1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga muvofiq “Toshkent Invest kompaniyasi” AJga ayrim yoʻnalishlar boʻyicha obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash yoʻnalishlari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi”ni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” reyestrini yuritish, loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotini yuritish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Toshkent shahrida quyidagi ishlar 2027-yilning 1-yanvariga kadar huquqiy eksperiment tariqasida “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari, shu jumladan, yoʻlboʻyi infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xoʻjaligi sohasidagi obyektlarni (shu jumladan, gaz, elektr, issiqlik va suv taʼminoti, suvni chiqarib tashlash, oqova suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, joylashtirish, zararsizlantirish va koʻmish obyektlari) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminotlarni (axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari, dasturiy-apparat komplekslari) loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi 2026-yil 1-dekabrga qadar ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan huquqiy eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda, huquqiy eksperimentning maqsadga muvofiqligi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 116-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirishda maxsus vakolat berilgan yuridik shaxs — “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanoma — manfaatdor davlat tashkilotining loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirish haqidagi topshirigʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochi — “Hayotiy davr shartnomasi” doirasida xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va oʻzi bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv — loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirishda Kompaniya va tashabbuskor oʻrtasida tuzilgan hamda taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor — loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirishga bilvosita manfaatdor boʻlgan davlat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” — obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlarni bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun xarid qilish tartib-taomillari asosida tuzilgan hamda buyurtmachi va ijrochi oʻrtasidagi huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv (keyingi oʻrinlarda — HDSH).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyihalar “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ushbu nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi yoʻnalishlarda obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlar “HDSH”ga asosan bajarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari, shu jumladan, yoʻlboʻyi infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xoʻjaligi sohasidagi obyektlarni (shu jumladan, gaz, elektr, issiqlik va suv taʼminoti, suvni chiqarib tashlash, oqova suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, joylashtirish, zararsizlantirish va koʻmish obyektlari) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminotlarni (axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari, dasturiy-apparat komplekslari) loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qoʻllab-quvvatlash.
LexUZ sharhi
2. Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ishlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashabbuskor har yilning 1-sentabriga qadar “HDSH” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashabbuskor ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha kelgusida “HDSH” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha buyurtmanoma bilan Kompaniyaga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihalarni amalga oshirish uchun buyurtmanomaga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash choralari koʻrilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi tovarlar va ishlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani yoki uning bir qismini amalga oshirish boshqa dasturlar bilan qamrab olinmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kelib tushgan buyurtmanoma besh ish kunida Kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sohaga oid qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiqligi, moliyalashtirish manbalarining aniqligi oʻrganilib, natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomani qabul qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomada aniqlangan, lekin bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilish muddatini aniq koʻrsatgan holda, hujjatlarni tashabbuskorga qaytarish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmanomada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati besh ish kunidan ortiq boʻlmasligi lozim. Bu muddat tashabbuskorning asoslantirilgan iltimosnomasiga muvofiq Kompaniyaning boshqaruv raisi yoki u vakolat bergan mansabdor shaxs tomonidan yana besh ish kunigacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilmagan yoʻnalishlar boʻyicha taqdim qilinganda yoki mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, buyurtmanomani qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanomani boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Buyurtmanomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qaror Kompaniyaning boshqaruv raisi yoki u vakolat bergan mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kompaniya tomonidan buyurtmanomani maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, oʻn ish kunidan kechiktirmay tashabbuskor bilan loyihalarni “HDSH” asosida amalga oshirishda huquq va majburiyatlarni Kompaniyaga oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuv tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kelishuvda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni faqat loyiha doirasida sarflash vakolatini Kompaniyaga berish va bu boradagi Kompaniyaning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida tashabbuskorga axborot berib turish va loyiha-smeta hujjatlariga rioya qilinishini monitoring qilish hamda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish borasida bajarilgan ishlarni qabul qilishda Kompaniya vakillari bilan birga tashabbuskor vakillarining ham ishtirokini taʼminlash tartibi va vakillarning vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish toʻgʻrisidagi qoidalar nazarda tutilishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “HDSH” asosida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, Kelishuv tuzilgandan soʻng, loyihalar boʻyicha ijrochini tanlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish ishlari Kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “HDSH” asosida loyihalarni amalga oshirishda Kompaniyaning maqomi tashabbuskor bilan tuzilgan Kelishuvga muvofiq davlat buyurtmachilarining maqomiga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “HDSH” asosida loyihalarni moliyalashtirish manbalari etib — davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar, Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlariga asosan budjet mablagʻlariga tenglashtirilgan boshqa manbalar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Hayotiy davr shartnomasi”ni tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi boʻlgan ijrochi Kompaniya bilan oʻn kun muddatda “HDSH” tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “HDSH” “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda tuziladi va shartnomaga quyidagi qoidalar ham kiritilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida buyurtmachiga axborot berib turish va loyiha-smeta hujjatlariga rioya qilinishini monitoring qilish hamda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlarni qabul qilishda Kompaniya vakillari bilan birga tashabbuskor vakillarining ham ishtirokini taʼminlash tartibi hamda vakillarning vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha narxlarni indeksatsiya qilish toʻgʻrisidagi qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. “Hayotiy davr shartnomasi” reyestrini yuritish, loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “HDSH” asosida loyihalarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish Kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “HDSH” asosida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi, shuningdek, loyihalarni roʻyxatga olish, hisoboti yuritish tartibi shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “HDSH”da nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Muzokaralarda kelishuvga erishilmagan hollarda nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1758-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tashabbuskor
(davlat tashkiloti)
1. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarini moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash choralarini koʻradi.
Har yilning 1-sentabriga qadar
2. “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha buyurtmanoma bilan “Toshkent Invest kompaniyasi” AJga murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ
1. Buyurtmanomani qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiqligi, moliyalashtirish manbalarining aniqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi.
5 ish kunida
2. Buyurtmanomani maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, tashabbuskor bilan loyihalarni “Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirishda huquq va majburiyatlarni Kompaniyaga oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuv tuzadi.
10 ish kunida
3-bosqich
“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ
Loyihalar boʻyicha ijrochini tanlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish ishlarini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Kelishuv tuzilgandan soʻng, manzilli roʻyxatda belgilangan muddatlarga asosan
4-bosqich
Xarid qilish tartib-taomillari gʻolibi
(ijrochi)
“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ bilan “Hayotiy davr shartnomasi”ni tuzadi.
10 kun muddatda
5-bosqich
“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida loyihalarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qiladi.
Muntazam
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 09/24/116/0190-son)