OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Qarori
“OʻZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI MTPLARINING 2004 YIL GʻALLA HOSILINI OʻRISh BOʻYIChA KOʻRSATGAN XIZMATLARI HAQINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 18-iyunda 1371-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarning 2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmat haqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini tashkil etish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2004-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda amalda boʻladi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31 may,
34-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31 may,
79-son
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligining
2004-yil 31 maydagi
34, 79-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Moliya vazirligining
2004-yil 31 maydagi
34, 79-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi “2004-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 200-sonli qaroriga muvofiq “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmat haqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1. Adliya vazirligida 1999-yil 1-martda 657-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitoblarda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi”ga koʻra, “Oʻzdonmahsulot” DAK korxonalarining 22602-sonli akkreditiv hisob-raqamlaridan shirkat va fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq yakuniy hisob-kitob qilish uchun mablagʻ yoʻnaltiriladi.
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasining MTPlari 2004-yil gʻalla oʻrimi boshlangunga qadar gʻalla topshiruvchi shirkat va fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan:
oʻriladigan gʻalla maydonlarini;
gʻalla oʻrimi boʻyicha bajariladigan ishlar hajmlarini;
haqdorlik va qarzdorlikni hisobga olgan holda talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir shirkat va fermer xoʻjaligi qirqimida xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlinmalari orqali Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmalariga taqdim etadilar.
Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmalari ushbu maʼlumotlarni jamlab AT Gʻallabankning viloyat mintaqaviy filiallariga va Markaziy bankka taqdim etadi. Maʼlumotlar oʻz vaqtida Markaziy bankda va Respublika Gʻallabankida jamlanib, Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hisob-kitobi” Jamgʻarmasiga taqdim etiladi.
3. “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari gʻalla oʻrimi boshlanishi bilan har bir shirkat va fermer xoʻjaligi maydonini oʻrishga tushishdan oldin, gʻalla oʻrimi boʻyicha shartnomaga asosan bajariladigan ish hajmini, haqdorlik, qarzdorlikni hisobga olgan holda dalolatnoma (1-ilova) asosida rasmiylashtiradi va oʻrim boʻyicha tegishli xizmat koʻrsatadi.
Tegishli dalolatnoma tuzilmasdan (oʻrim haqi oldindan 100% toʻlangan holatlardan tashqari) xizmat koʻrsatish (gʻalla oʻrish) taqiqlanadi. Ushbu dalolatnoma gʻalla oʻrib berilgandan soʻng, xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov talabnomalarini taqdim etish uchun asos hisoblanadi va MTP tomonidan 1 ish kuni muddatida oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etilishi shart.
4. Tuman MTPlariga xizmat koʻrsatuvchi AT Paxtabank va boshqa tijorat banklari boʻlimlari (filiallari) tomonidan har 5 kunda mavsum davomida MTPlar bajargan ishlar hajmi bilan ular tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalarining mutanosibligi nazorat qilib boriladi.
5. 2004-yil don oʻrimi mavsumida PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat(fermer) xoʻjaliklariga ajratiladigan mablagʻ hisobidan tuman MTPlari tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻlanishini muvofiqlashtirish AT Paxtabankning viloyat boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Don etishtiruvchi shirkat va fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlimlari (filiallari) MTPlar tomonidan haqiqatda taqdim etilgan toʻlov hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (har bir shirkat (fermer) xoʻjaliklari qirqimida) AT Paxtabankning viloyat boshqarmalariga taqdim etadilar.
AT Paxtabankning viloyat boshqarmalari 1 kun muddatda shirkat (fermer) xoʻjaliklarining hisob raqamlariga haqiqatda qoʻyilgan va ularga xizmat koʻrsatuvchi bank boʻlimlari (filiallari) tomonidan tasdiqlangan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi (har bir tuman shirkat (fermer) xoʻjaliklari qirqimida) maʼlumotlarni umumlashtirgan holda, viloyat Paxtabank boshqarmalari bilan viloyat MTP birlashmalari tomonidan tasdiqlangan holda AT Gʻallabank viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadi.
7. AT Gʻallabankning tegishli viloyat mintaqaviy filiallari har kuni “Oʻzagromashservis” uyushmasining viloyat MTPlar birlashmalariga, AT Paxtabankning viloyat boshqarmasiga shirkat va fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat (fermer) xoʻjaligiga topshirilgan gʻalla uchun haqiqatda toʻlanadigan mablagʻ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tumanlar va shirkat (fermer) xoʻjaliklari qirqimida taqdim etadi.
AT Paxtabankning viloyat boshqarmasi ushbu maʼlumotlarni tuman MTPlariga xizmat koʻrsatuvchi oʻz boʻlimlariga va boshqa tijorat banklari boʻlimlariga (filiallariga) yetkazadi.
8. AT Gʻallabankning viloyat mintaqaviy filiallari topshirilgan gʻalla uchun haqiqatda taqdim etilgan toʻlov hujjatlari (PK-10 va boshqalar) va AT Paxtabankning viloyat boshqarmalaridan olingan shirkat (fermer) xoʻjaliklarining hisob raqamlariga MTPlar tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqib MTP xizmatlari boʻyicha toʻlovlar uchun mablagʻlarga talabni aniqlaydi.
Ushbu mablagʻlarga talabni aniqlashda mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq MTPlardan olingan oʻriladigan gʻalla maydonidan kelib chiqib koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asos hisoblanadi.
9. AT Gʻallabank har kuni Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaga 23204-sonli muvaqqat hisob raqami orqali MTPlar koʻrsatgan xizmat boʻyicha toʻlovlar uchun qishloq xoʻjalik korxonalariga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisida buyurtma beradi.
10. Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma AT Gʻallabankdan olingan buyurtmalarga muvofiq 23204-sonli hisob raqami orqali qishloq xoʻjalik korxonalariga bosqichma-bosqich yakuniy hisob-kitob boʻyicha MTPlar koʻrsatgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga mablagʻ ajratadi.
Oʻz navbatida, AT Gʻallabank taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan haqiqatda topshirilgan gʻalla uchun shirkat va fermer xoʻjaliklarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga mablagʻ oʻtkazib beradi.
11. 2004-yil gʻalla hosili yakuniy hisob-kitoblari uchun shirkat (fermer) xoʻjaliklarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar toʻlov talabnomalari belgilangan tartibda akseptlangandan soʻng gʻalla hosilini etishtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash uchun “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
12. “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina traktor parklarining 23204-sonli maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar Hukumat kafolati asosida qishloq xoʻjalik texnikalarini sotib olishga jalb etilgan chet el krediti toʻlovlari uchun toʻliq hajmda tuman MTPlaridan toʻgʻridan toʻgʻriva viloyat MTPlari birlashmalari orqali “Taʼminotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatiga va “Oʻzsanoatmashimpeks” DAK ga yoʻnaltiriladi.
“Taʼminotchi-Paxta” AJ va “Oʻzsanoatmashimpeks” DAKning 23204-sonli maxsus hisob raqamlariga kelib tushgan mablagʻlar toʻliq hajmda chet el krediti boʻyicha qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltirilishi shart.
13. Topshirilgan gʻalla uchun shirkat (fermer) xoʻjaliklarining boshqa hisob raqamlariga mablagʻ yoʻnaltirish, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari 2004-yil gʻalla hosilini oʻrib olishda koʻrsatgan xizmatlari haqlari toʻlab berilishidan kelib chiqqan holda Jamgʻarma tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
14. Ushbu Nizomga asosan, joylarda ishni tashkil etishga Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-yanvardagi (03-28-15-sonli) bayoniga muvofiq qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazib berilgan moddiy resurslar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha hududlarga biriktirilgan rahbarlar, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari boʻyicha esa “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi (Nishonov) masʼul etib tayinlanadi (2-ilova*).
15. Ushbu Nizomga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik shaxsan MTP va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlim rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi.
16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan fermer va shirkat xoʻjaliklari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlim rahbarlari hamda masʼul xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Jinoyat kodekslariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Markaziy bank Raisi birinchi oʻrinbosari M. JUMAGELDIYEV
Jamgʻarma direktori S. ABDULLAYEV
“Oʻzagromashservis” Uyushmasi raisi SH. NISHANOV
AT “Paxtabank” Boshqaruvi raisi K. TOShMATOV
“Oʻzdonmahsulot” DAK raisi I. NAJMIDDINOV
AT “Gʻallabank” Boshqaruvi raisi I. OʻRINBOYEV
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining
2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha
koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
2004-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha
koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
| | | | | | |
| | | | 3 nusxada toʻldiriladi 1 nusxa bajaruvchiga 1 nusxa buyurtmachiga 1 nusxa bankka toʻlov talabnoma qoʻyishga | ||
Bajaruvchi: ___________________________ tuman MTP AJ |
| ||||
| Buyurtmachi: ____________________________ |
________________________________ xoʻjaligi | ||||
| |
nomi fermer, |
|
shirkat |
| |
| ______________________________________ qoʻrgʻon 2004-yil “____” ___________________ № ______ sonli shartnomaga asosan bajarilgan ish (xizmat)lar boʻyicha |
| ||||
|
| |||||
|
Bajarilgan ish turi |
Texnikani |
Gʻalla oʻrilgan maydon (ga) |
Bir gektar gʻalla maydonini oʻrish bahosi, soʻm |
Jami summasi, ming soʻm | |
|
rusumi |
Zavod raqami | ||||
|
Gʻalla oʻrish |
|
|
|
|
|
| | | | | | |
| | | | | | |
|
Jami: |
| | | | |
| Toʻlanishi kerak boʻlgan summa ______________________________________________________________ | |||||
| | |
(summa soʻz bilan yoziladi) | |||
| Dizel yoqilgʻisi sarfi buyurtmachi hisobidan ___________________ litr, _________________________ | |||||
| | | | |
(summa soʻz bilan) | |
| 2004-yilni “___” ___________________ holatiga _________________ soʻm __________ shirkat (fermer) xoʻjaligining MTPdan boʻlgan _____________________ ming soʻm qarzini (haqini) hisobga olgan holda jami _________________ ming soʻm (_________________________________________________________) | |||||
| | |
(summa soʻz bilan yoziladi) | |||
| _________________________________________ toʻlab berishga kelishildi. | | ||||
|
|
| ||||
|
Boshqaruv raisi |
_______ |
________ |
Xoʻjalik rahbari ________ |
__________ | |
| |
(F.I.Sh) |
(imzo) |
|
(F.I.Sh) |
(imzo) |
| Bosh hisobchi |
_______ |
_______ |
Bosh hisobchi ___________ |
_________ | |
| |
(F.I.Sh) |
(imzo) |
|
(F.I.Sh) |
(imzo) |
| Operator |
_______ |
_______ |
| | |
| |
(F.I.Sh) |
(imzo) |
| | |
| M.Oʻ. | | | M.Oʻ. | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 284-modda)