ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Masʼullar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aloqa markazlarini xatlovdan oʻtkazadi. | Har yili 15-fevralga va 15-avgustga qadar | |||
2-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Reyestrni shakllantiradi va muntazam ravishda dolzarbligini taʼminlaydi. | Har yili 1-martga va 1-sentabrga qadar | |||
3-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qiladi. | Har chorakda | |||
4-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholaydi. | Har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar | |||
5-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalari hamda “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali eʼlon qiladi. | Har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar | |||
6-bosqich | Oʻzkomnazorat inspeksiyasi | Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi baholash natijalarini kiritadi. | Har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar | |||
2-ILOVA
T/r | Baholash mezonlari | Ballar | Izoh |
1. | Aloqa markazidan (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmati) (keyingi oʻrinlarda — aloqa markazi) foydalanish. | 15 | Aloqa markazidan foydalanish (D) hisobot davrida kelib tushgan chaqiruvlarning umumiy soniga nisbatan xizmat koʻrsatilgan foydalanuvchi chaqiruvlarining foiziga koʻra aniqlanadi. Bunda:
No — aloqa markazi tomonidan har chorak davomida xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soni; N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan, ishonch telefonlari, aloqa markaziga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR (interaktiv ovozli menyu) orqali javob olganlar bundan mustasno. Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazidan foydalanish darajasi quyidagicha baholanadi: 100 foizdan 85 foizgacha — 15 ball; 84 foizdan 70 foizgacha — 10 ball; 69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball; 54 foiz va undan past boʻlsa — 0 ball. |
2. | Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi. | 10 | Operatorning foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi vaqti (T) hisobot davrida aloqa markazi barcha operatorlari soʻzlashuvi umumiy davomiyligining ushbu davr uchun xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soniga nisbatiga koʻra aniqlanadi va Tnorma — 360 sekunddan ortiq boʻlmagan normalangan qiymat bilan taqqoslanadi. Bunda:
ΣTdavom — hisobot davrida chaqiruvlarni liniyada kutish rejimida ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, aloqa markazi barcha operatorlari soʻzlashuvining umumiy davomiyligi; N — hisobot davrida xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soni; Tnorma — 360 soniyadan ortiq boʻlmagan normalangan qiymat. Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi darajasi quyidagicha baholanadi: 360 soniyadan koʻp boʻlmaganda — 10 ball; 360 soniyadan koʻp boʻlganda — 0 ball. |
3. | Aloqa markazi axborot tizimining tayyorlik koeffitsiyenti. | 15 | Aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti (Kt) hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining umumiy vaqtidan jami bekor turib qolgan vaqti ayirmasining umumiy ish vaqtiga nisbatiga koʻra aniqlanadi. Umumiy vaqt — bu tahlil qilinayotgan davr (har chorak) uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida boʻlishi kerak boʻlgan vaqt (rejadagi uzilishlar bundan mustasno). Bunda:
Tumumiy — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida boʻlishi kerak boʻlgan umumiy vaqt; Tb — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining jami bekor turib qolgan (ishdan chiqqan) vaqti. Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti darajasi quyidagicha baholanadi: 100 foizdan 99 foizgacha — 15 ball; 98 foizdan 70 foizgacha — 10 ball; 69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball; 54 foiz va undan past boʻlsa — 0 ball. |
4. | Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti. | 15 | Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti Toʻ aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi (serveri)ning chaqiruvlarga xizmat koʻrsatish statistikasi asosida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi. Bunda:
Nulanish — hisobot davri uchun aloqa markazi operatorlari javob bergan barcha chaqiruvlarning umumiy soni; k — aloqa markazi operatori tomonidan xizmat koʻrsatilgan barcha foydalanuvchi murojaatlarining umumiy soni, miqdoriy jihatdan bu qiymat Nulanish ga teng. Ushbu koʻrsatkich operatorlarning foydalanuvchiga xizmat koʻrsatish va yangi chaqiruvlarga javob berishda tezkorlik darajasini koʻrsatadi. Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti quyidagicha baholanadi: 180 sekundda — 15 ball; 181 — 210 soniyagacha — 10 ball; 211 — 240 soniyagacha — 5 ball; 241 — 300 soniyagacha — 3 ball; 301 — 360 soniyagacha — 1 ball; 360 soniyadan oshsa — 0 ball. |
5. | Operator bilan bogʻlanish uchun urinishlar soni. | 15 | Birinchi qoʻngʻiroqda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 86 — 100 foizini tashkil etganda — 15 ball; ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 71 — 85 foizini tashkil etganda — 10 ball; uchinchi urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 55 — 70 foizini tashkil etganda — 5 ball; toʻrt va undan ortiq urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 0 — 54 foizini tashkil etganda — 0 ball. |
6. | Aloqa markazining ish tartibi. | 10 | Tunu-kun, 24/7 rejimida ishlasa — 10 ball; boshqa rejimlarda — 5 ball. |
7. | Aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli eʼtiroz va shikoyatlar mavjud emasligi. | 10 | Hisobot davrida aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli eʼtiroz va shikoyatlar koʻrsatkichi (S) jami shikoyatlar sonining umumiy qoʻngʻiroqlar soniga nisbatan foizi bilan aniqlanadi. Bunda:
Sh — hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlar soni; N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatiga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR orqali javob olganlar bundan mustasno. S = 0 boʻlsa — 10 ball; 0 ≤ S < 0,5 boʻlganda — 8 ball; 0,5 ≤ S < 1 boʻlganda — 6 ball; 1 ≤ S < 1,5 boʻlganda — 4 ball; 1,5 ≤ S < 2 boʻlganda — 2 ball; 2 ≤ S boʻlganda — 0 ball. |
8. | Aloqa markazlarining texnik-tashkiliy holati | 10 | 10 ball quyidagicha hisoblanadi: hududlardan qoʻngʻiroq qilish imkoniyatini yaratilganligi — 2 ball; soʻrovlarni boshqa idoraviy aloqa markazlariga yoʻnaltirish imkoniyati mavjudligi — 3 ball; foydalanuvchilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegishli tushuntirishlar berish — 5 ball. |
Jami | 100 | ||





