1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Karmana tumanida kimyo sanoati yoʻnalishida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9 va 24-moddalariga muvofiq, shuningdek, Navoiy viloyatida kimyo sanoati yoʻnalishidagi loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Karmana tumanida xitoylik investor Ju Dongliang taʼsischiligida “Zarafshon Industrial Technology” MChJ xorijiy korxonasida (keyingi oʻrinlarda — “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK) 2019-yilda korxonaga ijara huquqi bilan ajratilgan 30 gektar yer uchastkasida 200 ming tonna olium, 120 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 46 mln AQSh dollariga teng boʻlgan investitsiya loyihalari ishga tushirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning 2024-yil iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralarda Navoiy viloyati Karmana tumanida 100 gektar yer maydonida 2028-yil oxiriga qadar 1 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan kimyo sanoati yoʻnalishidagi yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining 2024-yil 29-oktabrdagi 175-sonli qarori bilan Navoiy viloyati Karmana tumanida 104 gektar yer uchastkasida kimyo sanoati yoʻnalishida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan bildirilgan taklif eng yaxshi taklif sifatida tanlab olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilot tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumanida tanlangan 104 gektar yer uchastkasini 25 yilga ijaraga olish huquqining qiymati 43 mlrd soʻm miqdorida baholanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Navoiy viloyatining Karmana tumani hududidagi 1-ilovaga muvofiq sugʻorilmaydigan 104 gektar yer uchastkasi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadiga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarafshon Industrial Technology” MChJ XKga 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan yer uchastkasida 2-ilovaga muvofiq 2024 — 2028-yillarda umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollari boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari uchun barcha turdagi tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104 gektar yer uchastkasini 25 yilga ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga 0,1 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda yakuniy 4,3 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻni hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarni toʻlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq 104 gektar yer uchastkasi zaxiraga qaytarilishi va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karmana tumani hokimi va “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK oʻrtasida mazkur qarorda nazarda tutilgan shartlar asosida yer ijarasi shartnomasi tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yer uchastkalarini saqlash vazifasi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan investitsiya loyihalari uchun tashqi gaz va suv taʼminoti inshootlarini qurish maqsadida 3-ilovaga muvofiq yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish zarurati yuzaga kelganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XKga yer fondi toifasini oʻzgartirmagan hamda yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda, 3-ilovadagi yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan investitsiya loyihalari amalga oshirilishida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari bajarilishini monitoring qilib borsin, “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XKga loyihalarni amalga oshirishda tashkiliy jihatdan koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Yerga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan mazkur qarorda belgilangan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan va yer ijara shartnomasida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-37-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 Oʻrmon fondi yerlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda “Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan ijaraga olingan yer uchastkalariga tutash hududda kimyo sanoati yoʻnalishida boshqa investitsiya loyihalarini joylashtirish va oʻzaro kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish uchun sugʻorilmaydigan 200 gektar yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
750-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-noyabrdagi 750-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yangiariq” MFY hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadiga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan, “Zarafshon Industrial Technology” MChJ xorijiy korxonasiga ijaraga beriladigan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Yer uchastkasidan foydalanish yoʻnalishi
Kontur raqami
Yer maydoni, gektar
Koordinata raqami
1.
Kimyo sanoati yoʻnalishida 17 ta investitsiya loyihasini joylashtirish
460q, 133q
100
1) 40° 3ʻ44.38"S 65°14ʻ32.04"V,
2) 40° 3ʻ44.56"S 65°15ʻ9.56"V,
3) 40° 3ʻ5.32"S 65°15ʻ10.58"V,
4) 40° 3ʻ5.28"S 65°14ʻ33.68"V
2.
Temir yoʻl tarmogʻi va inshootlarini qurish uchun
130q, 464q, 463q, 133q, 460q
2,36
1) 40°04ʼ07.39" S 65°16ʼ41.42" V
2) 40°04ʼ01.05"S 65°16ʼ40.44"V
3) 40°03ʼ55.33"S 65°16ʼ30.95"V
4) 40°03ʼ51.64"S 65°16ʼ10.60"V
5) 40°03ʼ47.72"S 65°15ʼ50.08"V
6) 40°03ʼ45.39"S 65°15ʼ37.75"V
7) 40°03ʼ42.70"S 65°15ʼ30.09"V
8) 40°03ʼ31.67"S 65°14ʼ59.58"V
9) 40°03ʼ31.80"S 65°14ʼ47.34"V
10) 40°03ʼ39.00"S 65°14ʼ39.42"V
11) 40°03ʼ59.97"S 65°14ʼ37.22"V
3.
Elektrenergiyasi tarmoqlari va inshootlarini qurish uchun
131q, 1054q, 132q, 133q, 460q
1,65
1) 40° 04ʻ30.98"S 65°16ʻ01.16"V,
2) 40° 04ʻ20.52"S 65°16ʻ06.56"V,
3) 40° 04ʻ00.19"S 65°15ʻ58.67"V,
4) 40° 03ʻ59.79"S 65°15ʻ07.92"V,
5) 40° 03ʻ53.73"S 65°14ʻ52.38"V,
Jami gektar
104,01
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-noyabrdagi 750-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda Navoiy viloyati Karmana tumanida “Zarafshon Industrial Technology” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan kimyo sanoati yoʻnalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Loyiha nomi
Ishlab chiqarish quvvati
Loyiha umumiy qiymati, mln AQSh dollari
Shundan, xorijiy investitsiya, mln AQSh dollari
Ishga tushish muddati
Yaratiladigan ish oʻrinlari, nafar
oʻlchov birligi
naturada
Jami loyihalar:
1 040,0
1 040,0
x
1 880
2024-2025-yillarda ishga tushiriladigan loyihalar:
426,0
426,0
x
520
1.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish va 15 MVt lik energoblok qurish
ming tonna
330
58,0
58,0
01.09.2024 yy.
120
2.
Kaustik soda va xlor mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
50 (kaustik soda)
50 (xlor)
120,0
120,0
01.06.2025 yy.
70
3.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish va 50 MVt lik energoblok qurish
ming tonna
1000
150,0
150,0
01.11.2025 yy.
200
4.
Antraxinon ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
20
15,0
15,0
01.12.2025 yy.
20
5.
H (eych) kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
20
11,0
11,0
01.12.2025 yy.
20
6.
Polialyuminiy xlorid ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
100
8,0
8,0
01.12.2025 yy.
20
7.
Ftal angidridi ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
20
64,0
64,0
01.12.2025 yy.
70
2026-yilda ishga tushiriladigan loyihalar:
288,0
288,0
X
600
8.
Ftalotsianin ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
100
135,0
135,0
01.12.2026 yy.
280
9.
Koʻk ftalotsianin ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
100
133,0
133,0
01.12.2026 yy.
280
10.
Alyuminiy uchxlorid ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
150
10,0
10,0
01.12.2026 yy.
20
11.
Mis xlorid ishlab chiqarishni tashkil etish
ming tonna
10
10,0
10,0
01.12.2026 yy.
20
2027-2028-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar:
326,0
326,0
x
760
12.
Vodorod peroksidi ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
100,0
100,0
2027-2028 yy.
250
13.
Temir sulfati ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
56,0
56,0
2027-2028 yy.
100
14.
Dimetilsulfat ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
60,0
60,0
2027-2028 yy.
60
15.
Natriy sulfid ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
10,0
10,0
2027-2028 yy.
50
16.
Trimetilanilin ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
50,0
50,0
2027-2028 yy.
150
17.
Rezorsin ishlab chiqarishni tashkil etish
aniqlanmoqda
50,0
50,0
2027-2028 yy.
150
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-noyabrdagi 750-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarafshon Industrial Technology” MChJ XK tomonidan investitsiya loyihalari uchun tashqi gaz va suv taʼminoti inshootlarini qurish maqsadida cheklangan tarzda foydalanish (servitut belgilash) zarur boʻlgan yer uchastkalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Yoʻnalishi
Kontur raqami
Yer maydoni, ga
Shundan
Koordinata raqami
ekin yerlari, ga
boʻz yerlar, ga
yaylov, ga
boshqa yerlar, ga
1.
Karmana tumanidan gaz inshootlari qurilishi uchun
77q, 96q
1,03
1,03
1) 40° 4ʼ10.97"S 65°15ʼ15.08"V
2) 40° 4ʼ10.75"S 65°14ʼ45.47"V
3) 40° 4ʼ0.13"S 65°14ʼ45.59"V
2.
Karmana tumani hududidan suv inshootlari qurilishi uchun