29.08.2023 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonunining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-moddasiga muvofiq koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-moddasiga muvofiq koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid shikoyatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatlarni koʻrib chiqishda murojaat etuvchilarning teng huquqliligi, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi prinsiplariga qatʼiy rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2024-yil 1-fevralga qadar Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish reyestri axborot tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-avgustdagi 426-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal etish toʻgʻrisidagi ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan koʻchmas mulklar — yer uchastkalari, binolar, inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligini davlat tomonidan tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxs — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda faoliyat yuritayotgan yoki faoliyat yuritgan roʻyxatdan oʻtkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) qaratilgan yoxud bunday harakat (harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarma — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiquvchi organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasi — komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiquvchi kollegial organ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Manfaatdor shaxs koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmagan, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) uning fuqarolik huquqlarini buzgan deb hisoblasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) ustidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiyaga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor shaxs komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya va apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi boʻlgan holatlarda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlarda koʻrib chiqilgan yoki koʻrib chiqilayotgan nizolar komissiya tomonidan takroran koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyani shakllantirish va uning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻiga asosan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxs komissiya aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning yoki uning hududiy boshqarmasining rahbari (yoki rahbar vazifasi yuklangan shaxs) komissiya raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning faoliyatini va uning reglamentga rioya etishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish joyini, sanasini va vaqtini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

komissiya majlislarini oʻtkazadi va ularda raislik qiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi komissiya tomonidan ishning oʻz vaqtida, toʻgʻri va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

8. Komissiya kotibi manfaatdor shaxslar murojaatlarining va komissiya ishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgar boʻladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar komissiyaning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqish;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini koʻrish.

11. Quyidagilar Apellyatsiya komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan berilgan shikoyatlarni ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqish;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlash;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish prinsiplariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasining huquqlari hamda majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni koʻrib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan komissiya va apellyatsiya komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotnomalar, axborot-tahliliy materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, murojaatlarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya va apellyatsiya komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya va apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni koʻrib chiqishda quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga, ularning shaxsiy hayotiga aralashuvga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqqoniyligini va asoslanganligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni koʻrib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, sir saqlanishiga rioya qilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya va apellyatsiya komissiyasiga murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Manfaatdor shaxs komissiyaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal etish boʻyicha yozma yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi, elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va koʻchmas mulkning joylashgan joyi (pochta manzili) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor shaxs arizaga koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni ham ilova qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Manfaatdor shaxsdan mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan boshqa maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya manfaatdor shaxsning murojaatini kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlarning soni bir yoki bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar, murojaatlar komissiya tomonidan mazkur bandda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning oʻzida roʻyxatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning toʻliqligini hamda undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi hamda joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan murojaat, shuningdek, shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat yoki imzolanmagan va anonim yozma murojaat komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat rad etilgan taqdirda, tegishli xulosa tuziladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanib, murojaat etgan shaxs bu haqda bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya kotibi komissiya aʼzolarini hamda manfaatdor shaxsni komissiya majlisi oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya yigʻilishi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana va vaqti eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili komissiya tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya aʼzolari komissiya majlisida murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, koʻrib chiqilayotgan murojaatdagi masalaga doir barcha holatlarni eʼtiborga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishni bekor qilish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni oʻz kuchida qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishni oʻz kuchida qoldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya qarori uning kotibi tomonidan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bayonnomada tegishliligi boʻyicha manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, koʻchmas mulk haqidagi tegishli maʼlumotlar hamda komissiya tomonidan mazkur murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasi shu kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazuvchi va manfaatdor shaxsga elektron pochta orqali yoki ularning yashash yoki joylashgan joyiga (pochta orqali) yetkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda nizolarni sudgacha hal qilish reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) shakllantiriladi hamda unga kelib tushgan shikoyatlar hamda komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladigan bayonnomalar kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq yuzasidan aniqlangan yangi holatlar asosida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Komissiya qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrugʻiga muvofiq mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxs apellyatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Komissiya xulosasidan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs roʻyxatdan oʻtkazuvchi komissiya xulosasini olgan kundan boshlab ikki oy muddatda yozma yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellyatsiya komissiyasining yigʻilishi, agar unda apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, apellyatsiya komissiyasining yangi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va vaqti eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan berilgan shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻn ish kunida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Apellyatsiya komissiyasi kotibi apellyatsiya komissiyasi aʼzolarini, roʻyxatdan oʻtkazuvchini hamda manfaatdor shaxsni apellyatsiya komissiyasi yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi apellyatsiya komissiya tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Apellyatsiya komissiyasi manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchining apellyatsiyasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya qarorini bekor qilish yoki oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni apellyatsiya komissiyasi kotibi bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Apellyatsiya komissiyasining qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellyatsiya komissiyasining kotibi bayonnoma manfaatdor shaxs va roʻyxatdan oʻtkazuvchiga elektron pochta orqali yoki ularning yashash yoki joylashgan joyiga (pochta orqali) yetkazilishini taʼminlaydi hamda reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiquvchi komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor shaxs

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiquvchi komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yozma ravishda yoki Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti orqali ariza beradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Komissiya

1. Manfaatdor shaxsning arizasini koʻrib chiqadi.

2. Arizada keltirilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini koʻradi.

3. Manfaatdor shaxsning arizasini uning xohishiga koʻra manfaatdor shaxs va Komissiya aʼzolari ishtirokida Komissiya majlisida muhokama qiladi.

4. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.

Oʻn ish kuni muddatda

3-bosqich

Manfaatdor shaxs

Komissiya qaroridan norozi boʻlganda, yozma ravishda yoki Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti orqali Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

Komissiya qarorini olgan kundan boshlab ikki oy muddatda

4-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

1. Manfaatdor shaxsning murojaatini koʻrib chiqadi.

2. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili hamda Davlat kadastrlari palatasining roʻyxatdan oʻtkazuvchi masʼul xodimiga Apellyatsiya komissiyada murojaat koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqini beradi.

3. Manfaatdor shaxsning arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiyaning qarorini bekor qilish yoki oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Oʻn ish kuni muddatda

5-bosqich

Manfaatdor shaxs

Komissiya va apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi boʻlgan holatlarda sudga shikoyat qiladi.

Belgilangan muddatlarda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligi, komissiya raisi

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi qarorlari yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqadigan apellyatsiya komissiyasining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari, apellyatsiya komissiyasi raisi

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining yuridik xizmati boshligi

Lavozimiga koʻra

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Adliya vazirligining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Advokatlar palatasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining masʼul xodimi, apellyatsiya komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Apellyatsiya komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 09/23/426/0663-son)