ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Muddat |
Amalga oshirish shakli |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Majburiy raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish |
|||||
|
1. |
Maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlash maqsadida “Asl belgisi” axborot tizimini “Litsenziya” axborot tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish. |
Ayrim faoliyat va tovar turlari boʻyicha dasturiy tizimlarni integratsiya qilish choralarini koʻrish. |
2024-yil dekabr |
Amaliy chora-tadbirlar |
Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
2. |
Onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalarning (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) narxlari sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish. |
1. Maxsus qurilmalar savdosida narxlarni monitoring qilib borish. 2. Maxsus qurilmalar narxlarini sunʼiy oshirish holatlari aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish. |
Doimiy |
Amaliy chora-tadbirlar |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK |
|
3. |
Marketpleyslar uchun markirovka qoidalari buzilganda, javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Amaldagi holatni tahlil qilish va xalqaro tajribani oʻrganish. |
2024-yil avgust-sentyabr |
Amaliy chora-tadbirlar |
Soliq qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
|
2. Marketpleyslar uchun markirovka qoidalari buzilganda, javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil oktyabr |
||||
|
4. |
Birjalar va elektron savdo maydonchalarida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni taklif qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” tizimida roʻyxatga olinganligi va ularda tovar qoldigʻi mavjudligi yuzasidan nazorat oʻrnatish. |
1. Birja va elektron savdo maydonchalarida savdo qiluvchi subyektlarni “Asl belgisi” tizimida roʻyxatdan oʻtish talabini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2024-yil oktyabr |
Amaliy chora-tadbirlar |
Soliq qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Birjalar |
|
2. Birja va elektron savdo maydonchalarida savdo qiluvchi subyektlarning “Asl belgisi” tizimida roʻyxatga olinganligini tekshirish imkoniyatini yaratish. |
2025-yil yanvar |
||||
|
3. Tovar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni avtomatik ravishda soliq organlariga taqdim etib borish. |
Doimiy |
||||
|
5. |
Bojxona deklaratsiyasida mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kodi (MXIK) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish tartibini joriy qilish. |
1. Xorij tajribasini oʻrganish. |
2024-yil oktyabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
6. |
Import qilinayotgan va raqamli markirovkalanadigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishda, markirovkalash sharti bilan shartli chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berish tartibini joriy qilish. |
1. Xorij tajribasini oʻrganish. |
2024-yil oktyabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi (zaruratga koʻra) |
Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi. Adliya vazirli�i |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
7. |
Markirovkalanadigan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, markirovkani oʻqish qurilmalaridan foydalanilgandan soʻng xarid chekini chop etish tizimini joriy qilish. |
1. Xorij tajribasini oʻrganish. |
2024-yil oktyabr |
Normativ — huquqiy hujjat loyihasi |
Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
8. |
Raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, markirovkalash qoidalariga rioya qilinganligini elektron hisobvaraq — fakturalarda xamda onlayn nazorat kassa mashinasining toʻlov cheklarida avtomatik tekshirish mezonlarini ishlab chiqish. |
1. Xorij tajrib�sini oʻrganish. |
2024-yil oktyabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
9. |
Raqamli markirovkalashning qonunchilikda belgilangan qoidalarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. |
1. Xorij tajribasini oʻrganish. |
2024-yil sentyabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini �azirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
II. Raqamli markirovkalashni ragʻbatlantirish |
|||||
|
10. |
Tadbirkorlik subyektlarini barqarorlik reytingi boʻyicha baholashda markirovkalash talablarining bajarilishini inobatga olish. |
1. Reytingni baholashda markirovkalash talablari uchun ball berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil noyabr |
Amaliy chora-tadbirlar |
Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
2. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
|||
|
11. |
“CRPT TURON” MChJ tomonidan tizim ishlashi uchun zarur boʻlgan zaxira server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni Soliq qoʻmitasiga joylashtirish. |
1. Soliq qoʻmitasi tizimidagi maʼlumotlar asosida tahlil va nazorat qiluvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. |
2024-yil noyabr |
Amaliy chora-tadbirlar |
Soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ |
|
2. “Asl belgisi” MAT maʼlumotlariga asosan savdo faoliyatida markirovkalanadigan tovarlar ishlab chiqarilgandan (import qilingandan, xarid qilingandan) keyin 6 oy ichida realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan holatlar toʻgʻriligini qatʼiy nazoratga olish. |
Doimiy |
||||
|
12. |
Markirovka kodlarini tekshirish imkoniyatini kengaytirish maqsadida boshqa mobil ilovalarda ushbu funksiyani yaratish. |
Tovarlar savdosi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida markirovka kodlarini tekshirish imkoniyatini yaratish. |
2025-yil yanvar |
Amaliy chora-tadbirlar |
Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “CRPT TURON” MChJ |
|
13. |
Balansida markirovkalanadigan tovarlari mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonida tovarlarning mavjud qoldiqlari boʻyicha hisobot berish amaliyotini joriy qilish. |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
14. |
Aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish, yashirin ishlab chiqarish faoliyati va qalbaki tovarlar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
1. Amaliy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash va uning asosida ishlarni tashkil etish. 2. Ommaviy axborot vositalarida mazkur yoʻnalish boʻyicha targʻibot — tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
2025-yil yanvar |
Amaliy chora-tadbirlar |
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, boshqa nazorat qiluvchi organlar, ommaviy axborot vositalari |