________ yoki ________________ elektron pochtaga yuborishingizni soʻrayman.

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

AT “Xalq banki”da mening nomimga ijtimoiy karta ochilmagan boʻlsa, AT “Xalq banki”da nomimga yangi bank kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman.

Murojaat qiluvchining imzosi: _______________

Sana: 20 ___ yil “___” _______________

Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim:

_____________________________

(himoya qilishni taʼminlash toʻgʻrisida

qaror qabul qiluvchi organning masʼul xodimi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2025-y., 09/25/103/0171-son)