OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN “QIShLOQXOʻJALIKKIMYo” HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA MINERAL OʻGʻIT VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILIShNING KIMYoVIY VOSITALARI XARIDI UChUN QISQA MUDDATLI MAQSADLI KREDITLAR AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-martda 1319-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 15-avgustdagi 342-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1319-2, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida qaror qilamiz:
1. Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvining raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-fevral,
246-V-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-fevral,
33-son
Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining
2004-yil 21-fevraldagi 246-V, 33-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
2004-yil 21-fevraldagi 246-V, 33-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tijorat banklari (keyingi matnda — banklar) tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisob-kitob Jamgʻarmasi (keyingi matnda — Jamgʻarma) tomonidan tijorat banklarida ochilgan kredit liniyasi hisobidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli revolverli kreditlar (keyingi matnda — kreditlar) ajratish tartibini belgilaydi.
2. Tijorat banklari tomonidan kreditlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga muddatlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish shartlarida Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xarid qilishni moliyalashtirish maqsadlariga bir yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
3. Kreditlar mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun kredit liniyasi mablagʻlari doirasida ajratiladi.
4. Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga ochiladigan kredit liniyalari limitlari Moliya vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi tomonidan belgilanadi va tijorat banklariga yetkazib beriladi.
Bunda, limit hajmi joriy yilda Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta va gʻalla hosilini yetishtirish uchun hududlarga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari qiymatiga mutanosib ravishda oʻrnatiladi. Zarur hollarda ushbu limitlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
5. Kreditlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksionerlik jamiyatlariga oʻrnatilgan limit doirasida revolverli asosida ajratiladi.
Qarzdorlardan qaytarib olingan ushbu mablagʻlar kredit liniyasi mablagʻlari toʻlovi sifatida qaytarilmaydi va navbatdagi mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini xarid qilish uchun qayta kredit sifatida yoʻnaltiriladi.
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy mablagʻlar oqimidan kelib chiqqan holda, olingan kreditni soʻndirib borishlari va oʻz ehtiyojlariga koʻra belgilangan limit doirasida mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun qayta kredit olishlari mumkin.
6. Tijorat banklari ushbu kredit liniyalari hisobidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mazkur kreditlarni yillik 2 foizli imtiyozli stavkada beradilar va bu tijorat banklari daromadini tashkil etadi.
7. Kredit “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga uning asosiy talab qilib olunguncha depozit hisobvaragʻi ochgan va unga xizmat koʻrsatayotgan bank filiali tomonidan beriladi.
8. Jamgʻarma kredit liniyasi mablagʻlarini Bosh banklar bilan tuzilgan Bosh kelishuviga asosan ularning 21610—Hukumatdan olingan qisqa muddatli ssudalar hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
II. Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadolik jamiyatlariga kredit berish tartibi
9. “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bankka ochilgan kredit liniya hisobidan mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun kredit berishni soʻrab murojaat qiladi.
Arizaga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman va tumanlararo filiallari tomonidan, ularga berilgan vakolat doirasida, tumanlardagi qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot yetkazib berishning belgilangan meʼyorlari va haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hamda ularning mavjud zaxiralaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan kredit miqdori hisob-kitobi hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va “Oʻzkimyosanoat” korporatsiyasi korxonalari oʻrtasida tuzilgan mineral oʻgʻitlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar nusxasi ilova qilinadi.
10. Bank arizani qabul qilib olganidan keyin berilishi soʻralgan kredit miqdorini Moliya vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” korporatsiyasi tomonidan oʻrnatilgan kredit liniyasi limitidan oshirilmagan miqdor doirasida belgilaydi va bank kredit qoʻmitasiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Bank kredit qoʻmitasi kredit arizasini bir kundan kechiktirmagan holda koʻrib chiqadi va mazkur qarz oluvchiga kredit liniyasi hisobidan yil davomida kredit berilishi toʻgʻrisida oʻzining yakuniy xulosasini qabul qiladi. Kredit qoʻmitasi kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilganidan keyin, qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmagan holda kredit shartnomasi imzolanadi.
Agar bank kredit qoʻmitasi qarz oluvchining kredit arizasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, bank bu haqda kredit soʻrovchiga asoslangan holda yozma javob beradi.
11. Bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi imzolangandan keyin bank qarz oluvchiga ssuda hisobvaragʻi ochadi va qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida toʻlovlarni amalga oshiradi.
III. Kreditni berish, monitoringni amalga oshirish va kreditni qaytarish tartibi
12. Qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida ssuda hisobvaragʻidan toʻlovlar yetkazib berilgan mineral oʻgʻit uchun (yoki oldindan toʻlov) “Oʻzkimyosanoat” DAK tizimining tegishli korxonasining maxsus 23222-hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi korxonalarining 23222-sonli hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlar “Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqarishda, ularga mineral oʻgʻitlar va kimyo mahsulotlarini yetkazib berish uchun qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini kimyosanoat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari mexanizmi toʻgʻrisida nizom”da (2001-yil 16-iyul, roʻyxat raqami 1049 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 14-son) belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
14. Banklar ssuda hisobvaragʻi orqali amalga oshirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida va belgilangan maqsadga oʻtkazilishi uchun masʼuldirlar.
15. Kredit liniyasi mablagʻlarini maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini nazorat qilish Moliya vazirligining Nazorat taftish Bosh boshqarmasi va tijorat banklari tomonidan bevosita “Qishloqxoʻjalikkimyo” korxonalarida berilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishini monitoringni amalga oshirish orqali olib boriladi.
Bunda kreditlar belgilangan meʼyorlardan ortiq miqdorlarda olinganligi hamda maqsadga muvofiq foydalanmaganligi hollari aniqlanganda, banklar kreditlashni toʻxtatishi, kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻrishlari lozim.
16. Ushbu kreditlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining 23222, 23220 va 23210-hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (roʻyxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizom” asosida qishloq xoʻjaligi korxonalariga berilgan kreditlar) hisobidan birinchi navbatda muddatli majburiyatnoma asosida memorial order bilan undirib olinadi. Bunda hisoblangan foizlar kreditlardan oldin undiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2010-yil 23-yanvardagi 3/1, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1319-1, 08.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 54-modda)
Tijorat banklari oʻz navbatida “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga berilgan kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarilishini qishloq xoʻjalik korxonalarining mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar boʻyicha qarzlarini ularga avans va hisob-kitoblar jarayonida tushayotgan mablagʻlar hisobidan undirishga koʻmaklashish orqali taʼminlaydilar.
17. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va har oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining 23222, 23220 va 23210—hisobvaragʻi orqali ajratiladigan mablagʻlar hisobidan undirib olinadi.
18. “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin asosiy depozit hisob raqamlaridagi mavjud mablagʻlar hisobidan qaytarishlari mumkin.
19. Ushbu Nizom “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzkimyosanoat” DAK raisi v.b. A. VOZNENKO
Toshkent sh.,
2004-yil 20-fevral.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 109-modda; 2010-y., 6-7-son, 54-modda)