26.12.2023 yildagi 684-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, hududlarda import oʻrnini bosuvchi, eksportbop va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yirik sanoat loyihalarini amalga oshirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining sanoat sohalarida “140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablagʻlari ajratilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yirik sanoat loyihalarini tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilishga moʻljallangan Elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma) yaratilganligi va ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalarining taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida yirik sanoat loyihalarini amalga oshiruvchi tashabbuskor tadbirkorlarni ochiq tanlov asosida tanlab olish va moliyalashtirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlov asosida tanlashning asosiy mezonlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish texnologik asbob-uskunalarining yangi (yangi avlodga mansub) boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha amalga oshiriladigan tumanning toifasidan kelib chiqib, loyihaga afzallik berilishi (toifasi past tumanlarga yuqori afzallik berilishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro brendlar bilan hamkorlik shartnomasiga asosan ishlab chiqarish loyihalariga afzallik berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Dastur doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari platformaga kelib tushgan takliflardan eng yaxshilarini ochiq tanlov asosida tanlash orqali Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq tanlov ishtirokchilari va gʻoliblarini tanlashga asos boʻlgan asosiy mezonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunida platformada eʼlon qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi boʻlgan tashabbuskor tadbirkorlarga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan loyihalarning biznes rejasi va texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda uslubiy jihatdan yordam beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblariga Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kreditlar boʻyicha tijorat banklarining marjasi xorijiy valyutada 2 foiz va milliy valyutada 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda tegishli tarmoq tashkilotlari bilan birgalikda har bir yoʻnalishda yirik sanoat loyihalari toʻgʻrisidagi takliflar platformaga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni tezkorlik bilan ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklariga 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Sanoat ipotekasi” doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga quyidagi shartlar majburiy etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichining “S” boʻlimida qayta ishlash sanoati boʻyicha nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga (tamaki va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari) taalluqli boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sanoat ipotekasi” tizimida xarid qilingan bino va inshootlarning kamida 50 foiz maydonidan bevosita ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlarga oʻzining affillangan shaxslaridan bino va inshootlar sotib olmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “sanoat ipotekasi” tizimini amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dastur doirasida platformaga joylashtirilgan loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida tanlab olingan tashabbuskorlar zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanishi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlarni atmosfera havosiga asosiy turgʻun manbalardan tashlanmalarni va suv obyektlarini ifloslantirish manbalaridan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminotining aylanma bosqichi keng joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qoʻllanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻzining va tutash hududlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda “yashil belbogʻ”lar barpo etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar boʻyicha belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasi xulosalari berilishini taʼminlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Dastur gʻoliblari bilan ikki tomonlama majburiyatlarni aniq belgilash boʻyicha namunaviy investitsiya shartnomasi loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan Dastur va “sanoat ipotekasi” tizimi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
684-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-dekabrdagi 684-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sanoat yoʻnalishlari

Loyihalar soni

1.

Elektrotexnika

20

2.

Toʻqimachilik

20

3.

Charm-poyabzal

10

4.

Mashinasozlik

10

5.

Zargarlik

10

6.

Qurilish materiallari

20

7.

Mebelsozlik

10

8.

Polimer, kimyo

20

9.

Oziq-ovqat

20

Jami

140

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi zarur hollarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda tarmoq tashkilotlari takliflaridan kelib chiqib, loyihalar taqsimotiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-dekabrdagi 684-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturi doirasida yirik sanoat loyihalarini amalga oshiruvchi tashabbuskor tadbirkorlarni ochiq tanlov asosida tanlab olish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tashabbuskor

Dastur doirasida tanlov eʼlon qilingan loyihalarga www.loyiha.miit.uz elektron platformasi orqali takliflarni yuborish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Platforma orqali kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish hamda taqqoslash va tahliliy materiallarni Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) kiritish.

Har oyning oʻninchi sanasiga

3-bosqich

Hukumat komissiyasi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish va tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hukumat komissiyasining qarorini qabul qilish.

Besh ish kunida

4-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tanlov gʻoliblarini www.loyiha.miit.uz elektron platformasida eʼlon qilish va loyiha gʻolibi bilan investitsiya shartnomasini imzolash.

Besh ish kunida

5-bosqich

Tashabbuskor

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga kiritish.

Ikki oy muddatda

6-bosqich

“Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy xulosa yoki eʼtirozlar berish.

Oʻn besh ish kunida

7-bosqich

Tashabbuskor

Ijobiy xulosa olingan loyiha boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslari bilan birga tijorat bankiga Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan kredit olish uchun murojaat qilish.

Besh ish kunida

8-bosqich

Tijorat banki

Loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqish hamda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga resurs ajratish haqida talabnoma kiritish.

Oʻn besh ish kunida

9-bosqich

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Tijorat bankining talabnomasiga asosan resurs ajratish.

Ikki ish kunida

10-bosqich

Tijorat banki

Loyihani moliyalashtirish uchun kredit ajratish.

Ikki ish kunida

11-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha monitoring yuritish.

Loyihani amalga oshirish davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 09/23/684/0977-son)