1-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. |
Yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali aniqlangan sport turlari bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlarni mavjud sport inshootlarida shugʻullanishga jalb qilishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat mulki hisoblangan sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2024-yil may |
- |
Sport vazirligi (A. Ikramov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
|
2. Sport bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlar uchun toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan sport inshootlarida sport bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish. |
2024-yil davomida |
||||
|
2. |
Aholi oʻrtasida sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish. |
1. Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish uchun davlat mulki hisoblangan sport inshootlarida va klublarida sport bilan shugʻullanish jadvalini tasdiqlash. 2. Sport bilan shugʻullanuvchi aholining sonini aniqlash va muntazam shugʻullanuvchilarning hisobini yuritish. 3. Xususiy sport inshootlarida shugʻullanuvchi aholining hisobini yuritish tizimini joriy etish. |
2024-yil davomida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
|
3. |
Sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolarning, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish. |
1. Mahallalarda sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni yaratish hamda ulardagi mavjud sport inshootlarini zarur sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash. 2. Mahalla, tuman va viloyat kesimlarida tizimli ravishda sport tadbirlarini tashkil qilib borish. |
2024-yil davomida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
|
4. |
Viloyatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida har yili Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda viloyat, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish. |
1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejasini oʻz vaqtida shakllantirish va tasdiqlash. 2. Viloyat sport boshqarmasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan viloyat, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi uchun zarur mablagʻlar ajratish. 3. Tasdiqlangan viloyat, tuman (shahar)lar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasining bajarilishini qatʼiy nazoratga olish. |
2024-yil may |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
5. |
Viloyat yoshlari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish. |
1. Motivatsion uchrashuvlar tashkil etiladigan tajribali va taniqli sportchilar roʻyxatini shakllantirish. 2. Uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Hududlarda tizimli ravishda motivatsion uchrashuvlar va mahorat saboqlari, koʻrgazmali chiqishlarni tashkil etish. |
Har yili aprel-may |
- |
Sport vazirligi (A. Ikramov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
6. |
Viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Mutaxassislarni jalb etgan holda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha quyi boʻgʻinlardan boshlab bosqichma-bosqich musobaqalar tashkil etish orqali iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish. 2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlar kelajakda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish. 3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. 4. Mahalla, tuman va shaharlarda olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida yosh sportchilar uchun doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish. |
Reja-grafik asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
|
7. |
Nogironligi boʻlgan shaxslarni sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish. |
1. Paralimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Taʼlim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun sport klublarini tashkil etish. 3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha sport inshootlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish. 4. Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha sport va sogʻlomlashtirish seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Sport taʼlim muassasalarini paralimpiya sport turlari boʻyicha maxsus sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash. |
2024-2025-yillar |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
|
8. |
Viloyatda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazib borish. |
Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash: musobaqalarda gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash; sport musobaqalari boʻlib oʻtadigan hududlar sport infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash; sport inshootlarini sport jihozlari bilan taʼminlash; tuman (shahar) va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish. |
Har yili 1-fevral |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
9. |
Aholining sogʻlom turmush tarzini yuritishi, muntazam ommaviy sport bilan shugʻullanishi uchun tuman (shahar)larda sport inshootlari hamda yirik ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish. |
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yoshlar oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, “Ayollar spartakiadasi” kabi sport musobaqalarini muntazam oʻtkazib borish. |
2024-yildan boshlab doimiy |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
10. |
Mahallalardagi yoshlar oʻrtasida sportning “Street sport”, “Work out”, turnikda tortilish, brusda oʻynash kabi turlari boʻyicha “Mahalla kubogi” ni tashkil qilish. |
1. Musobaqa oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 2. Musobaqalarni doimiy oʻtkazib borish. 3. Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Har yili |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
11. |
Aholini, ayniqsa yoshlarni va futbol bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish 2. Mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol maydonlari boʻyicha maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalarga joylashtirib borish. |
2024-2025-yillar davomida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
12. |
Kurash milliy sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish. |
1. Kurash milliy sport turi boʻyicha viloyatda “Kurash — bizning milliy boyligimiz” shiori ostida musobaqa va turnirlarni doimiy tashkil etib borish. |
Har yili |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
2. Har bir tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kurash milliy sport turi boʻyicha seksiyalarni tashkil etish. 3. Kurash milliy sport turi boʻyicha seksiyalarda iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish. |
2024-2025-yillar |
||||
|
13. |
Viloyatda sportning yengil atletika turlari bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Surxondaryo viloyatidagi mavjud stadionlarni hamda yengil atletika maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2024-yil may |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
2. Mavjud yengil atletika yoʻlaklarini kapital taʼmirlash boʻyicha 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
||||
|
3. Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil avgust |
||||
|
14. |
Viloyatdagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini qoʻllash orqali yoshlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etib borish tizimini joriy etish. 2. Bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shugʻullanishini aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash. |
2024-yil dekabr |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
15. |
Har bir umumiy oʻrta taʼlim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Maktab jamoalari oʻrtasida doimiy musobaqalar oʻtkazish. 3. Musobaqalar gʻolib |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
16. |
Yozgi taʼtil davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, kurash, karate, armrestling, kamondan oʻq otish, dzyudo boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlarini oʻtkazish. |
1. Sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida sport tadbirlarini tashkil etish. |
Har yili |
Ijrochilar mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
17. |
Surxondaryo viloyatidagi davlat sport-taʼlim muassasalarini chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. |
1. Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, yoʻriqchi-uslubchilari hamda trenerlarini attestatsiyadan oʻtkazish. 2. Attestatsiya natijalari asosida davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, yoʻriqchi-uslubchilari hamda trenerlarini oʻz lavozimiga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish. 3. Davlat sport-taʼlim muassasalaridagi boʻsh lavozimlarni chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrish. |
2024-yil sentabr |
- |
Sport vazirligi (A. Ikramov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
18. |
Viloyatdagi mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish. |
1. Xatlov oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. 2. Viloyatdagi mavjud davlat sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish. 3. Xatlov natijalari yuzasidan sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga taklif loyihasini kiritish. 4. Sport inshootlarining zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilib borish. |
2024-yil oktabr |
- |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
19. |
Viloyatda yoshlar uchun olis hududlarda va qishloqlarda 15 ta universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini barpo etish. |
1. Barpo etiladigan sport inshootlarining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash. 2. Sport inshootlarining belgilangan muddatlarda barpo etilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlash. |
2024-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sport vazirligi (A. Ikramov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
20. |
Viloyatdagi sport maktablarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlash. |
1. Sport maktablarining zarur kompyuter texnikasi va jihozlar bilan taʼminlangan holatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha zarur boʻladigan zamonaviy kompyuter texnikasi va jihozlarini xarid qilish yuzasidan Sport vazirligiga taklif kiritish. 3. Xarid qilingan zamonaviy kompyuter texnikasi va jihozlarini sport maktablariga oʻtkazib berish. |
2024-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
21. |
Viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim tashkilotlarini sport jihozlari va anjomlari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash boʻyicha ehtiyojini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablarini sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash. |
2024-2025-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
22. |
Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasini tashkil qilish, uning samarali faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish. |
1. Baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasini Xitoy davlatining tajribasi asosida bino va inshootlarni qurish boʻyicha individual loyihani ishlab chiqish. 2. Loyihada sport bazasi va uning tarkibiy tuzilmalari uchun zarur bino va inshootlar, suzish havzasi, oshxona hamda yotoqxona kabi binolar barpo etishni nazarda tutish. 3. Loyihani 2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. 4. Sport bazasi va uning tuzilmasini zarur texnika va inventarlar bilan jihozlash. 5. Qurilish ishlarini yakunlash, foydalanishga topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlash. |
2025-yil davomida |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi (B. Islamov) |
|
23. |
Termiz tuman sport maktabining yaroqsiz holatga kelib qolgan suv taʼminoti inshootini taʼmirlash. |
1. Yaroqsiz holatga kelib qolgan suv taʼminoti inshootining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Suv taʼminoti inshootining belgilangan tartibda taʼmirlanishi |
2024-yil sentabr |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
24. |
Denov, Qumqoʻrgʻon, Qiziriq, Oltinsoy va Shoʻrchi tumani 2-son sport maktablarini taʼmirlash. |
1. Sport maktablarini mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Loyihani 2025-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish. 3. Sport maktablarining belgilangan tartibda taʼmirlanishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlash. |
2025-2026-yillarda |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2-ILOVA
|
1. |
A.I. Ikramov |
–– |
Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri, Ishchi guruh rahbari |
|
2. |
U.B. Qosimov |
–– |
Surxondaryo viloyati hokimi, Ishchi guruh hamrahbari |
|
3. |
X.Oʻ. Umarova |
–– |
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
|
4. |
A.Z. Saʼdullayev |
–– |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
5. |
S.M. Buzrukxonov |
–– |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari |
|
6. |
Sh.Sh. Maxmudov |
–– |
Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari |
|
7. |
O.O. Qosimov |
–– |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi |
|
8. |
M.M. Tashxodjayev |
–– |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi |
|
9. |
R.M. Matkarimov |
–– |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori |
|
10. |
I.O. Saparov |
–– |
Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi |