Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2013 06.08.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 793
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining Nizomi, 06.08.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 793
Kuchga kirish sanasi
06.08.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

taʼlim muassasalariga qabul qilish

boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan

“TASDIQLANGAN”

1999-yil 24-iyul

3-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARI (OʻQUVChILARI) OʻQIShINI KOʻChIRISh, QAYTA TIKLASh VA OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh TARTIBI VA QOIDALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 6-avgustda 793-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2012-yil 28-dekabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2432, 26.02.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va idoraviy tasarruflik va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish, shuningdek, taʼlim muassasalaridan chetlashtirilgan talabalar (oʻquvchilar)ni oʻqishga qayta tiklash, odatda, yozgi taʼtil davrida, muvofiq kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim berish faoliyati uchun ruxsatnoma (litsenziya) ga ega boʻlmagan nodavlat taʼlim muassasalari, boshqa mamlakatlar taʼlim muassasalarining filiallari (markazlar, boʻlimlar, oʻquv-maslahat punktlar va boshqalar) dan davlat taʼlim muassasalariga talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini koʻchirish va tiklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birinchi kursga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash man etiladi. (istisno tariqasida, ayrim hollarda talaba (oʻquvchi)ga kasallik tufayli akademik taʼtil berilishi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini, bir taʼlim muassasasi doirasida, taʼlimning mos yoʻnalishlari boʻyicha koʻchirish va qayta tiklash taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini, taʼlimning turdosh yoʻnalishlari boʻyicha, bir taʼlim muassasasi doirasida koʻchirish va oʻqishga qayta tiklash muvofiq vazirlik va idoralar qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoraviy tasarruflikdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va tiklash idoralararo komissiyasi (bundan keyin — Idoralararo komissiya) qarori bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini boshqa davlatlar taʼlim muassasalaridan respublika taʼlim muassasalariga koʻchirish yoki qayta tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir taʼlim muassasasi doirasida, talaba (oʻquvchi) oʻqishini turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish yoki qayta tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba (oʻquvchi) oʻqishini idoraviy tasarruflikdan qatʼi nazar, bir taʼlim muassasasidan boshqa taʼlim muassasasiga mos, turdosh va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish va qayta tiklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagi oʻquv shakliga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklashda, shaxsning tanlangan mutaxassislik boʻyicha ishga oʻtish zaruriyati taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻqishni barcha shakllari boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirish va qayta tiklash, muayyan taʼlim yoʻnalishida oʻrnatilgan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa hollarda oʻqishni koʻchirish va tiklash toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shaxslarning oʻqishini koʻchirish va oʻqishga qayta tiklash haqidagi arizalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi oʻrnatadigan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishni koʻchirish yoki tiklash haqidagi arizaga talabaning (oʻquvchining) reyting daftarchasi nusxasi yoki oʻrnatilgan shakldagi akademik maʼlumotnoma ilova etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasi qoshidagi qabul komissiyasi, ilgari boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olgan shaxslarning tayyorgarlik darajalarini tekshirib koʻrish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalarni koʻrib chiqish natijalari qabul komissiyasining majlis bayonnomasiga kiritiladi va ariza mualliflari eʼtiboriga yetkaziladi hamda talaba (oʻquvchi)lar safiga kiritish buyrugʻiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taʼlim muassasasi rektori (direktori) qabul komissiyasi tavsiyasiga binoan, oʻquv rejalari va dasturlardagi akademik qarzlarni yoki oʻquv reja va dasturlardagi farqlarni (umum kasbiy va ixtisosiy fanlar boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi hamda muddatlarini (oʻquv yili boshlangandan keyin bir oydan ortiq emas) belgilaydi, kursni va oʻqishga qabul qilishning boshqa shartlarini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishini koʻchirish yoki oʻqishga qayta tiklash masalasi bilan shaxslarni shartli ravishda qabul qilish taqiqlanadi. Davlat taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish va oʻqishga qayta tiklash jarayonining oʻzi uchun pul toʻlovlarini olish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni koʻchirish yoki oʻqishga qayta tiklash hollarida, kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan toʻlov mablagʻlari va muddatlari “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABALAR (OʻQUVChILAR) OʻQIShINI KOʻChIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini kunduzgi oʻquv shakldan sirtqi shakliga koʻchirish, shuningdek uning aksi (vakant oʻrinlar mavjudligiga qarab), kontrakt rasmiylashtirilmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olgan talabalarning oʻqishlarini koʻchirish hollarida, oʻqishning toʻlov-kontrakt shakli saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshqa taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish istagidagi talaba (oʻquvchi) uni qiziqtiruvchi taʼlim muassasasi rektori (direktori)ga yoki muvofiq vazirlik, idoraga (7-bandda ifodalangan ularda Idoralararo komissiyasiga) murojaat etadi. Masala ijobiy hal etilgan taqdirda, Idoralararo komissiyasi taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqish koʻchirilayotgan taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan talaba (oʻquvchi) darslarga qoʻyiladi va u ilgari taʼlim olgan taʼlim muassasasiga talaba (oʻquvchi)ning shaxsiy delosini joʻnatish haqida soʻrovnoma yuboriladi. Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba (oʻquvchi) ilgari taʼlim olgan taʼlim muassasasi rektori (direktori) “Oʻqishni (taʼlim muassasasi nomi)ga koʻchirish munosabati bilan talabalar (oʻquvchilar) safidan chetlashtirilgan” degan mazmunda uni talabalar (oʻquvchilar) safidan chetlashtirish haqida buyruq chiqaradi va uch kunlik muddatda talaba (oʻquvchi)ning shaxsiy delosi (roʻyxati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan taʼlim muassasasi manzilgohiga joʻnatadi. Taʼlim muassasasida esa, talaba (oʻquvchi)ning akademik maʼlumotnomasining nusxasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyxatining nusxasi qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabalar (oʻquvchilar) safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq 10 kunlik muddatda, kechi bilan joriy yilning 31-dekabrigacha talaba ilgari taʼlim olgan taʼlim muassasasidan uning shaxsiy delosi olinganidan soʻng chiqariladi. Shaxsiy deloning joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash), talaba (oʻquvchi)ni oʻqishga qabul qilish, taʼlim muassasalaridan rektor (direktor) tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini koʻchirish faqat buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Boshqa davlatlarning davlat taʼlim muassasalaridan talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga koʻchirish faqat Idoralararo komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABALAR (OʻQUChILAR) SAFIGA QAYTA TIKLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ilgari oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalaridan maʼmuriyatining tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar (oʻquvchilar) safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida ushbu Nizomning 1—11-bandlari talablariga rioya qilingan holda, rektor (direktor) ning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi kursga va oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquv yilida, talaba (oʻquvchi)ni oʻqishga qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Talaba (oʻquvchi) ilgari taʼlim olgan taʼlim muassasasining roziligi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan yetim, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 1 va 2-guruh nogironlari toifasiga kiruvchi shaxslar, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar, zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida, grant oʻrinlariga tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan talabalar (oʻquvchilar) kontrakt oʻrinlarga tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻqishdan chetlatilganidan keyin 5 yildan ortiq muddat oʻtgan hollarda talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini tiklash berilgan vakolat doirasida (6 va 7-bandlarga muvofiq) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori bilan yoki Idoralararo komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi. Qurolli kuchlarda xizmat, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarishlash bilan bogʻliq mehnat taʼtili qayd etilgan muddatga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chetlashtirilgan shaxslar, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga tiklanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Boshqa davlatlarning muvofiq taʼlim muassasalaridan ilgari chetlashtirilgan shaxslarni respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalar talabalari (oʻquvchilari) safiga qayta tiklash, faqat Idoralararo komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABALAR (OʻQUVChILAR) SAFIDAN ChETLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talaba (oʻquvchi) taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa taʼlim muassasasiga oʻqishga koʻchirish munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salomatligi tufayli tibbiy konsultatsiya komissiyasi maʼlumotnomasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik oʻzlashtirmaslik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv intizomini va oʻquv yurtining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bandlarini bajarmaganligi uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat oʻtayotgan muddatga akademik taʼtil beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻquv yurti maʼmuriyati tashabbusi bilan talabalar (oʻquvchilar)ni oʻqishdan chetlashtirish talabalar (oʻquvchilar) kasaba uyushmasi fikrini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Talaba (oʻquvchi) oʻquv yurtidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi, shaxsiy deloda olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻqishni koʻchirish yoki oʻqishga qayta tiklash tartibida taʼlim muassasasiga qabul qilingan talabalar (oʻquvchilar)ning shaxsiy delolariga ularning oʻqishga qabul qilinganliklari toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Taʼlim muassasasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zaruriy miqdordagi akademik maʼlumotnoma blanklariga buyurtmalar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik maʼlumotnoma blanklari qatʼiy hisobot hujjati hisoblanadi. Akademik maʼlumotnomalar blankalarini oʻquv yurtlarida saqlanishi, roʻyxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talaba (oʻquvchilar) oʻqishini koʻchirish, tiklash, chetlashtirish masalalari boʻyicha nizolar belgilangan tartibda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki sud orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Talabalar (oʻquvchilar) oʻqishini koʻchirish, tiklash, chetlashtirish mazkur Nizom talablariga rioya etilib rasmiylashtirilishi, taqdim etilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish yuzasidan javobgarlik taʼlim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 17-iyun 252-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilarini bir oʻquv yurtidan boshqasiga koʻchirish, oʻqishga qayta tiklash va talabalar safidan chetlashtirish qoidalari” va unga 1997-yil 21-iyulda kiritilgan 252-1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.