11.01.2023 yildagi PQ-3-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-13-son qaroriga muvofiq, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida:
ilovaga muvofiq G‘ijduvon tumanidagi 150,8 gektar hamda Romitan tumanidagi 200 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh turgan yaylov va bo‘z yer maydonlarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish;