24.01.2025 yildagi PQ-23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, yengil sanoat sohalari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida milliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini uygʻunlashtirish orqali ishlab chiqarish, sanoat korxonalari va qishloq xoʻjaligi tarmoqlari uchun eng ilgʻor innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya bazasini shakllantirish hamda uni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitetga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik mutaxassislarni va yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlarini oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlasin hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish uchun professor-oʻqituvchilar, jumladan, xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va tayanch doktorantlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil taʼlim va tanlov fanlarini zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining takliflari asosida oʻquv rejalariga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar Universitetning kamida ikkita bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitet talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati institutining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-23-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish

1.

Namangan davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

2.

Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.

3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

4. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

3.

Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi,

Universitet

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil mart

3. Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati institutining ishdan boʻshatiladigan ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil aprel

4.

Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil aprel

II. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

5.

Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va taʼlim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish asoslarini belgilash.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarini, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish.

2026-yil yanvardan

3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini oʻquv adabiyotlari yangi avlodi bilan taʼminlash maqsadida tahririyat-nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash.

2026-yil dekabr

6.

Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor-oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining tajribasini oʻrganish.

2. 2025-2026-yillar mobaynida Universitetga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

7.

Hamkor tashkilot va korxonalarda kadrlar tayyorlovchi mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha hamkor tashkilot va korxonalarda mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet,

hamkor tashkilot va korxonalar

2. Mutaxassislik kafedralarining filiallarida mashgʻulotlar olib borgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlashni joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

8.

Universitetning texnika sohasiga oid 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Taʼlim sifatini taʼminlashda xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2025-yil iyun

3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

2025-yil iyun

4. Xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026-yil avgust

9.

Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va ilmiy-amaliy stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

3. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

10.

Universitet oʻquv jarayonlariga xorijdan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Oʻzaro hamkorlik asosida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayonlariga jalb etish.

2025 — 2027-yillarda

11.

Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritishga tayyorlash.

1. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitetning nufuzli ilmiy-texnik bazalarda oʻz profiliga ega boʻlishini taʼminlash.

2025-yil mart

3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Universitet profilini ochish.

2025-yil dekabr

4. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.

2025 — 2027-yillarda har olti oyda

12.

Universitet tasarrufidagi akademik litseylarda taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrish.

1. Akademik litsey uchun ikki yillik tizimga moslashtirilib, chuqurlashtirilgan fanlardan yaratilgan darslik va adabiyotlarni aprobatsiyadan oʻtkazish va chop etishga tayyorlash.

2025-yil iyun

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Aprobatsiyadan oʻtgan va nashr qilishga tayyorlangan darsliklarni chop etish.

2025-yil avgust

3. Universitet tasarrufidagi akademik litsey oʻquv dasturlarini xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida takomillashtirish.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

13.

Universitet tasarrufidagi akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish va yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

1. Akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitet tasarrufidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

14.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tizimli tashkil etish.

1. Universitetning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tizimli tashkil etish uchun ehtiyojlar yuqori boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga doktoranturaga oʻqishga yuborish.

2026-yil noyabr

15.

Universitet tadqiqotchilarining ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish.

1. Universitet ilmiy-texnik, muhandis xodimlari va tadqiqotchilarini respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Namangan viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida tadqiqotchilarning stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.

2025-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Namangan viloyati hokimligi

16.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Namangan viloyati Yoshlar texnoparki bilan hamkorlikda innovatsion ishlanmalarni yaratish va ularning samaradorligini oshirish.

2. Universitet kafedralaridagi ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

3. Tarmoq korxonalarining muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish.

4. Tarmoq korxonalarining buyurtmalariga muvofiq shartnomalar tuzish va loyihalarni bajarish.

2026-yil may

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

2026-yil may

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

IV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

18.

Universitetning yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshiriladigan 2025-yil uchun moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Universitet ish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ish rejani tasdiqlash va ijroga yoʻnaltirish.

2025-yil mart

19.

Universitetda talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil may

20.

Talabalarning ichki tartib qoidalarga toʻliq rioya etishini taʼminlash maqsadida Namangan davlat texnika universitetining odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

1. Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

-

Universitet

2. Barcha bosqichdagi talabalarni Odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.

2025-yil may

3. Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinishi yuzasidan Odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabrdan

21.

Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va ijodiy kechalar oʻtkazish roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

reja asosida

V. Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

22.

Universitetning bino va inshootlarini joriy taʼmirlash.

1. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlarni joriy taʼmirlash.

2025-yil avgust

23.

Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlashni 2026-yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.

1. Universitetning bino va inshootlarini taʼmirtalabligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil avgust

Respublika budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi,

Universitet

2. Xatlov natijasida taʼmirtalab deb topilgan bino va inshootlarni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taklif kiritish.

2025-yil oktabr

24.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish.

1. Manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish rejasini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Belgilangan rejaga asosan manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish.

2025-yil mart

VI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

25.

Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Universitetning mavjud binolarida IT infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish.

2025-yil iyun-iyul

3. Universitetning barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash.

2025-yil avgust

4. Universitetdagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr taʼminoti manbai bilan taʼminlash.

2025-yil sentabr

26.

Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

1. Universitetda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim muassasalariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.

2025-yil iyun

27.

Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

1. Universitet uchun “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish” (billing.edu.uz) axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va alohida profil yaratish, tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

2025-yil aprel

28.

Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.

2025-yil may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni, (m2)

Balansda saqlovchi

1.

1, 2, 3-oʻquv bino-inshootlari

Namangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov koʻchasi 12-uy

110600,0

Namangan muhandislik-qurilish instituti

2.

600 oʻrinli talabalar turar joyi bino va inshootlari

Namangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov koʻchasi 27-uy

14600,0

3.

Ustaxona va ombor binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani M. Murodov koʻchasi 101-uy

2878,0

4.

4-oʻquv binosi

Namangan shahri Yangi Namangan tumani Anorzor koʻchasi 1-uy

9573,0

5.

5-oʻquv binosi

Namangan shahri Yangi Namangan tumani 8-mart koʻchasi 6-A-uy

37900,0

6.

7-oʻquv binosi

Uychi tumani Yorqoʻrgʻon qishlogʻi Navoiy koʻchasi 1-uy

21300,0

7.

7-oʻquv binosi ochiq sport maydoni

Uychi tumani Yorqoʻrgʻon qishlogʻi Navoiy koʻchasi 1-uy

8600,0

8.

1, 2, 3, 4, 5, 6-oʻquv binolari, 1-TTJ binosi va oshxona, faollar zali, sport zal, yordamchi oʻquv bino-inshootlar

Namangan shahri Davlatobod tumani Kosonsoy koʻchasi 7-uy

39655,4

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

9.

360 oʻrinli 2-TTJ binosi va inshootlari

Namangan shahri Davlatobod tumani I. Karimov koʻchasi 1-uy

7806,3

10.

7-oʻquv binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar koʻchasi 1-uy

4630,9

11.

8, 9, 10-oʻquv binolari

Namangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar koʻchasi 1-uy

16648,9

12.

11-oʻquv binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani Mustaqillik koʻchasi 6-A-uy

9715,0

13.

1, 2, 3-oʻquv binosi, sport zal va yordamchi bino-inshootlar

Namangan shahri Davlatobod tumani Janubiy aylanma yoʻli koʻchasi 17-uy

2435,1

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim tashkiloti nomi

Quvvati

I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari

1.

Namangan davlat texnika universitetining 1-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi)

820

2.

Namangan davlat texnika universitetining 2-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi)

600

II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari

1.

Kosonsoy tuman 1-son politexnikumi

810

2.

Kosonsoy tuman 2-son politexnikumi

900

3.

Kosonsoy tuman 3-son politexnikumi

555

4.

Mingbuloq yengil sanoat texnikumi

540

5.

Mingbuloq agrotexnologiyalar texnikumi

720

6.

Mingbuloq tuman 1-son politexnikumi

1530

7.

Mingbuloq tuman 2-son politexnikumi

585

8.

Namangan tuman 2-son politexnikumi

1050

9.

Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi

765

10.

Namangan xizmat koʻrsatish va servis texnikumi

1260

11.

Namangan shahar 1-son politexnikumi

540

12.

Namangan shahar 2-son politexnikumi

900

13.

Norin tuman 1-son politexnikumi

1050

14.

Norin tuman 2-son politexnikumi

720

15.

Pop tuman 1-son politexnikumi

1050

16.

Pop tuman 2-son politexnikumi

750

17.

Pop tuman 3-son politexnikumi

870

18.

Toʻraqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi

585

19.

Toʻraqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi

540

20.

Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

1050

21.

Uychi tuman 1-son politexnikumi

1530

22.

Uychi tuman 2-son politexnikumi

750

23.

Namangan sanoat va texnologiyalar texnikumi

1050

24.

Uchqoʻrgʻon sanoat va texnologiyalar texnikumi

840

25.

Uchqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi

960

26.

Uchqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi

900

27.

Chortoq tuman 1-son politexnikumi

900

28.

Chortoq tuman 2-son politexnikumi

600

29.

Chust tuman 1-son politexnikumi

900

30.

Chust tuman 2-son politexnikumi

1080

31.

Yangiqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi

750

32.

Yangiqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi

615

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2025-y., 07/25/23/0071-son)