“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vazirining
birinchi oʻrinbosari
O. Abdullayeva
1999-yil 1-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vazirining
birinchi oʻrinbosari
O. Abdullayeva
1999-yil 1-fevral
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri
oʻrinbosari
Sh. Abdullayev
1999-yil 1-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri
oʻrinbosari
Sh. Abdullayev
1999-yil 1-fevral
“KELIShILDI”
“Oʻzbekiston pochtasi”
Davlat hissadorlik
kompaniyasi Bosh direktori
K. Rahimov
1999-yil 1-fevral
“Oʻzbekiston pochtasi”
Davlat hissadorlik
kompaniyasi Bosh direktori
K. Rahimov
1999-yil 1-fevral
IJTIMOIY TAʼMINOT ORGANLARIDA VA “OʻZBEKISTON POChTASI” DAK ALOQA BOGʻLAMALARI KORXONALARIDA IShLAMAYDIGAN ONALARGA BOLA IKKI YoShGA YETGUNGA QADAR UNI PARVARISh QILISh NAFAQALARINI TOʻLAShNI TOʻXTATISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 12-fevralda 633-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011-yil 6-dekabrdagi 76, 79-sonli “Ijtimoiy taʼminot organlarida va “Oʻzbekiston pochtasi” GAK aloqa bogʻlamalari korxonalarida ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini toʻlashni toʻxtatish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 633-1, 14.12.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi “Aholini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy madad bilan taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-2177-sonli Farmonining 2-bandini bajarish boʻyicha ishlab chiqildi.
2. Farmonga muvofiq, 1999-yil 1-martdan boshlab ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash ishlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ixtiyoriga beriladi.
3. 1999-yil 1-martdan boshlab tumanlar (shaharlar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yuqorida qayd etilgan nafaqalarni tayinlashni va ularga toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishni toʻxtatadi.
4. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha tayinlangan nafaqalar “Oʻzbekiston pochtasi” Davlat hissadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 1999-yil 1-martga qadar toʻlanadi.
1999-yil 1-martga qadar nafaqalar toʻliq toʻlanmagan hollarda, nafaqalar toʻlash 1999-yil 1-martdan keyin ham qarzlar toʻliq toʻlanguncha davom ettiriladi.
5. 1999-yil 5-martga qadar tumanlar (shaharlar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari 1999-yil 1-mart holatiga:
“Oʻzbekiston pochtasi” Davlat hissadorlik kompaniyasining taalluqli korxonalari bilan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini toʻlash toʻgʻrisida (1-ilova);
taalluqli moliya boʻlimlari bilan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida (2-ilova) solishtirib chiqish dalolatnomalarini (akt sverkani) rasmiylashtiradi.
6. Aniqlangan debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻliq qoplanishi kerak.
Aniqlangan qarzdorlikni toʻliq qoplash tugashi boʻyicha yuqorida qayd etilgan nafaqalarni toʻxtatishga asos boʻladigan yakuniy solishtirib chiqish dalolatnomasi (akt sverkasi) tuziladi.
7. Dastlabki va yakuniy solishtirib chiqish dalolatnomalar nusxalari viloyatlar moliya boshqarmalariga, viloyatlar ijtimoiy taʼminot boshqarmalariga va “Oʻzbekiston pochtasi” DAK viloyatlar korxonalariga taqdim qilinadi.
8. Yuqorida qayd etilgan nafaqalar toʻlash yakunlangandan keyin ijtimoiy taʼminot boʻlimlari nafaqa oluvchilarning shaxsiy ishlarini va shaxsiy varaqalarini yopadi va belgilangan tartibda hujjatxonaga topshiradi.
9. Aloqa bogʻlamalari korxonalari yopilgan toʻlov hujjatlarini summalari koʻrsatilgan hisobvaraqalari boʻyicha 16-sonli jadval nakladnoyga qayd qilib, hujjatxonaga topshiradi.
10. Qayd etilgan nafaqalarni 1999-yil 1-martdan keyin toʻlashni davom ettirish yoki nafaqalarni yangitdan tayinlash uchun, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlari nafaqa oluvchilarga amalda belgilangan tartibda yangi nafaqa ishlarini rasmiylashtiradi.
1-ILOVA
______ tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi va _____ tuman (shahar) aloqa bogʻlamasi oʻrtasidagi 1999-yil 1-martga qadar boʻlgan davr uchun ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini toʻlash toʻgʻrisida 1999-yil _____ holatiga
SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
|
Ishlar nomi |
Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi |
Tuman (shahar) pochta aloqa bogʻlamasi | ||
|
Debit |
Kredit |
Debit |
Kredit | |
| ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarni toʻlash | | | | |
| nafaqalarni yetkazib berish boʻyicha pochta xarajatlari | | | | |
|
J A M I |
| | | |
| | ||||
|
/_________/ MJ | |||
|
| /_________/ |
| |
|
| /_________/ MJ |
| |
|
| /_________/ | ||
2-ILOVA
_____ tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi va ______ tuman (shahar) hokimiyati moliya boʻlimi oʻrtasidagi 1999-yil 1-martga qadar boʻlgan davr uchun ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini moliyalashtirish toʻgʻrisida 1999-yil _____ holatiga
SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
|
Ishlar nomi |
Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi |
Tuman (shahar) pochta aloqa bogʻlamasi | ||
|
Debit |
Kredit |
Debit |
Kredit | |
| ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarni toʻlash | | | | |
| nafaqalarni yetkazib berish boʻyicha pochta xarajatlari | | | | |
|
J A M I |
| | | |
| | ||||
|
/_________/ MJ | |||
|
| /_________/ |
| |
|
| /_________/ MJ |
| |
|
| /_________/ | ||