20.11.2023 yildagi 610-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish, Oʻzbekiston Respublikasida hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish tartibini, ushbu hujjatlar va dalolatnomalarga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, legallashtirish yozuvini kiritish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
610-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari) tomonidan xorijda va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti (keyingi oʻrinlarda — Konsullik-huquqiy departament) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish ulardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatni yoki dalolatnomani imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini hamda ushbu hujjatlar va dalolatnomalarning xorijiy davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir. Konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik legallashtirish hujjat yoki dalolatnomada bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat ularni imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik legallashtirish funksiyasini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida — Konsullik-huquqiy departament amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy davlatlarda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish funksiyalari konsullik mansabdor shaxsi (keyingi oʻrinlarda — konsul) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muayyan sababga koʻra konsul oʻz funksiyalarini bajara olmasa yoki konsul lavozimi vaqtincha boʻsh boʻlsa, konsulning vazifalari xorijiy davlat hududida joylashgan mazkur yoki boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsiga yoki ushbu davlat hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlaridan biriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish funksiyalari Konsullik-huquqiy departament xodimlaridan biriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va muassasalari xorijiy davlatlarning tashkilotlaridan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalar ular konsullik muassasasi tomonidan legallashtirilgan taqdirdagina, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi va ushbu hujjatlar hamda dalolatnomalar joʻnatiladigan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsul konsullik okrugidagi davlat organlari va muassasalari vakillari ishtirokida tuzilgan yoki mazkur davlat organlari hamda muassasalari tomonidan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsul xorijiy davlat hududida rasmiylashtirilgan hujjatni legallashtirish uchun zarur hollarda mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi yoki boshqa tillardagi notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijda har qanday harakatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va muassasalari tomonidan bunday harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnomalarni hamda mazkur davlat organlari va muassasalari faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlar Konsullik-huquqiy departament tomonidan legallashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va muassasalari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda xorijiy davlat hududida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar va dalolatnomalar legallashtirilishi talab etilsa, ular belgilangan tartibda legallashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar va dalolatnomalar legallashtirilishi talab etilsa, ular belgilangan tartibda legallashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hujjatlar va dalolatnomalar konsullik muassasalari tomonidan legallashtirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mazmuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri rasmiylashtirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tozalashlar, qoʻshimcha yozuvlar yoki qayd etilmagan tuzatishlar, shuningdek, qalam bilan yozilgan yozuvlar mavjud boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha varaqlarda tuzilgan, lekin tartib raqami qoʻyilmagan, tikilmagan, hujjat yoki dalolatnomani taqdim etgan tashkilotning muhri va mansabdor shaxsning imzosi bilan shahodatlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarga faksimil imzo qoʻyilgan boʻlsa (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, pasport, identifikatsiyalovchi ID-kartasi, partiyaga mansublik haqidagi hujjatlar, kasaba uyushmasi chiptalari, harbiy biletlar, toifa yoki diniy eʼtiqodga mansublik haqidagi hamda fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk hujjatlarining asli va nusxalari legallashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar hujjatga yoki ushbu hujjatga biriktirilgan varaqqa apostil qoʻyilgan boʻlsa, bu hujjatni legallashtirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va muassasalari apostil qoʻyilgan hujjatlarni, agar apostil Oʻzbekiston Respublikasi bilan munosabatlarda chet elning rasmiy hujjatlarini legallashtirishga doir talabni bekor qiluvchi konvensiya qoʻllaniladigan chet davlatning vakolatli organi tomonidan qoʻyilgan boʻlsa, qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik okrugida joylashgan davlat organlari va muassasalari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar hamda dalolatnomalarni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning imzosi va muhrlari namunalari mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatning konsullik muassasasi uchun belgilangan konsullik okrugi hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarida ular joylashgan hududda akkreditatsiya qilingan boshqa davlatlar konsullik muassasalari hamda qabul qiluvchi davlat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari imzosi va muhri namunalari ham mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hujjatlar va dalolatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida legallashtirish uchun shaxslar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ariza toʻldirib, unga quyidagilarni ilova qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
legallashtirish talab etiladigan hujjat yoki dalolatnoma va uning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatning asli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar va dalolatnomalar ariza topshirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida legallashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar va dalolatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq ekanligiga shubha boʻlgan hollarda, konsul konsullik okrugidagi davlat hokimiyati organlariga rasmiy tushuntirish berishni soʻrab murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Konsulga Oʻzbekiston Respublikasidan hujjatlar talab qilib olish tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq Konsullik-huquqiy departament tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va dalolatnomalar kelib tushgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu hujjatlar va dalolatnomalar legallashtirilishi talab etilsa, konsul ularni legallashtiradi hamda manfaatdor shaxslar, davlat organlari va muassasalarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan, biroq Konsullik-huquqiy departament tomonidan legallashtirilmagan hujjatlar va dalolatnomalar legallashtirish uchun shaxslar, davlat organlari va muassasalardan kelib tushgan taqdirda, konsul ularning haqiqiyligini aniqlash uchun Konsullik-huquqiy departamentga yuboradi. Ijobiy javob olingan taqdirda, konsul ushbu hujjatlar va dalolatnomalarni belgilangan tartibda legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Konsul zarur hollarda uchinchi davlat hududida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirishi mumkin. Ushbu hujjatlar yoki dalolatnomalar uchinchi davlat hududida haqiqiy hisoblanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi uchinchi davlat konsullik muassasasi tomonidan ham legallashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatda foydalanish uchun talab qilib olinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, davlat organlari va muassasalarining hujjatlari va dalolatnomalarini konsul ushbu Nizomda belgilangan tartibda legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 14-moddasiga asosan konsulning harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq konsullik muassasasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Hujjatlar va dalolatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasida legallashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Konsullik-huquqiy departament xorijiy mamlakat davlat organlari va muassasalari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan xorijiy diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari tomonidan legallashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalarni, ushbu diplomatik vakolatxonalar masʼul xodimlarining imzolari va muhrlari namunalari mavjud boʻlgan taqdirda legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hujjatlar va dalolatnomalarni Konsullik-huquqiy departamentda legallashtirish uchun shaxslar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ariza toʻldirib, unga quyidagilarni ilova qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
legallashtirish talab etiladigan hujjat yoki dalolatnoma va uning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatning asli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar va dalolatnomalar ariza topshirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida legallashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Konsullik-huquqiy departamentda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxslarning imzosi va muhrlari namunalari mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Konsullik-huquqiy departament Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va muassasalari xorijiy davlatlarda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar va dalolatnomalarni ham legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Konsullik-huquqiy departamentda legallashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalarni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlarining imzosi va muhrlari namunalari mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Konsullik-huquqiy departament notarius imzosini shahodatlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimining imzosini shahodatlaydi. Imzolarni tasdiqlashning ushbu tartibi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishning respublika hududida amal qilishga belgilangan hujjatlari nusxalarini hamda boshqa hujjatlar nusxalarini xorijiy davlatga taqdim etish uchun tasdiqlash maqsadida joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Konsullik-huquqiy departament masʼul xodimining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Legallashtiriladigan hujjatlar va dalolatnomalarga qoʻyiladigan talablar. Legallashtirish yozuvini kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Legallashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlar va dalolatnomalar aniq va ravshan yozilgan, hujjat yoki dalolatnomada qayd etilgan summa va sana, raqam va muddat yozuv bilan ifodalangan boʻlishi zarur. Mansabdor shaxslarning imzolari va muhrlar bosma izi aniq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatdagi va dalolatnomadagi boʻsh joylar chizib chiqilishi kerak. Tuzatish va qoʻshimchalarni hujjatni tasdiqlagan shaxsning imzosi oldidan koʻrsatish va legallashtirish yozuvida takrorlash zarur. Tuzatish va qoʻshimchalar shunday kiritilishi kerakki, barcha xato yozilgan, keyin tuzatilgan hamda oʻchirilganlarni dastlabki koʻrinishida oʻqish mumkin boʻlishi lozim. Agar tuzatish va qoʻshimchalar legallashtirish yozuviga qilingan boʻlsa, ular faqatgina legallashtirayotgan mansabdor shaxs tomonidan izohlanadi hamda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Legallashtirish yozuvlari uchun joy boʻlmagan taqdirda, yozuv alohida qogʻozda yoziladi va hujjat yoki dalolatnomaga tikib qoʻyiladi hamda legallashtirayotgan shaxsning imzosi va muhri bilan unga biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mansabdor shaxs hujjat yoki dalolatnoma mazkur Nizom talablariga muvofiq legallashtirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilganidan soʻng unga belgilangan shaklda yozuv kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari va Konsullik-huquqiy departament hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish reyestrlarini, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha legallashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalarni hisobga olish jurnalini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar va tashkilotlarning arizalari Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi va Konsullik-huquqiy departamentda saqlanadi hamda davriy ketma-ketlikda tikib boriladi. Legallashtirilishi lozim boʻlgan har bir hujjatga legallashtirish tartib raqami berilib, sanasi koʻrsatiladi, ushbu raqam va sana ariza raqami va sanasi bilan mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi va Konsullik-huquqiy departament legallashtirilgan hujjatlarning hisobini elektron shaklda ham yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish boʻyicha konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

konsullik muassasasiga

(yoki Oʻzbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligining

Konsullik-huquqiy departamentiga)

ARIZA

F.I.O. _________________________________________________________________________

Ariza beruvchining fuqaroligi ____________________________________________________

Turar joyi, manzili _____________________________________________________________

________________________________________________________________________________

Ish joyi________________________________________________________________________

Lavozimi _______________________________________________________________________

Legallashtirilishi lozim boʻlgan hujjat nomi.

Hujjat seriyasi, raqami.

Kim tomonidan, qachon berilgan.

Hujjat kimga berilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan raqam

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi (yoki Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti) roʻyxatga olish raqami

Hujjatning xususiyati — fuqarolik holati haqida, taʼlim haqida, tijorat xususiyatiga ega, moliyaviy va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun, mol-mulkni boshqarish uchun (keraklisi chizilsin).

Sana ________________________

Imzo _______________________

Toʻlangan konsullik yigʻimi summasi _______________________________________________

Konsullik yigʻimi toʻlanganligi haqida kvitansiya raqami ____________________________

_______________________________________________________________________________

Konsullik yigʻimi toʻlangan sana __________________________________________________

Imzosi tasdiqlanayotgan shaxsning F.I.O. ___________________________________________

Hujjatni legallashtirgan shaxsning F.I.O. _________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Legallashtirilgan hujjatlarni va dalolatnomalarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALINING SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Legallashtirish sanasi

Legallashtirgan shaxsning F.I.O.,
lavozimi

Hujjatning nomi, rekvizitlari

Hujjatni imzolagan shaxsning F.I.O., lavozimi

Legallashtirish uchun hujjat taqdim etgan shaxsning F.I.O., shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari

Legallashtirish taqdim etiladigan davlat

Legallashtirish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgi

1

2

3

4

5

6

7

8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 09/23/610/0867-son)