08.11.2024 yildagi 748-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat sohasida milliy brend egalari hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining maxsus elektron platformasida har yili 1-aprelga qadar nufuzli xalqaro va milliy brendlarning roʻyxati shakllantirilishi va eʼlon qilib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga hamda milliy sanoat brendlari roʻyxatiga kiritilgan brend egalariga Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllanilishining belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi nufuzli xalqaro brendlar hamkorlari va milliy brend egalarining roʻyxatlarini shakllantirish uslubiyatini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatini shakllantirishda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning soʻnggi reytingida birinchi 500 oʻrinni egallagan sanoat yoʻnalishidagi brend egalarini saralab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari roʻyxatini shakllantirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgilari boʻyicha milliy konsalting kompaniyalari tadqiqotlari natijalarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgilari ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi holati hamda ular toʻgʻrisida soʻrovlar soni boʻyicha mezonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish mezonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
748-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom milliy brend egalarini hamda nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brend hamkorlari — maxsus elektron platformada nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron platforma — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining (keyingi oʻrinlarda — Palata) brend hamkorlari va milliy brend egalarining roʻyxati shakllantiriladigan hamda eʼlon qilib boriladigan maxsus elektron axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy brend egalari — maxsus elektron platformada milliy brend egalari roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy brendlar roʻyxatiga kiritiladigan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha yuqori va oʻrta barqarorlik reytingiga ega hamda tovar belgisi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish yuzasidan dastur ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi tashkilotlar — Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar — maxsus elektron platformada eʼlon qilingan xalqaro brendlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor — brend hamkorlari va milliy brend egalarining roʻyxatiga kiritilgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy yordam) choralari amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarganda grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalariga quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismini qoplab berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish, joyni ijaraga olish, koʻrgazma stendlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan dastur asosida xorijiy mutaxassislar roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — sanoat sohalari uchun talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish yoʻnalishida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish tartibi va talab etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish boʻyicha tashabbuskorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliyaviy yordam olish uchun tashabbuskor “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarmadan moliyaviy yordam olish uchun tashabbuskor tomonidan quyidagi hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yoʻnalishlarida standart (sertifikat) joriy qilish (olish) rejalashtirilgan mahsulot, joy, obyekt (yer) maydoni hajmi, ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida maʼlumot, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yoʻnalishida nufuzli xorijiy brend ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (xorijiy brend egalari hisoblangan korxonalar bilan tuzilgan shartnoma hamda mahsulotlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — oldi-sotdi shartnomasi, hisob-faktura va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasining nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish yoʻnalishida standart (sertifikat) joriy qilish (olish) rejalashtirilgan mahsulot, joy, obyekt (yer) maydoni hajmi, ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida maʼlumot, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish yoʻnalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi), milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish, joyni ijaraga olish va koʻrgazma stendlarini tashkil etish yoʻnalishlarida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi), oʻtkazilgan koʻrgazma stendi boʻyicha fotosurat va videolavhalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish yoʻnalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi), axborot tizimini ishga tushirganligi haqida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish, xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish, xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish, mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish yoʻnalishlarida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi) va fotosuratlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini toʻlash yoʻnalishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashabbuskorlardan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizada tashabbuskor elektron manzilining koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sanoat sohalari uchun talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan dastur hamda dasturga kirgan korxonalarning mahalliy mutaxassislari roʻyxati (mutaxassislik yoʻnalishi, lavozimi, pasport maʼlumotlarini koʻrsatgan holda) va ularning korxona mutaxassislari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq yoki mehnat shartnomasi) Kompaniyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashabbuskor arizasini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Kompaniya tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etilgan hujjatlar ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi, moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻnalishlari, shartlari va maqsadlariga hamda moliyaviy yordamni ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan miqdorlarga muvofiqligi nuqtai nazardan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kompaniya tomonidan tashabbuskorlarga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun ariza topshirilgan sanada barqarorlik reytingida “AAA”, “AA”, “A”, “BBB”, “BB”, “B” reytinga ega boʻlgan korxona boʻlishi (roʻyxatdan oʻtganiga 6 oy boʻlmagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Moliyaviy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qaror Kompaniya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya bir ish kuni mobaynida elektron platforma orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida eksport qiluvchi tashkilotlarga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, moliyaviy yordam berish toʻgʻrisidagi ijobiy qaror qabul qilingan arizalar boʻyicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moliyaviy yordam ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida moliyaviy yordam mablagʻlari tashabbuskorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning Kompaniyaga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar moliyaviy yordam ajratishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga muvofiq belgilangan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor tomonidan soʻralayotgan moliyaviy yordamning mazkur Nizomda belgilangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilganidan boshqa sabablarga koʻra moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik tashabbuskorlarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomning 3-bandi “v” kichik bandida belgilangan yoʻnalishda moliyaviy yordam ajratish muvofiqlashtiruvchi organlarning buyurtmalariga muvofiq tarmoq uyushmalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Moliyaviy yordam yoʻnalishlari va predmeti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliyaviy yordam quyidagi yoʻnalishlar bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlab berish uchun koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yoʻnalishlarida standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik sertifikatlarini olish, mahsulot namunalarini xorijdagi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan oʻtkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yoʻq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida oʻquv treninglarida qatnashish toʻlovi, transport xarajati — ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati — standart nomer uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yoʻnalishida nufuzli xorijiy brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish yoʻnalishida standartlarni joriy qilish, muvofiqlik sertifikatlarini olish, mahsulot namunalarini xorijdagi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan oʻtkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yoʻq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish yoʻnalishida roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlovlar, roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur boʻlgan mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari) hujjatlari va namunalarini tegishli xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish yoʻnalishida mahsulot va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalariga, shu jumladan, ularda roʻyxatdan oʻtish va aʼzo boʻlish orqali joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumida mahsulotlarini joylashtirish yoʻnalishida mahsulotlar namunalari va boshqa koʻrgazma eksponatlarini xorijiy davlatdagi shourumlarga yetkazib berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilish uchun binolarni ijaraga olish yoʻnalishida ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish, joyni ijaraga olish va koʻrgazma stendlarini tashkil etish yoʻnalishlarida roʻyxatga olish yigʻimlari, koʻrgazma maydonlarini (shu jumladan, stendlarni joylashtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda koʻrgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish, stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish yoʻnalishida raqamli reklamani tayyorlash hamda Internet jahon tarmogʻi xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, messenjerlar, onlayn oʻyinlarda joylashtirish, shuningdek, chet el gazetalari, biznes jurnallar va kataloglarida nashr qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish yoʻnalishida avtomatlashtirilgan tizimni (elektron dastur) sotib olish (joriy qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini toʻlash yoʻnalishida mehnatga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat sohalari uchun talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻquv treninglari va malaka oshirish kurslari tashkil etish (jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislarning xizmat haqi, transport xarajati — ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati — standart nomer uchun) toʻlovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Moliyaviy yordam miqdori va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kompaniya tomonidan beriladigan moliyaviy yordam ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) brend hamkorlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash xarajatlarini qoplash yoʻnalishlarida bir kalendar yilida 5 ta xalqaro sertifikat uchun xarajatlarning 100 foizi, biroq 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni nufuzli xalqaro brendlar egalari hisoblangan korxonalarda, shu jumladan, ularning ishlab chiqarish maydonlarida malakasini oshirish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida bir kalendar yilida bir marotaba mutaxassislarni malakasini oshirish uchun tashabbuskorlarning ixtiyoriga koʻra brend egalari yoki ularning vakolatli vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilganda xarajatlarning 100 foizi miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro brendlar ostida kamida 1 million AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganda — grantlar ajratish yoʻnalishida nufuzli xalqaro brendlar ostida mahsulot ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan kelgusi 12 oy ichida kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilinganda bir marotaba 500 million soʻm miqdorda grant ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy brend egalari uchun quyidagi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida, bir kalendar yilida koʻpi bilan 3 ta xalqaro sertifikat uchun, bunda bitta xalqaro sertifikatni olish uchun — 50 foiz, biroq 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida — 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor tashkilot uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumida mahsulotlarini joylashtirish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir oyda 2 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda roʻyxatdan oʻtish, joyni ijaraga olish, koʻrgazma stendlarini tashkil etish yoʻnalishida tashabbuskor alohida oʻzi ijaraga olgan maydonda qatnashgan holatlarda bir kalendar yilida 3 ta xalqaro koʻrgazma uchun 50 foiz miqdorda, biroq bitta tashabbuskor uchun bitta koʻrgazma boʻyicha 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor uchun bir kalendar yilida 5 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha (CRM, ERP, CERM) axborot tizimlarini joriy qilish xarajatlarini qoplash yoʻnalishida 50 foiz, biroq bir tashabbuskor tashkilot uchun bir kalendar yilida 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, tashabbuskor tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar roʻyxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish haqini toʻlash yoʻnalishida bir kalendar yilida bitta xorijiy mutaxassis ish haqining 50 foizi, biroq bir oyda bitta mutaxassis uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat sohalari uchun talab yuqori boʻlgan mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish yoʻnalishida 100 foiz miqdorda haqiqiy xarajatlar boʻyicha moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xorijiy valyutadagi xarajatlar boʻyicha koʻrsatiladigan moliyaviy yordam miqdori tashabbuskorlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning xizmatidan foydalangan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisoblanib toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Moliyaviy yordam boʻyicha toʻlovni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kompaniya tomonidan beriladigan moliyaviy yordamlar Jamgʻarmada mavjud mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xorijdagi shartnomalar boʻyicha xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablagʻlarini samarali boshqarish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-maydagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Kompaniyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy brend egalarini va nufuzli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish boʻyicha tashabbuskorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskor

Tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va elektron shaklda taqdim etadi.

Ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Arizani koʻrib chiqish va moliyaviy yordam koʻrsatish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida

3-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Tashabbuskorga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Tashabbuskorning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/748/0909-son)