Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2024 11.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3378
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 11.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3378
Kuchga kirish sanasi
11.08.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3378]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 115-sonli ““Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3378-1, 02.04.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 391-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais A. MAVLONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13/02-22-24-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. INAKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 22-iyuldagi 13/02-22-24-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi) (bundan buyon matnda bojxona organlari deb yuritiladi) xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan bojxona organlari xodimlari va Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarni (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xodimlarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish xodim yoxud uning oila aʼzolariga bir martalik nafaqalar tayinlash va qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, xodimga yoki uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi 459-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda bir martalik nafaqalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xodimlarning halok boʻlishi yoki tan jarohati olishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodimlarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish xizmat tekshiruvi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olganda, bevosita uning rahbari yoki oʻrinbosari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xolislar ishtirokida xodimning olgan tan jarohati boʻyicha dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dalolatnomani rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek tan jarohatining xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dalolatnoma tan jarohati olgan xodim, uning rahbari yoxud rahbar oʻrinbosari, voqea guvohi boʻlgan xodimlar yoki fuqarolar, voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyatiga xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishi holati yuzasidan zudlik bilan dastlabki axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishining holati va sabablarini surishtirish uchun xodim xizmat qilayotgan hududdagi bojxona organi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan voqea sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xizmat tekshiruvi bojxona organlarining shaxsiy xavfsizlik, kadrlar va boshqa boshqarmalarining (boʻlimlarining) masʼul xodimlari tomonidan 30 kun ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xizmat tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼul xodimlar xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati olishi mazkur Nizomning 14-bandi asosida uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligiga, xodim tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik hujjatlarining talablari buzilmaganligiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati qoʻshimcha oʻrganishlar talab etilgan taqdirda, xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan bir oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir holat boʻyicha sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda, xizmat tekshiruvini oʻtkazgan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xizmat tekshiruvi xulosasida xodimning halok boʻlishi yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq yoxud xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq emas deb topilganligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xodimning halok boʻlishi yoxud uning tan jarohati olishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli bojxona organlari hududida boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat yoki davolanish joyiga borish yoxud ulardan qaytish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bedarak ketganda (xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlarni bajarayotganda sodir boʻlgan boʻlsa, xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimning halok boʻlishi yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq emas deb topilgan taqdirda, xizmat tekshiruvi xulosasida buning asoslantirilgan sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari masʼul xodimlari xizmat tekshiruvi xulosasi tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida xodim va (yoki) uning oila aʼzolarini xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisida, shuningdek xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan taqdirda, xodim yoki uning oila aʼzolariga qonunchilik hujjatlarida taqdim etilishi belgilangan nafaqalar va imtiyozlar haqida yozma ravishda tanishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlarning yigʻmajildlarini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari xizmat tekshiruvi xulosasi asosida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan har bir xodim va uning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning alohida yigʻmajildini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yigʻmajildga quyidagi hujjatlar yoki ularning nusxalari tikiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea oqibatida jarohat olgan xodimning sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-tibbiy ekspertiza xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea yuz bergan vaqtda xodimning xizmat vazifasi yoki majburiyatini bajarish bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning hukmi (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi va nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim bojxona organlaridan xizmatdan boʻshatilgan taqdirda, uning xizmatdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruq koʻchirmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlarning yigʻmajildlari tegishli bojxona organlari kadrlar tuzilmalarida doimiy saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bojxona organlari kadrlar tuzilmalari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan xodimlar va ularning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazadi hamda xatlov natijasida aniqlangan maʼlumotlarni yangilab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish boʻyicha bojxona organlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi bojxona organlariga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/3378/0735-son)