16.07.2024 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoat sohasida oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy oʻzgarishlar natijasida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlarida toʻqimachilik sohasida ish beruvchilarning ehtiyojiga mos boʻlgan oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida oʻqitishni tashkil etish hamda soha korxonalarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi kollejlar negizida yengil sanoat korxonalari uchun oʻrta maxsus professional taʼlim darajasida kadrlar tayyorlaydigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizayner va texnologlar tayyorlash texnikumlari bazasida tikuvchilik hamda toʻqimachilik mahsulotlari dizayneri, modelyer-konstruktor, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kabi yoʻnalishlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali dizayner va texnolog kadrlar tayyorlash jarayoniga Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish hamda toʻqimachilik korxonalari xodimlarini xorijiy davlatlarning yengil sanoat korxonalarida malaka oshirishga yuborish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani Oʻzbekiston ovozi koʻchasi 78-uy manzilda joylashgan Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tegishli sobiq Xoʻjaobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida davlat-xususiy sheriklik asosida Dizayner va texnologlar tayyorlash texnikumi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida davlat sherigi — Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq aniqlangan xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda ijtimoiy va investitsiyaviy majburiyatlarni belgilash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufida tashkil etiladigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh hamda yuqori malakaga ega oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon modalarining soʻnggi tendensiyalarini tadqiq qilish, yengil sanoat buyumlarini istiqbolli modellashtirish va turli xil liboslar kolleksiyalarini yaratish, bu borada xorijiy laboratoriyalarni jalb qilish va konsalting-maslahatlar berish, metodik seminar va mahorat darslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi korxonalardagi yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni (muhandislar, texnologlar) “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim jarayoniga jalb etish orqali oʻquv jarayonining sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilgan holda, oʻquvchilarni toʻqimachilik sanoati rivojlangan Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarda bevosita ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirishga yuborishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning kasbiy koʻnikmalari ish beruvchilar va xolis ekspertlar tomonidan baholanishini tashkil qilish, shuningdek, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar xorijiy davlatlarda ham tan olinishi uchun zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kadrlar Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi va dual taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, toʻqimachilik korxonalari ishchi-xodimlarining stajirovkasini tashkil qilish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida taʼlim oluvchilar tajriba va koʻnikma orttirishi uchun xorijga yuboriladi hamda ularga orttirgan tajribalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida toʻqimachilik korxonalarida 2 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxona rahbarining tavsiyasi asosida Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida taʼlim olgan oʻquvchilar tanlab olinadi hamda tegishli shartnomalar imzolanadi. Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, sarflangan xarajatlar ishga qabul qilingan oʻquvchilardan undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har yili Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining kamida 10 nafar taʼlim oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, soha korxonalarining oʻz mablagʻlari hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari hisobidan toʻqimachilik sanoati rivojlangan Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarda bevosita ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirishga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari xodimlariga professional taʼlim muassasalari uchun qoʻllaniladigan mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududning ixtisoslashuvi, salohiyati, investitsiya loyihalari, tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, tegishlicha davlat va xususiy sektorning toʻqimachilik sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etiladigan aniq korxonalarni taʼlim muassasalariga biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu muassasalarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha takliflarni tayyorlab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-2026-yillarda Toshkent shahri, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridagi Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari tajribasi asosida soha mutaxassislarini tayyorlash texnikumlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari hamda ish beruvchilarning oʻzaro uygʻunlikda faoliyat yuritishini hamda oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti hududdagi soha korxonalarida oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-mayga qadar Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqsin hamda ularning ijrosini nazorat qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan taʼlim tashkiloti hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bundan mustasno) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari, xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari hamda kommunal xizmatlar xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-iyuldagi 427-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufida tashkil etiladigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yangi tashkil etiladigan dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi nomi

Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi joylashadigan manzil

Quvvati

Ishga tushirish muddati

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasi

Masʼullar

1.

Toshkent shahar dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

Olmazor yengil sanoat kolleji

430

2024/2025 oʻquv yilidan

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

Qarshi tuman yengil sanoat kolleji

640

2024/2025 oʻquv yilidan

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Andijon dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

sobiq Xoʻjaobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

700

2024/2025 oʻquv yilidan

Namangan toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/427/0514-son)