21.01.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3602
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 21.01.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3602
Kuchga kirish sanasi
22.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3602]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son “Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
729-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 26-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 729-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Institutga jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik va matbaa faoliyati boʻyicha xizmat koʻrsatishni soʻrab oʻz ixtiyoriga koʻra murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik xizmat Institut tomonidan shartnoma asosida haq evaziga jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik va matbaa faoliyatini amalga oshirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institut jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida quyidagi faoliyat turlari boʻyicha pullik xizmat koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlik faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matbaa faoliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institut ekspertlik faoliyati boʻyicha quyidagi pullik xizmatlarni koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida jinoyatning omillari va tendensiyalari hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari boʻyicha xulosa berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institut ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha quyidagi pullik xizmatlarni koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati sohasida ijtimoiy fikrni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stenogramma xizmatini koʻrsatish (ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislari stenogrammasini tayyorlash).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institut noshirlik faoliyatida bosma mahsulotlarni (ilmiy va ommaviy adabiyotlarni, jumladan, kitob, gazeta, jurnal va tasviriy sanʼat asarlarini) nashr qilishga tayyorlash boʻyicha pullik xizmatlarni koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut matbaa faoliyati boʻyicha quyidagi pullik xizmatlarni koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma nashrlarni bosish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhr va shtamplar tayyorlash, bosma mahsulotlarni muqovalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pullik xizmat koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi pullik xizmat koʻrsatishni soʻrab Institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va Institut oʻrtasida ikki nusxada pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pullik xizmatlar preyskuranti (narxlari) Institut boshligʻi tomonidan bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Institutning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning kelib tushishi va maqsadli sarflanishini nazorat qilish Institut boshligʻi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 10/25/3602/0061-son)