10.12.2024 yildagi PQ-428-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligining Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat koʻrsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi texnika yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT laboratoriya bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash hamda talaba va professor-oʻqituvchilarning sanoat korxonalarida malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi hamda talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha ragʻbatlantirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitetda Transformatsiya markazini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatsiya markazi quyidagi masalalar yuzasidan masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda Universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida Universitet oʻquv-uslubiy boʻlinma hamda dekanatlar shtatlarini maqbullashtirish hisobidan Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning taʼlim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024/2025 oʻquv yili davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet ilmiy salohiyatini oshirib borish chorasini koʻrsin hamda uning xalqaro hamkorligini yoʻlga qoʻyishda, xususan, yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim va xalqaro almashinuv dasturlarini joriy etishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari va fanning oʻquv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan holda taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni tanlov asosida ishlab chiqarish, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Toshkent kimyo-texnologiya institutining sobiq Shahrisabz filiali bazasida Universitetning Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti faoliyatini yoʻlga qoʻyib, unda ustuvor ravishda oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-428-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish

Qarshi davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda  — Universitet) faoliyatini tashkil etish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

3. Universitetning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2025-yil
yanvar

 — 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

Universitetga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni jalb qilish.

1. Mutaxassis va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchi xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil
mart

 — 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Universitet

2025-yil

davomida

Universitet uchun zamonaviy kampus qurish.

1. Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

Qarshi shahridan kamida 20 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida Universitetga ajratish;

Universitet kampusini loyihalash va qurilishda respublika budjeti, mahalliy budjet, Universitetning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni belgilash;

Universitetning mavjud bino
va inshootlarini alohida lotlarga ajratib bosqichma-bosqich auksion savdolari orqali sotish va undan tushadigan mablagʻlarni Universitetga yoʻnaltirish;

qurilish ishlari amalga oshiriladigan va Universitet kampusi foydalanishga topshiriladigan muddatni belgilash.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil fevral










2025-yil
mart

— 

Qashqadaryo viloyati hokimligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

II. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

Universitetda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish.

1. Qashqadaryo viloyatidagi ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Universitetda kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini toʻliq qayta koʻrib chiqish.

2025-yil
mart

 — 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,

Universitet

2. Mazmun jihatidan yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini birlashtirish orqali yiriklashtirish.

2025-yil
may

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. 2025/2026 oʻquv yiliga qadar zamonaviy malaka talablarini va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish.

2025-yil
mart - aprel

 — 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ish beruvchilar takliflari va birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari fanlar katalogini optimallashtirish.

2025-yil
may

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.

2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.

3. Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

Universitetning 2 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

2025/2026 oʻquv yili davomida

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026/2027 oʻquv yili davomida

Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kirishga tayyorlash.

1. Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasi va erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlash.

2025-yil
iyun

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitetni nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga ulash hamda Universitetning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun erkin foydalanish imkonini yaratish.

2025-yil
mart

3. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalarini iqtiboslik darajasi yuqori boʻlgan xorijiy jurnallarda chop etish.

Doimiy

4. Chora-tadbirlar rejasining ijrosini va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini monitoring qilib borish.

Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining respublikadagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot markazlari va viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha dastur tayyorlash va amalga oshirish.

2024-yil fevral

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

Doimiy

4. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar, oliy taʼlim tashkilotlari, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Universitetning oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga yuqori malakali xorijlik professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish.

2. Xorijlik professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

Universitet tizimidagi akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini yanada oshirish.

1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi etib qayta nomlash.

2025-yil

Yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi etib qayta nomlash.

3. Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi etib qayta nomlash.

4. Universitet tizimidagi akademik litseylar oʻquv dasturlarini xalqaro dasturlar asosida takomillashtirish.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

5. Universitet tizimidagi akademik litseylarni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish.

2025/2026 oʻquv yili davomida

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish.

1. Universitet kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash va ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish.

2. Tarmoq korxonalarining muammolarini oʻrganish va ular boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish.

2025-yil fevral

 — 

Qashqadaryo viloyati hokimligi,
Universitet,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Tarmoq korxonalarining buyurtmasiga muvofiq shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiy

4. Universitet va Qashqadaryo viloyati Yoshlar texnoparki oʻrtasida hamkorlik samaradorligini oshirish hamda hamkorlikda yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish.

Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

2025-yil aprel

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

Doimiy

Universitetda yosh olimlar va talabalarga muhandislik-texnika yoʻnalishlaridagi innovatsion ishlanmalarning tajriba nusxalari (prototiplari)ni tayyorlash uchun sharoit yaratish.

1. Universitet hududida yosh olimlar va talabalar uchun innovatsion ishlanmalarining tajriba nusxalari va prototiplari tayyorlanadigan ustaxona, 3D loyihalash va modellashtirish hamda kichik ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmua barpo etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet

2. Ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmuani qurish ishlarini amalga oshirish.

2026/2027 oʻquv yili

3. Majmuani foydalanishga topshirish.

davomida

Universitet kampusi va bino-inshootlaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Universitetning mavjud binolarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil
mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Universitet

2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish.

2025-yil
iyul

3. Universitetning barcha binolarini optik tolali yuqori tezlikdagi internetga ulash.

2025-yil sentabr

Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

1. Universitetni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ga ulash.

2025-yil fevral

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. NEMIS” axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.

2025-yil

mart

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyekt nomi

Manzili

Egallagan maydoni, (m2)

Balansda saqlovchi

1.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosi

Qarshi shahri “Oydin” MFY Mustaqillik koʻchasi 225-uy

140 554,4

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

2.

Neft va gaz fakulteti binosi

Qarshi shahri “Naxshab” MFY Nasaf koʻchasi 6-uy

19 470,4

3.

Energetika fakulteti binosi

Qarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod koʻchasi 33-uy

16 100,0

4.

Iqtisodiyot fakulteti binosi

Qarshi shahri “Neftchi” MFY Mustaqillik koʻchasi 226-uy

30 040,3

5.

Geologiya va konchilik ishi fakulteti binosi

Qarshi shahri “Oydin” MFY Xonobod koʻchasi 15-uy

21 240,8

6.

Qishloq xoʻjalik mashinalari kafedrasi va garaj binosi

Qarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod shoh koʻchasi 7/158-uy

15 389,6

7.

2-sonli talabalar turarjoyi binosi

Qarshi shahri “Oydin” MFY M.Qoshgʻariy koʻchasi 4/86-uy

3 422,9

8.

Oʻquv poligoni binosi

Dehqonobod tumani “Duob” MFY

30 275,0

9.

Oʻquv-amaliyot poligoni binosi

Kasbi tumani “Mesit” MFY

20 189,6

10.

Oʻquv-amaliyot poligoni binosi

Kasbi tumani “M.Ulugʻbek” MFY

38 947,5

11.

Oʻquv-amaliyot poligoni binosi

Mirishkor tumani Vori qishlogʻi

32 947,5

12.

Oʻquv binosi

Qarshi shahri Xonobod shohkoʻchasi 19-uy

55 608,8

“Toshkent irrigatsiya
va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

13.

Oʻquv-amaliyot poligoni binosi

Kasbi tumani “Nazartepa” MFY Nazartepa qishlogʻi 21-uy

17 000,0

14.

Oʻquv-amaliyot poligoni binosi

Qarshi tumani “Dasht” MFY

17 650,0

15.

1-sonli oʻquv binosi

Shahrisabz shahri
Shahrisabz koʻchasi 20-uy

37 900,0

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

16.

2-sonli oʻquv binosi

Shahrisabz tumani
Avazmalik qishlogʻi 2-uy

40 000,0

17.

“A” oʻquv binosi

Qarshi tumani “Yertepa” QFY Mirmiron qishlogʻi

48 193,8

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

18.

“B” oʻquv binosi

Qarshi tumani “Mirmiron” MFY Mirmiron qishlogʻi 18-uy

39 744,3

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim tashkiloti nomi

Quvvati

I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari

1.

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi

600

2.

Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi

470

3.

Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi

450

II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari

4.

Gʻuzor tuman 2-son politexnikumi

900

5.

Gʻuzor sanoat va texnologiyalar texnikumi

540

6.

Dehqonobod tuman 2-son politexnikumi

540

7.

Kasbi tuman 1-son politexnikumi

900

8.

Kasbi tuman 2-son politexnikumi

740

9.

Kasbi agrotexnologiyalar texnikumi

750

10.

Kitob tuman 2-son politexnikumi

600

11.

Kitob tuman 3-son politexnikumi

600

12.

Koson agrotexnologiyalar texnikumi

900

13.

Koson tuman 2-son politexnikumi

600

14.

Koson tuman 3-son politexnikumi

675

15.

Qamashi tuman 1-son politexnikumi

540

16.

Qamashi tuman 2-son politexnikumi

615

17.

Qamashi tuman 3-son politexnikumi

750

18.

Qamashi agrotexnologiyalar texnikumi

750

19.

Qarshi tuman 2-son politexnikumi

615

20.

Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

645

21.

Qarshi tuman agrosanoat texnikumi

750

22.

Qarshi shahar 2-son politexnikumi

540

23.

Qarshi shahar 3-son politexnikumi

750

24.

Mirishkor tuman 2-son politexnikumi

900

25.

Muborak tuman politexnikumi

600

26.

Nishon tuman politexnikumi

900

27.

Chiroqchi tuman 1-son politexnikumi

900

28.

Chiroqchi tuman 2-son politexnikumi

720

29.

Chiroqchi tuman 3-son politexnikumi

900

30.

Yakkabogʻ tuman 1-son politexnikumi

750

31.

Yakkabogʻ tuman 2-son politexnikumi

600

32.

Yakkabogʻ tuman 3-son politexnikumi

900

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 07/24/428/1017-son)