08.02.2024 yildagi PQ-65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasiga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish va ularni iqtisod qilish, kelgusida maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida Kompaniya maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniyaga Dastur doirasida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (keyingi oʻrinlarda — Respublika shtabi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika shtabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan Kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish, moliyalashtirish va saqlash, shu jumladan Kompaniya zimmasiga yuklangan funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishiga ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish orqali mablagʻlarni iqtisod qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya tomonidan obyektlar uchun markazlashgan holda qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni xarid qilish hamda oʻz vaqtida yetkazib berishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarish hajmi va muddatlari boʻyicha doimiy ravishda Kompaniya va masʼullarning hisobotini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobiga yangi va qoʻshimcha obyektlarni qurib, foydalanishga topshirish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlardagi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarining holatini har oyda muhokama qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kompaniya obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridlarni amalga oshirish doirasida mahsulotlar va xizmatlarni topish va baholash, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish hamda mahsulotlar sifatini pasaytirmagan holda tejamkor bitimlar tuzilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilingan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni obyektlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beradi hamda pudratchilarga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Kompaniyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar takliflari oʻrtacha birja narxlaridan 20 foiz arzon boʻlgan taqdirda, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan hisob-kitoblarga koʻra obyektlar uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni xarid qilish (yetkazib berish) uchun oldindan 30 foiz avans (boʻnak) ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda zarur infratuzilmaga ega omborxonalar tashkil etish uchun tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ijara shartnomalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashgan holda yetkazib beriladigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalardan tashqari, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari doirasida zarur qoʻshimcha tovarlarni xarid qilish uchun, keyinchalik ularning qiymatini bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob qilish sharti bilan bosh pudrat tashkilotlariga tegishli mablagʻlarni ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC — Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kompaniyaning faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish xarajatlari Dastur doirasida ajratilgan mablagʻlarning 1 foizdan kam boʻlmagan qismi hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dastur doirasida avvalgi yillarda boshlangan yildan-yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) obyektlar boʻyicha minimal reyting talablarini toʻgʻri belgilash maqsadida ularning boshlangʻich qiymati Kompaniya tomonidan xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarning loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati bilan birga hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlari tanlovi uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼlon shartlarini belgilashda markazlashgan tartibda xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar hajmi va qiymati Kompaniyaning xarajatlarini inobatga olgan holda alohida qator bilan joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan eʼlonlarda obyektlarning boshlangʻich qiymatidan Kompaniya tomonidan xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarning loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati ayriladi. Bunda, bosh pudratchining toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatga hisoblangan xarajatlari summasi toʻliq saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) obyektlar hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish, shuningdek, ichimlik va oqova suv taʼminoti, elektr, gaz va aloqa tarmoqlarini tortib kelish tadbirlari tegishliligi boʻyicha “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AK tomonidan mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlarga moʻljallangan mablagʻlar hamda ularning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni loyihalashtirish, qurilish-montaj va moliyalashtirish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadov Dastur doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar obyektlarni qurish boʻyicha oʻtkazilgan tajriba-sinov samaradorligi tahlili natijalaridan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra mazkur amaliyotni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida boshqa soha obyektlariga nisbatan joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va infratuzilma obyektlari qurilishiga oid qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish uchun masʼul va shaxsan javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.S. Hidoyatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, vazifalar ijrosiga masʼul vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-65-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar qurilishi ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA ShTABI TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika shtabi rahbari

2.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

4.

A.M. Boboyev

Hisob palatasi raisi

5.

S.I. Samadov

Bosh prokuror oʻrinbosari

6.

Sh.S. Hidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.v.b.

7.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

I.R. Mahkamov

transport vaziri

10.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

11.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

12.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

13.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

F.J. Pulatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

15.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Respublika shtabi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-65-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni loyihalashtirish, qurilish-montaj va moliyalashtirish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) rahbarlik lavozimlariga sohada yuqori tajriba va zamonaviy bilimlarga ega nomzodlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil 20-fevral

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2.

Kompaniyaning tuzilmasi, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, ustavi va hududlarda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil 1-mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Kompaniyani toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari binolarida zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan xonalarga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish.

2024-yil 1-mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkiloti bilan tuziladigan namunaviy pudrat shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Kompaniya obyektlarida texnik nazoratni olib borishga shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar (texnik nazoratchilar)ni jalb qilish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

6.

Kompaniyaning obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatlarda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish.

Doimiy ravishda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

7.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUKni jalb etgan holda yangi barpo etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining amaldagi loyihalarini qayta koʻrib chiqish, energiya tejamkor qurilish materiallarini qoʻllagan holda namunaviy loyiha yechimlarini ishlab chiqish.

Bunda, bino va inshootlarga qoʻyiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablarini, shu jumladan zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va obyektlardan foydalanish xarajatlarini optimallashtirishga alohida eʼtibor qaratish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

8.

Obyektlar qurilishini moliyalashtirishda Kompaniya tomonidan yetkazib beriladigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar xaridi xarajatlari va pudrat tashkilotlarining qurilish-montaj ishlari proporsional ravishda moliyalashtirilishini tashkil etish.

Har oyda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Dastur doirasida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismini yangi va qoʻshimcha 330 oʻrinli umumtaʼlim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

2024-yil davomida, har oyda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Kompaniya talabi asosida zarur mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish boʻyicha tasdiqlangan balanslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

“Oʻzmetkombinat” AJ

11.

Yangi obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini Kompaniyaga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

2024-yil 1-mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

Tegishlicha “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan obyektlarni loyiha-qidiruv va loyihalashtirish bilan bogʻliq barcha hujjatlar toʻplamining belgilangan tarti�da Kompaniyaga topshirilishini taʼminlash.

2024-yil 1-aprel

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2024-y., 07/24/65/0111-son)